Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


 Filtrlash. Filtrlashning asosiy prinsiplari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

7.5. Filtrlash. Filtrlashning asosiy prinsiplari 
Filtrlashning nazariy asoslari Filtrlash deb, mayda zarrachali 
bo‘tana va suspenziyalar tarkibidagi qattiq zarrachalarni g‘ovak to‘siq 
orqali bosim ostida filtrlab, suvni ajratib olishga aytiladi. 
Filtrlash natijasida to‘siqda ushlanib qolgan mahsulot cho‘kma, 
to‘siqdan o‘tgan suv filtrat deyiladi. 
Filtrlash jarayonining boshlang‘ich davrida suyuqlik faqat g‘ovak 
to‘siqdan o‘tadi, keyinchalik to‘siq, yuzasiga cho‘kma o‘tirgandan so‘ng u 
cho‘kma qatlamidan ham sizib o‘tishi kerak. 
Jarayon davomida cho‘kma qatlami qalinlashib boradi: shunga 
mutanosib suyuqlikning sizib o‘tishiga qarshiligi ortib boradi. 


319 
Cho‘kma qalinligi ma’lum darajaga yetganda filtr yuzasiga bo‘tana 
berish to‘xtatiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma qatlami orqali havo o‘tkazilib, u 
quritiladi. So‘ngra filtr yuzasidan cho‘kma olib tashlanadi va jarayon 
qaytariladi, hozirda filtr dastgohlarda filtr yuzasiga bo‘tana berish, 
cho‘kmani to‘plash, uni quritish, ajratib olish kabi ishlar tartib bilan 
avtomatik bajariladi. 
Olingan cho‘kmaning tarkibida 10-20% gacha namlik bo‘ladi. 
Namlikning miqdori zarrachalarning o‘lchamiga, cho‘kmaning tuzilishiga, 
filtrlashning turiga va boshqa omillarga bog‘liq. Filtrlash jarayonida 
siqiluvchi va siqilmaydigan cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Siqiluvchi 
cho‘kmalardagi zarrachalar bosim ortishi bilan deformatsiyaga uchrab, 
ularning o‘lchami kichiklashadi. Siqilmaydigan cho‘kmalarda filtrlash 
jarayoni osonroq o‘tadi va cho‘kmadagi namlik ancha kam bo‘ladi. 
Filtrlash 
jarayonining 
unumdorligi 
Filtrlash 
jarayonining 
unumdorligi olinadigan suyuqlikning tozaligi, asosan filtr to‘siqning 
xususiyatlariga bog‘liq. Filtr to‘siqlarning teshiklari katta va gidravlik 
qarshiliklari kichik bo‘lishi zarur. Filtr to‘siqlar sifatida mayda teshiklar 
to‘rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan ashyolar (qum, maydalangan ko‘mir 
va h.k.), sopol buyumlar ishlatiladi. Filtr mato sifatida paxta, yung va 
sun’iy tolalardan to‘qilgan gazlamalar ishlatiladi. 
Filtr to‘siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtr matoda 
suyuqlik bosimini hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash 
jarayonining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi. 
Harakatlantiruvchi kuchlar turiga qarab filtrlash ikki guruhga 
bo‘linadi: 
-bosimlar farqi ta’sirida filtrlash. 
-markazdan qochma kuchlar ta’sirida filtrlash (sentrifugalash) 
Filtrlash jarayonining samaradorligi va filtrlash dastgohining ish 
unumi filtrlash tezligi bilan tavsiflanadi. 
Filtrlash tezligi Filtrlash tezligi vaqt birligi ichida filtrdan o‘tgan 
suyuqlikning hajmini bildiradi. 
Filtrlash tezligi bo‘tana, cho‘kma va suyuqlikning xossalariga, 
filtrlash maromiga va boshqa kattaliklarga bog‘liq. 
Suvning filtr mato va cho‘kma qatlamidan sizib o‘tishini 
cho‘kmadagi kapillyarlardan o‘tishiga o‘xshatish mumkin. Kapillyar 
naychadan o‘tayotgan suvning hajmi (m
3
/s). Puazeil qonuniga binoan 
quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 


320 
;
128
4


Pd
V
K

=
Bu yerda, P – bosimlar farqi, Pa; 
d - kapillyar diametri, mm; 
l
- kapillyar uzunligi, mm; 

– suyuqlikning qovushqoqligi, Pa·s. 
Suyuqlikning kapillyardan oqib chiqish tezligi: 
;
32
4
2
2



d
d
V
F
V
W
к
к

=
=
=
bu yerda, 
;
4
2
d
F

=
kapillyarning kesim yuzasi 
;
1
32
2
R
d
=

yoki 
2
32
d

= R bo‘lib, bu kapillyar devorlarning suv oqimiga 
ko‘rsatayotgan qarshiligi, u holda,
;
R
W



=
Bo‘tanani suzish jarayonida suyuqlik oqimiga cho‘kma va filtr mato 
qarshilik ko‘rsatadi, ya’ni: 
0
0
P
h
r
R
+
=

bu yerda: r
0
– cho‘kmaning hajm birligidagi solishtirma qarshiligi: 
h - cho‘kma qalinligi 
P
0
- filtr matoning solishtirma qarshiligi 
Yuqoridagi - formuladagi R ni qiymatiga- formuladagi qiymatini 
qo‘ysak, ya’ni: 
)
(
0
0
P
h
r
P
R
P
W
+

=

=


; ma’lumki 
)
19
(
;
Fdt
dV
W
К
=
bu yerdan: 
;
)
(
1
0
0
P
h
r
Р
dt
dV
F
К
+

=

va 
;
)
(
0
0
Р
h
r
Р
dt
dV
К
+

=

Cho‘kma qatlamining qalinligi: 
c
t
К
V
V
a
dt
V
h
/
;
=
=

bu yerda - bir hajm suyuqlikdagi cho‘kmaning hajmi, u holda 
quyidagi formuladagi h o‘rniga qo‘ysak: 


321 
;
)
(
0
0
2
F
Р
V
r
РF
dt
dV
К
К
+

=


Yuqoridagi formulani 

R bosim o‘zgarmas holatida integrallasak 
;
2
0
2
0
РF
Р
V
РF
r
t
К

+

=



);
(
К
К
V
f
V
t
=
bo‘lib, 
u = ax + v ko‘rinishida to‘g‘ri chiziq tenglamasi 
;
2
2
0
РF
r

=



filtr egri chizig‘ini og‘ish burchagi tangensi 
(


=
tg

РF
Р
b

=
0

- ordinata o‘qini kesib o‘tish balandligi quyidagi grafik 
asosida 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish