Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI



Download 17,73 Mb.
bet3/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI,

OB’EKTLARI, BOSHQA FANLAR BILAN ALOQALARI

Ma’danli foydali qazilmalarining hosil bo‘lish sharoitlari, xususiyatlari va joylanish qonuniyatlarini geologiyaning bir tarmog‘i bo‘lmish foydali qazilma xaqidagi ta’limot o‘rganadi.


Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, eramizdan bir-necha 10 ming yil avval yashagan insonlar ayrim mineral xom ashyolar: kremen, rogovik, tuproqni o‘z extiyojlari uchun ishlatganlar.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda mineral xom ashyo bazasi vujudga keltirilgan. O‘lkamiz zaminidagi oltin, rangli metallar, uran, fosforit, gaz, ko‘mir, tuz va boshqa ko‘pgina foydali qazilmalarning zaxiralari bo‘yicha dunyoda etakchi o‘rinlarni egallaydi.
Respublikamiz raxbariyati zaminimiz boyliklarini qidiruvchi geologlar zimmasiga yirik industrial va qudratli milliy sanoatimizni mineral xom ashyo bilan yanada to‘la taminlash vazifasini yuklaydi. Respublika geologlari shu sharafli vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish maqsadida geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirib, foydali qazilmalar ta’limotini yangi pog‘onalarga ko‘tardilar.
Ushbu fan, boshqa geologik fanlar orasida birinchilardan o‘qitiladigan fan bo‘lib, barcha geologik fanlarning bilimiga tayanishi zarur. Bo‘lajak geolog mutaxassis sifatida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi uchun barcha geologik fanlarni (umumiy geologiya, stratigrafiya, strukturalar geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, gidrogeologiya, burg‘ilash, kon-qidiruv laximlarini o‘tish) mustahkam egallagan bo‘lishi kerak. Umumta’lim fanlaridan esa matematika va iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon industriyasi va ilmiy taraqqiyoti rivojlanishining asosini foydali qazilmalar tashkil etadi.
Jumladan, mamlakatlar og‘ir industriyasining asosini temir tashkil qiladi. U mashinasozlik, kemasozlik, temir yo‘l qurilishlaridan tortib, keng iste’mol mollari ishlab chiqarishigacha bo‘lgan birtalay sohalar uchun asosiy materialdir. Temir rudalarini metallurgiya zavodlarida ishlash orqasida temir, cho‘yan va har hil navli po‘latlar olinadi. Olinayotgan bu mahsulotlarga ma’lum miqdorda morganets, xrom, vanadiy, volfram, titan, molibden, nikel kabi elementlar qo‘shilsa, ularning qattikligi, yaltiroqligi, yopishqoqligi, toblanishi va zanglamaslik xususiyatlari oshadi.
Kishilik hayotida mis, qo‘rg‘oshin, rux, alyuminiy, qalay kabi rangli metallarning ahamiyati katta. Bu metallar rudalardan maxsus metallurgiya korxonalarida ajratib olinadi va xalq xo‘jaligida keng miqyosda ishlatiladi. Mis, asosan, elektr sanoatida, uning qotishmalari esa mudofaa, mashinasozlik sanoatida, meditsinada va turli nozik mexanizmlarni yasashda keng qo‘llaniladi. Oltin va kumush zahiralarining ko‘p qismi mamlakatlarda pul sistemasining asosini tashkil qiladi va savdo munosabatlarida muhim rol o‘ynaydi.
Keyingi 10 yillarda niobiy, tantal kabi siyrak er metallari elektronika, elektrovakum, yadro texnikasi, meditsina apparatlari ishlab chiqarishda o‘z o‘rinlarini topdi.
Foydali qazilma – sanoatda yoki xalq xo‘jaligida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, er bag‘rida joylashgan minerallarning to‘plami. Qazib olinayotgan foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gaz holida bo‘lishi mumkin.
Foydali qazilma koni – o‘ziga xos geologik sharoitda vujudga kelgan, sifati sanoat talabiga javob beradigan, miqdori qazib olishga etarli qazilmalarning bir yoki bir nechta ruda gavdalari ko‘rinishida to‘plangan joyi.
Ma’dan – xalq xo‘jaligida ishlatish mumkin, iqtisodiy jihatdan foydali, texnika taraqqiyotiga muvofiq metall, mineral yoki boshqa birikmalar ajratib olish uchun qulay minerallar to‘plami.
Ma’dan gavdasi – turli tog‘ jinslari orasidagi foydali qazilma (ruda)larning alohida to‘plangan joyi.
Ma’dan belgisi – etarli o‘rganilmagan yoki qazib olishga yaroqsiz foydali qazilmalar yig‘indisi.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish