Nazorat savollari
Sochilma deb nimaga aytiladi?
Sochilma konlar qanday manbalar hisobiga hosil bo‘ladi?
Sochilma konida qanday tog‘ jinslari uchraydi?
Sochilma konlar qaysi minerallar uchun xos?
O‘zbekistonda qanday sochilma konlari bor?
Glossariy
Allyuviy
– (allyuvial yotqiziqlar) oqar suvlar (daryo, irmoq) bilan oqizilib kelib
to‘plangan yotqiziqlar.
Allyuvial sochmalar
– allyuvial tog‘ jinslari tarkibida mavjud bo‘lgan
sochmalar. Delyuvial va elyuvial sochmalarning, tog‘ jinslari yoki konlarning oqar
suvlar bilan yuvilishi va qayta yotqizilishi natijasida tasma shaklida hosil bo‘ladi.
Allyuvial sochmalar voha, o‘zan va terrasa sochmalariga ajratiladi, hamda olmos,
platina oltin kabi foydali qazilmalarning muhim manbai hisoblanadi.
Delyuviy
– (delyuvial yotqiziqlar) – yomg‘ir yoki qor erishidan hosil bo‘lgan
suvlar oqizilib keltirgan, shuningdek o‘z og‘irligi ta’sirida siljishi va grunt
oquvchanligi natijasida qirlar etagida va yon bag‘irlarining quyi qismida to‘plangan
nuragan tog‘ jinslaridan iborat yotqiziqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |