Foydali qazilma konchliklarini qazib olishning noan`anaviy usullari qo`llaniladigan konchlik korxonalari Reja



Download 127,09 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi127,09 Kb.
#244416
  1   2   3
Bog'liq
gemexanika.mustaqil12221


Foydali qazilma konchliklarini qazib olishning noan`anaviy usullari qo`llaniladigan konchlik korxonalari

Reja:

1. Konchlik sanoati, konchlik qazib olish sanoati

2. korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos xususiyatlari.

3. Foydali qazilmalarni qazib olish usullari.
Konchlik sanoati, konchlik qazib olish sanoati — foydali qazilmalar konchliklarini qidirish, ularni yer ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash — boyitish boʻyicha ishlab chiqarish tarmoqlari majmui.

Konchlik sanoati kuyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:

1) yoqilgʻi (neft, tabiiy gaz, koʻmir, slanets, torf) qazib olish sanoati;

2) ruda (temir rudasi, marganets rudasi, rangli metallar, asil va noyob metallar rudalari, radioaktiv elementlar) qazib olish sanoati;

3) nometall qazilma va mahalliy qurilish materiallari sanoati (marmar, fanit, asbest, boʻr, dolomit, kvarsit, kaolin, gips, mergel, dala shpati, ohaktosh va boshqalarni qazib olish);

4) konchlik-kimyo (apatit, kaliy toʻzlari, nefelin, selitra, oltingugurt kolchedani, bor rudalari, fosfat xom ashyosi qazib olish) sanoati;

5) gidromineral suvlar (mineral yer osti suvlari, suv taʼminoti va boshqa maqsadlar uchun suv) olish sanoati.
Konchlik ishi qadm davrlardan beri maʼlum. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 20-asr oxirlariga kelib dunyoda yiliga 5 mlrd. t dan ziyod koʻmir, 3 mlrd.t dan ziyod neft, 2,3—2,5 trln. m3 tabiiy gaz va 1 mlrd. t temir rudasi qazib olinmoqda. Boshqa turdagi mineral xom ashyoni qazib olish hajmi kamroq. Jumladan, dunyoda keyingi vaqtda yiliga 2,2—2,3 ming t oltin qazib olinmoqda. Jahonda uran yetkazib beruvchi yirik mamlakatlar qatoriga Kanada, Avstraliya va JAR, kaliy toʻzlari boʻyicha Kanada va Germaniya davlatlari kiradi. Temir rudasini qazib olish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham (AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Shvetsiya, shuningdek, Rossiya va Ukraina), rivojlanayotgan mamlakatlarda ham (Xitoy, Braziliya, Hindiston, Venesuela, Liberiya) keng miqyosda amalga oshirilmoqda.

Xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashishi va yanada rivojlanishi dunyoda 6 ta yirik Konchlik sanoati markazlarining shakllanishiga olib keldi. Ularning hissasiga jami qazib olingan xom ashyo va yoqilgʻining 2/3 qismi toʻgʻri kelmokda. Shunday mamlakatlar qatoriga AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Rossiya va Xitoy kiradi. Konchlik sanoati koʻpchilik boshqa mamlakatlarda ham rivojlangan. Lekin ularda xom ashyo yoki yoqilgʻining bir-ikki turi kazib olinadi, xolos. Jumladan, dunyoda koʻmir qazib olishda Polsha, mis rudasi qazib olishda Chili, qalay rudasi qazib olishda Malayziya, neft qazib olishda Fors koʻrfazi mamlakatlari yuqori oʻrinlarni egallaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi jahonda Konchlik sanoati yuqori rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda hammasi boʻlib 2,7 mingdan ziyod istiqbolli turli foydali qazilma konchliklari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik manbalar — neft va gaz konchlikdensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta konchlik, qimmatbaho metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, konchlik-kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta konchlik va boshqa qidirib topilgan va ishga tushirilgan.

Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari boʻyicha Oʻzbekiston jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari boʻyicha 4-oʻrinda, mis zahiralari boʻyicha 10—11 oʻrinda, uran zahiralari boʻyicha 7—8 oʻrinda turadi (2001) (yana q. Gaz sanoati, Rangli metallurgiya, Komir sanoati, Neft sanoati, Oltin sanoati, Temir ruda sanoati).

Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir.

Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo'linadi:



  • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to'plash yoki tushirish ishlari).

Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bo'sh tog’ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga yetib borishni ta'minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida kar’yer qosil bo'ladi.
Kar’yer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun mo'ljallangan va jihozlangan ochiq kon lahimlari kompleksidir.




Download 127,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish