I.2.Moddalarni fotometrik aniqlash usullari. Fotometrik usulning
metrologik xarakteristikalari
Moddalarni fotometrik aniqlash usullariga quyidagilar kiradi:
1.Darajalash grafik usuli. Optik zichlik konsentratsiya koordinatalaridagi grafik to`g`ri chiziqli bo`lishi va to`g`ri chiziq koordinata boshidan o`tishi kerak. Odatda darajalash grafigi kamida 3 ta nuqta bo`yicha tuziladi, bu tekshirishning ishonchini aniq bo`lishini ta`minlaydi. Darajalash grafigi usulida modda miqdorini aniqlash 5-8 xil turli konsentratsiyali standart eritmalar seriyasi tayyorlanadi. Bunda tekshirilayotgan eritmaning zichligi darajalash egri chizig`ining o`rtalariga mos kelishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |