Sof tug‘ma oltin – Au. Oltin kimyoviy sof xolda juda kam uchraydi. Aralashma sifatida ko‘pincha kumush keladi (15% gacha). Tarkibidagi mis, palladiy va vismutning miqdoriga bog‘liq ravishda oltinning quyidagi xillari ma’lum: misli oltin (kuproaurit) – mis miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin, palladiyli (porpetsit) – palladiy miqdori 5 dan 10% gacha, vismutli (bismutoaurit) – vismut miqdori 4% gacha. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L44L36L29PC. Fazoviy gruppasi: a0=4.0699.
Oltin kvars yoki ruda massasi orasida, ba’zan mikroskopda xam ajratish qiyin bo‘lgan, mayda noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar xolida, plastinkasimon tarzda uchraydi. Daryo vodiylaridagi sochilmalarda qirralari edirilib silliqlangan bir necha grammdan to bir necha o‘n kilogrammgacha bo‘lgan sof tug‘malari topilgan.
Xozirgi paytgacha topilgan sof tug‘ma oltinning eng kattasi «Xolterman plitasi» deb atalib, uning tog‘ jinsi bilan og‘irligi 260 kg, tarkibidagi sof tug‘ma oltin 93,3 kg ga teng bo‘lib, 1872 yil Avstraliyaning Xill-End konidan topilgan. Sof tug‘ma oltinning eng katta bo‘laklari «YOqimli notanish» (59,67 kg – 1857 yil) va «Kutilgan mexmon» (68,08 kg – 1869 yil) xam Avstraliyani Viktoriya provinsiyasida topilgan.
Oltin kristallari kam uchraydi, lekin kumush va mis kristallariga nisbatan ko‘proq uchraydi. Ular asosan oktaedrik va romboedrik qiyofaga ega bo‘lib, ba’zan kub shaklida xam uchraydi.
Sof tug‘ma oltinning rangi tilla-sariq (kumushga boy xillari och sariq) bo‘ladi. CHizig‘i metallsimon sariq, yaltirashi metalldek, qattiqligi 2,5-3,0. Oltin eziluvchan va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 15,6-18,3 (sof oltinniki 19,3 gacha etadi). U yuqori darajada issiqlik, elektr o‘tkazish xususiyatiga ega.
Sof tug‘ma oltinni aniqlash uchun uning tilla-sariq rangi, eziluvchanligi, solishtirma og‘irligini yuqoriligi, qattiqligining kichikligi va xavoda o‘zgarmasligi xarakterli belgi bo‘lib xisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,35; 2,03; 1,226. kislotalardi erimaydi. Daxandam alangasida eriydi. (erish temperaturasi 1062°S).
Oltinning asosiy sanoatbop konlari gidrotermal jarayonlar (tub konlar) va sochilma konlar (ikkilamchi konlar) bilan bog‘liq. Lekin oltin magmatikdan tortib cho‘kindi jinslargacha bo‘lgan tog‘ jinslarida aralashma sifatida uchraydi. Asosan nordon tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlarda oltin, kvars tomirlarida, turli sulfidlar (34-rasm) bilan birgalikda uchraydi.
Mikroskopik tekshirishlarni ko‘rsatishicha, oltin boshqa minerallarga nisbatan keyinroq yuzaga kelib ko‘pincha mineral orasidagi darzliklarda uchraydi. Ko‘rinadigan oltindan tashqari juda mayda tarqoq xolda sulfidlarda uchraydigan «bog‘langan» oltin xam bo‘ladi. Bunday oltin asosan pirit va arsenopiritda uchrab, faqat ximiyaviy analizlar orqali aniqlanadi (Masalan: Ruminiyadagi Zlatna konidagi arsenopiritdagi oltin miqdori 0,07% yoki 700 g/m ni tashkil qiladi).
Dunyodagi oltinni yirik gidrotermal konlaridan Rossiya, Avstraliya, YAngi Zelandiya, Amerikani g‘arbiy shtatlari, Kanada konlarini ko‘rsatish mumkin. Oltinni sochilma konlari esa Uralda, Sibirda, Avstraliyada, Amerikaning Kaliforniya shtatida, Janubiy Afrikada ma’lum.
O‘zbekistonda oltin juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, u juda ko‘p joylarda uchraydi. CHotqol-Qurama tog‘larida, Markaziy Qizilqumda, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekistondagi oltin konlari ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilib, to‘liq ma’lumotlar olingan.
Oltin asosiy valyuta metalidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlari tayyorlashda, fizik va ximiyaviy asboblar ishlashda, meditsinada va boshqa soxalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |