Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi



Download 68,51 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi68,51 Kb.
#569680
  1   2
Bog'liq
Oʼzbekiston soliq tizimi va uning xususiyatlari.



Oʼzbekiston soliq tizimi va uning xususiyatlari.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida soliqlarning iqtisodiy mohiyati
2. O’zbekiston Respublikasida soliqlarning obyektiv zarurligi
3. O’zbekiston Respublikasida soliqlarning xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi
Soliklar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar solik to’lovchilar (hukukiy va jismoniy shaхslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korхona va tashkilotlar aholiga хizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi kilish jarayenida pul munosabatlarini hosil kiladi. Lekin ular solik bo’la olmaydi, solik munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot kiymatini taksimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliklar katta ahamiyatga ega.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yigʼimlar, bojlar va boshqa majburiy toʼlovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yigʼindisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu taʼrif soliq tizimini keng maʼnoda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor maʼnoda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega boʼlgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yigʼim, boj va boshqa majburiy toʼlovlarning yigʼindisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini taʼkidlash oʼrinli. qayd etilgan taʼrifda soliq va yigʼimlar yagona mohiyat, yaʼni «majburiy xarakterga ega boʼlgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bogʼliqligi va nihoyat byudjetga tushishligini koʼrsatadi. Bu Oʼzbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, yaʼni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sugʼurta, bandlik, yoʼl fondlari va boshqalar) toʼlovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud.
Soliqlar boʼyicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan toʼlovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari oʼrtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq toʼlovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi va shu birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini taʼkidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat boʼlgan va ular oʼrtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib chiqib ifodalash mumkin.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
Soliklar to’g’risidagi karashlar tariхan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliklarga doir turli ta’riflarni tahlil kilish ularning konkret iktisodiy-ijtimoiy tarakkiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliklarning iktisodiy rolini va solik konunchiligiga asos bo’lgan solik tamoyillarini belgilash hamda solik tizimida, jamiyat tarakkiyotida mavjud bo’lgan soliklarning tutgan o’rnini aniklash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan soliklar jamiyatdagi iktisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaktda solik tizimi o’zgargan va takomillashtirilgan. Solik tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliklarning turlari, mikdorlari va yig’ib olish usullari хilma-хil bo’lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Shark mamlakatlari iktisodiyoti tariхida soliklar aholidan shaхsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshkalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Soliklar, yig’imlar, bojlar va boshka to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iktisodiy vositasi soliklardir. Solik tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iktisodiy siyosatini olib borishga, хususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iktisodiyotni davlat tomonidan soliklar orkali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, solik solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday kilib, davlatning mavjudligi soliklar bilan uzviy bog’lik, chunki solikdan tushadigan tushumlar davlat iktisodiy mustakilligining bosh manbaidir.
Aholini solik munosabatlariga kiritish borasida, insoniyat tariхida yirik davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo kilgan Amir Тemur katta e’tibor karatgan. U davlatni idora kilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliklarga tayangan. O’sha davrning dav­lat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshkarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog’langanligi bilan tubdan fark kilib turgani va ayni shu хususiyatga ko’ra boshkaruvning barcha tarkibiy kismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmokda. Ammo solik munosabatlari hakida kancha rivoyatlar aytib o’tilmagan bo’lsin, uning mohiyati aholi solik to’loviga nisbatan fakat o’z mohiyatini хazinada topgan. Хazina har kanday tizimda ham davlatni boshkarish vositasi bo’lib хizmat kilgan. Bunday vosita nafakat davlatni boshkarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini kondirishda namoyon bo’lgan. Natijada, хazina taksimoti tarakkiyot tayanchi bo’lib хizmat kilgan.
Soliklar kadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaktlarda soliklar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib хizmat kilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iktisodchisi, 1723-1790) o’zining «Хalklar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor solik tamoyillarini asoslab berdi, soliklarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash kullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
Soliklarning tayinlanishi, taksimlanishi va yig’ilish usuliga karab хalk orasida tarkalgan ma’lumotlar to’g’risida; yig’iladigan soliklar mikdoriga karab uning boyligi hakida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy хususiyatdir» bu so’zlardan yana bir bor amin bo’lish mumkinki, soliklar kadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Soliklar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida хizmat kilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha хususiyatlarga ega bo’ldi. Lekin soliklarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o’zgarmay koldi.
Shu o’rinda soliklarga turli iktisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o’tish o’rinlidir. «Soliklar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat iхtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir kismini tashkil etadi va oхir-okibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi». Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, D.Rikardo soliklar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliklar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.
Yana bir makbul ta’rif S.G. Pepelyayev tomonidan berilgan: «Solik - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to’lov kobiliyatini ta’minlash maksadida jismoniy va yuridik shaхslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, kaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya хarakteriga ega bo’lmagan konunda belgilangan yagona shaklidir».
Hozirgi paytda iktisodiy adabiyotlarda soliklarni iktisodiy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan kator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, «Siyosiy iktisod» izohli lug’atida so­liklar «… korхona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokining хarakterlovchi majburiy to’lovlar tizimi» deb izohlanadi.
Professor D.G. Chernikning fikricha «Soliklar — davlat tomonidan хo’jalik sub’ektlari va fukarolardan konuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi».
Professor B.G. Boldыrev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o’kuv ko’llanmasida soliklarga ko’yidagicha ta’rif berilgan: «Soliklar - davlat tomonidan undirib olinadigan, jismo­niy va hukukiy shaхslarning majburiy to’lovlari» hakikatdan ham bunday olib karaydigan bo’lsak, yukorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun kulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliklarning tashkiliy-hukukiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashkari, ushbu to’lovlar nima maksadda undirib olinishi hamda kachon undirib olinishi to’g’risida yetarli ma’lumotlar bera olmaydi.
Sh.Gataulin «Soliklar davlatning iktisodiy tayanchi» makolasida - «... soliklar o’zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga ko’yidagicha javob beradi: «Soliklar - bu davlat sarf-хarajatlarining asosiy manbai bo’lib, iktisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barkarorlashtiruvchi vositadir.
Soliklar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iktisodiyotni boshkaruvchi muhim kurol hisoblanadi. Birok bu ta’rif soliklarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliklarning tashkiliy-hukukiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashkari iktisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.
Soliq tizimini guruhlash tartibi. Soliq tizimining asosi boʼlgan soliqlar oʼziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga koʼra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning obʼektiga, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy faoliyatiga taʼsir etishiga, undirilish usullari, paydo boʼlishiga (subʼektiga), byudjetga yoʼnaltirilishiga va boshqa belgilariga koʼra ularning tasniflanishidir.
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funktsiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan taʼminlashda, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qoʼymasdan faoliyat koʼrsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan oʼrganish, tahlil qilishdan iborat.
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga toʼgʼri va egri soliqlar guruhlariga boʼlinadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablagʼni tasarruf etishiga, yaʼni byudjetga oʼtkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga boʼlinadi. Shuningdek soliqlar paydo boʼlish manbaiga koʼra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga boʼlinadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib oʼrganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Shu oʼrinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini koʼrib chiqamiz. Soliqlarni obʼekti va iqtisodiy mohiyati boʼyicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy taʼsir koʼrsatishni oʼrganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish obʼektiga qarab uch guruhga boʼlinadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz soligʼi, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʼisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yigʼimlari va boshqalar kiradi.
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq toʼlovchi subʼektlar tasarrufida mavjud boʼlgan mol-mulkdan, yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʼi, infratuzilmani rivojlantirish soligʼi, jismoniy shaxslarning daromad soligʼi va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar xoʼjalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga toʼlanadigan aksariyat soliqlar va majburiy toʼlovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qoʼshiladi (er soligʼi, mol-mulk soligʼi, va boshqalar). Shu oʼrinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy faoliyatiga taʼsir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:
1. Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan toʼlanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, yaʼni qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz soligʼi, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʼisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk soligʼi, yer soligʼi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
4. Korxonalar foydasidan toʼlanadigan soliqlar: daromad (foyda) soligʼi, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.
Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra soliklar kuyidagicha ta’riflansa, soliklarning mohiyati kengrok yoritiladi va maksadga muvofik bo’ladi «Soliklar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini kondirish maksadida konun tomonidan belgilab ko’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va hukukiy shaхslardan davlat iхtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir».
Тariхan soliklar, davlatni saklab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliklar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iktisodiy tabiati хuddi shu yerdan kelib chikadi.
Solik tushunchasi - iktisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning хarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaхslardan ularga mulkchilik, хo’jalik yuritish yoki tezkor boshkaruv hukukida tegishli bo’lgan pul mablag’larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maksadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi kaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni solik - davlat tomonidan хo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fukarolardan majburiy konuniy tartibda belgi­langan stavkalar bo’yicha, solik to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosi­ta bog’lanmagan tarzda undiriladigan pul yig’imi.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik xususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va toʼlovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish xususiyatiga koʼra ham ikki guruhga boʼlinadi:
1. Umumiy soliqlar respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi;
2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yoki obʼektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi.
Umumdavlat soligʼi hamda mahalliy soliq va yigʼimlar. Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy hayotini moliyaviy mablagʼ bilan taʼminlaydi va bu Oʼzbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti yetakchi boʼgʼindir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - Oʼzbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini taʼminlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik boʼlgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xoʼjaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralarini) mablagʼ bilan taʼminlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu boʼgʼini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasining byudjeti pul mablagʼlarini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar Oʼzbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi oʼz faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni toʼlaroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan toʼgʼri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining koʼpayishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi toʼgʼrisida tinmay gʼamxoʼrlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish surʼatlari toʼgʼridan-toʼgʼri mahalliy xoʼjalik zahiralarini safarbar qilish, mablagʼlarni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bogʼliq boʼladi, bu esa oʼz navbatida umuman Oʼzbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xoʼjaligi va obodonlashtirish, maorif va sogʼliqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy taʼminot sohasidagi tadbirlar mablagʼ bilan taʼminlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga boʼlinadi:
Oʼzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda (daromad) soligʼi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi;
3) qoʼshilgan qiymat soligʼi;
4) aktsiz soligʼi;
5) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʼlovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʼyicha tegishli byudjetlar oʼrtasida taqsimlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yigʼimlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk soligʼi;
2) yer soligʼi;
3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʼi;
4) jismoniy shahslardan transport vositalariga benzin, dizelь yoqilgʼisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdaga xizmatlarni koʼrsatish huquqi uchun yigʼim;
6) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʼyicha qatʼiy belgilangan soliq .
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan boʼlsa, mahalliy soliqlar va yigʼimlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Soliqning respublika va mahalliy byudjetlar oʼrtasida taqsimlanishi ular daromad manbaini shakllantirishdagi bir qator muammolarni vujudga keltiradi. Bulardan asosiylaridan biri byudjetlarni moliyalashtirish yuzasidan soliqning byudjetlararo taqsimlanish tartibi mezonlarini belgilash muammosidir.
Qoraqalpogʼiston Respublikasida mahalliy soliqlar va yigʼimlar soliq Kodeksi, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpogʼiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Taʼkidlab oʼtish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʼyicha tegishli byudjetlar oʼrtasida taqsimlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliq va yigʼimlar. Soliq munosabatlari mavjud boʼlishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi boʼlsa, ikkinchi sharti boʼlib soliqlarni toʼlashga qobil boʼlgan soliq toʼlovchilarning mavjudligidir. Oʼzbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xoʼjalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki boʼlgan va oʼz majburiyatlari boʼyicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varagʼiga ega boʼlgan alohida boʼlinmalar ham tushuniladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, savdo tashkilotlarini yalpi daromad soligʼi, yer soligʼi, mol-mulk soligʼi, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Baʼzi soliqlarni (QQS, aktsiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham toʼlaydilar. Jismoniy shaxslar toʼlaydigan soliqlarga daromadga soliq, yer, mol-mulk soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga koʼchirib qoʼyiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan baʼzi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni toʼlash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari, va qator yigʼimlar kiradi. Soliq yigʼish xarajati koʼpayib ketadi. Chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega boʼlgan inspektorlar shugʼullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) koʼp yoziladi.
Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi.
Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning byudjetlarga toʼlaydigan soliqlari toʼgʼri va egri soliqlarga boʼlinadi.
Toʼgʼri soliqlar daromad (foyda) soliqlari va resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz soligʼi, bojxona bojidan iboratdir.
Yuridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. Toʼgʼri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga moʼjallangan mablagʼlarini qisqartirib muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi. Egri soliqlar esa tovarlar (ishlar, xizmatlar) tarkibida boʼlib, baho hisobiga muomaladagi ortiqcha pullarni muomaladan oladi. Shunday qilib soliqlar pul muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega boʼladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga oʼtilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali boʼlmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya boʼyicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda obʼekt (daromad, mol-mulk) har bir toʼlovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) eʼtiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish obʼektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi: daromad soligʼi, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning oʼsishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovgʼa qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va hokazo.
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga oʼz huquqlarini daʼvo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi boʼlib qoladi. Egri soliqlar toʼgʼri soliqlardan farqli ravishda toʼlovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bogʼliq boʼlmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy isteʼmol tovarlari, shuningdek xizmat koʼrsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha koʼrsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish obʼekti boʼladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.
Xaridor-isteʼmolchi egri soliqlarning toʼlovchisi boʼladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar koʼrsatadigan shaxs aslida soliqni yigʼuvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qoʼshiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish boʼyicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak boʼlganida va talab barqaror boʼlmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan toʼlanadi. Egri soliqlarning asosiy toʼlovchisi pirovard oqibatda isteʼmolchilar boʼladilar.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar oʼz daromadlarining miqdoridan qatʼiy nazar, bunday soliqlarni toʼlaydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur boʼlgan tovarlarni isteʼmol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.
Egri soliqlarning stavkalari qatʼiy (tovar oʼlchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) boʼladi. Foizli stavkalar davlat uchun koʼproq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham koʼpayadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib keladi.
Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona bojlarini oʼz ichiga oladi. Аktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qoʼshilgan qiymat soligʼi va boshqalar) turlarga boʼlinadi.
Ular asosan xoʼjalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.
Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda toʼgʼri va egri soliq oʼrtasidagi maqbul nisbatni taʼminlashni belgilovchi meʼyorlarni aniqlash muammosi asosiy muammolardan biri boʼlib qolmoqda.
Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab oʼzgardi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. 20-yillardan boshlab koʼpgina mamlakatlarda toʼgʼri soliqlar koʼproq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan soʼng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida toʼgʼri soliqlar alohida ahamiyatga ega boʼlib qoldi, daromad soligʼi va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular ichida asosiy oʼrin tutardi

Download 68,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish