Glossariy
Plast (qatlam)
– ikki parallel tekislik bilan chegaralangan tog‘ jinslari orasida
joylashgan, uncha katta qalinlikka ega bo‘lmagan va uzoqqa cho‘zilgan qatlam (bu
tipdagi ruda formalari temir, marganets, gips, tuz konlarida uchraydi).
Relef
– er sathi shakllari majmuasi bo‘lib, har bir uchastka o‘z relef shakliga ega
bo‘ladi. Erda yuz beradigan endogen va ekzogen jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi.
Singenetik konlar
– foydali qazilmalar tog‘ jinsi bilan bir vaqtda, bir hil geologik
sharoitda hosil bo‘ladi.
Tomir ruda gavdalari
– tog‘ jismlarining yoriq (darzlik)larida rudali minerallar
to‘planishi natijasida hosil bo‘ladi.
Trubasimon (ustunsimon) ruda gavdalari
– silindr shakliga ega bo‘lib,
ularning o‘qi er yuzasiga qarab yo‘nalgan bo‘ladi (bu formadagi konlarga cho‘kindi
tog‘ jinslarida uchraydigan qo‘rg‘oshin, ruh, kumush konlari harakterli).
Do'stlaringiz bilan baham: |