Fotoenergetikada nanostrukturali yarimo‘tkazgich materiallar
II xalqaro ilmiy anjumani 19-20 noyabr 2021 yil 193
xususiyatlar va parametrlarni olish istagi edi. Darhaqiqat, qurilma tarkibida
yarimo'tkazgichning eng muhim xarakteristikasini – taqiqlangan soha kengligini
boshqarish qobiliyati deyarli barcha yarimo'tkazgichli qurilmalarning asosiy
parametrlari va xususiyatlarini yaxshilashga va ba'zi hollarda tubdan yangilarini
yaratishga imkon berdi. Tasodifiy emaski, fotodetektorlarning rivojlanishi va
takomillashuvi geteroo’tishlardan foydalanish bilan bog'liq edi, chunki ideal
geterostrukturalarning fotodetektorlarni yaratish uchun qo'llanilishi nafaqat
spektral sezuvchanlik sohasini boshqarishga imkon berad, balki kvant
samaradorligini oshirish, fotodetektorlarni tezkorligini oshirish, qorong'ulikdagi
toklarni kamaytirish va shu bilan ularning qo'llanish sohalarining kengayishi
tufayli nurlanishni qabul qiluvchilarining parametrlari va xususiyatlariga
qo'yiladigan barcha talablarni qondirish.
Shunday qilib, spontan va kogerent nurlarning samarali yarimo'tkazgichli
manbalarini yaratish bilan, ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlash, lazer diapazoni
va boshqalarni optik diapazonini keng rivojlantirish boshlandi. Optik tolali aloqa
tizimlari bo'yicha ishlarning rivojlanishi bir vaqtning o'zida talab qilinadigan
tarmoq kengligi va minimal shovqin bilan kerakli spektr diapazonida yuqori
sezuvchanlikka ega bo'lgan fotodetektorlarni yaratishni talab qiladi.
Ko'p hollarda yorug'lik signalini elektr signaliga samarali aylantirishga qodir
bo'lgan fotodetektorlar kerak bo'ladi balki, yuqori intensivlikdagi yorug'lik signali,
shuningdek, yorug'likni bir spektral tarkibdan boshqasiga va infraqizil
nurlanishning ko'rinadiganga aylantirish alohida qiziqish uyg'otadi.O’ta qisqa lazer
impulslarini olish texnikasini takomillashtirish va o’ta tezkor elektronikaning juda
tez jadal rivojlanishi yuqori samarali fotodetektorlar va optoelektronik
pikosekundli komutatorlarni ishlab chiqishni talab qildi.Bularning barchasi turli xil
geterofotodetektorlarning keng spektral diapazonida - o'rta IQ sohadan
ultrabinafsha nurlanishigacha yaratish va o'rganish uchun ko'p sonli ishlarning
paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.
Barcha geterofotodetektorlarda keng sohali soha odatda yorug'lik kiritish
uchun "oyna" vazifasini bajaradi. Taqiqlangan soha kehgligi keng
yarim
o'tkazgichning to'g'ri tanlangan parametrlari bilan erkin tashuvchilarda yutilishini
e’tiborga olmaslik mumkin va h
energiyali yorug'lik deyarli yo'qotishsiz
muvozanatsiz zaryad tashuvchilarni (MZT) ajratish sohasiga yetib boradi. Aniqki,
“oyna”ning roli ayniqsa (MZT)larning kichik diffuziya uzunligiga va sirt
rekombinatsiyasining yuqori tezligiga ega bo'lgan to’g’ri zonali materiallarga
asoslangan fotodetektorlarda muhimdir. Bu holat qisqa to'lqin uzunlik chegarasini
boshqarishga imkon beradi.Kehg sohali materialning taqiqlangan soha kengligini
o'zgartirish orqali spektral sezuvchanlik sohasini qisqa to’lqinli chegarasini
boshqarish imkonini beradi.
Shuningdek “oyna” effekti, MZT generatsiya sohalarini birlashtirish va ularni
ajralish imkonini beradi. Shunday qilib, keskin geteroo’tishalarda kvant
samaradorligi faqat elektron-teshik juftlarini ajratish koeffitsienti bilan belgilanadi,