Fosfat xomashyosini boyitish kimyosi va texnologiyasi



Download 25,15 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi25,15 Kb.
#871801
Bog'liq
FOSFAT XOMASHYOSINI BOYITISH KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI


FOSFAT XOMASHYOSINI BOYITISH KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI
Shamsuddinov Latifxon Odil o’g’li
TDTU Olmaliq filiali 3- bosqichi talabasi

Oʻzbekistondagi oddiy va murakkab oʻg’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar uchun fosforit rudalari Qizilqum hududidagi Jaray-Sardara fosforit koni bazasida uzoq yillardan buyon kuydirilmagan fosforit kukunlari va kuydirilgan fosforit kontsentratlari olinmoqda. Fosforitlardan fosforli oʻg’itlar olinganda bir qator aralashmalar yakuniy mahsulotga aylanadi. Ularga ftor, uran, skandiy kabi nodir elementlarini misol qilsa bo`ladi. Shu sababli, yuqori sifatli oʻg’itlarni olish uchun ularni ajratib olish talab etiladi.


Bu jarayonda Fosforit konlari past navli fosforitlaridan: shlamsizlantirish, flotatsiya jarayonidan olingan flotoboyitmalardan ballast aralashmalarni sulfat kislota eritmalari yordamida ajratib olish amalga oshiriladi. Bu jarayonlarga binoan Fosforit rudasi quyidagi minerallardan tashkil topadi:
Asosiy fosfat mineral - Frankolit Са10-n/2[(РО)6-n(СО3)n]·F2 ·Н2О) (Р2О5 -33% atrofida ) 40-60%; kalsit 16-40%, 3,5-4,0% СО2 va 3% SО4 -2 izomorf holda uning kristall panjarasiga kiradi.
Rudaning oʻrtacha kimyoviy tarkibi Р2О5-18-19; СО2-15,0; Fе2О3-0,5; SО2-2,28; СаО-49,6; МgО-0,9; Аl2О3-0,4; SiО2-4,8; Cl-0,18 %; erimaydigan qoldiq-7,4%. Qizilqum fosforitlari yuqori darajadagi karbonatlilik xususiyati bilan ajralib turadi. Ba’zi namunalarda СО2 miqdori 27% va undan yuqori darajaga yetadi. Fosforitlarning tarkibida oz miqdorda Ni, Co, Cu, Mn mavjud. Balansdan tashqari rudani P2O5 - 12,6-14,7% yuvib maydalash usuli bilan boyitish boʻyicha tajribalar natijasi (Q:S-1:2.5 va τ=30 min), tarkibida P2O5 20,4-22.3% boʻlgan fosfat kontsentratlarini olish mumkinligini koʻrsatdi, bu esa O′z DSt 2825:2014ning TSh 81-23: 2011 texnik talablariga javob beradi. Shu bilan birga, yuvilgan boyitmalarning chiqishi 40-50% ni tashkil etdi. Ochiq sikldagi karbonatli flotatsiyasida yuvilgan fosfat boyitmalarining namunalari ishlatildi. Flotatsiyadan oldin namunalarning 65%i - 0,074 mm gacha maydalandi. Yuvilgan mahsulotdan olingan flotaboyitmalarda, dastlabki mahsulotdagi P2O5 miqdori 20,4% (flotoboyitmaning chiqishi -60,0%, boyitmaning ajralishi 66,0%,) va СО2 miqdori 17,0% tashkil etadi. Dastlabki yuvilgan mahsulot P2O5 miqdori 22.4% fosforitli flotatsiyadan keyin P2O5 tarkibi 27.2% boʻlgan flotoboyitma (boyitma chiqishi 60,0%; ajralishi 67,0%,) va CO2 miqdori 14% olingan. Fosfat tarkibi 25,3% va 27,2% boʻlgan flotaboyitmani kuydirish usulida P2O5 tarkibi 27,9% va 28,5% boʻlgan TSh 81 - 22: 2011 texnik shartlariga javob beradigan termoboyitma va CO2 1,2 va 1,0% tarkibini olish imkonini beradi. Natijalar Fosfor kislotasi boʻtanasi hajmi 0,28 m2 boʻlgan vakuumli filtrda 103 Pa ostida filtrlandi. Ftorning konsentratsiyasi etilgeksil fosfor kislotada 0,6-1,5%, ammofosda 2-3%, diammofosda 2,3-3,1% tashkil qiladi. Ekstraktsion fosfat kislota tarkibidagi ftor H2SiF6 kremnoftorit kislotasi koʻrinishida joylashgan va 1- 1,5% miqdorni tashkil qiladi. Ftorni ajratish jarayonini optimallashtirish uchun uning ishqorli metall silikoftorid shaklida quyilishining turli xil variantlari oʻrganib chiqildi. Ekstraksion fosfat kislotadan olingan ftorli yog’larni ishlatilishining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, oʻrganilgan moddalar NaOH, KOH, K2CO3, K2SO4,NaOH*K2SO4, Na2CO3*NaOH ichidan NaOH eng maqbuli bo`lib chiqdi, chunki reagentning kam iste’moli 25gr/l ga, hosil boʻlgan eng kam miqdordagi choʻkma 3g/100 ml ga, filtrlashning eng yuqori darajasi laboratoriya sharoitida 1,3 l/soat ga teng boʻladi. Ekstraksion fosfat kislotani ftordan tozalash usuli, ftorning Na2SiF6 shaklida bosqichma - bosqich choʻktirishga asoslangan boʻlib, ekstraksion fosfor kislota va NaOH 25 kg/m3 kiritadi. Ftor tarkibidagi kamida 30% boʻlgan ftorli konsentrat quritiladi va qadoqlanadi. Soʻng EFK gazsimon ammiak koʻrinishida neyrtallanadi, bunda pH 2,5 - 2,2 gacha boʻladi. Uranni pH 2,5-2,6 eritmada elektrokimyoviy qayta tiklashsiz choʻktirish mumkin lekin, bunda fosforning choʻkmada yoʻqolishi 30% ni tashkil qiladi. Choʻkma pH 2,5 boʻlganida EFK tarkibidagi fosfor 30% miqdorida kollektiv kimyoviy kontsentratga aylanadi. Kollektiv kimyoviy kontsentratlarni suv bilan yuvgandan soʻng, mos ravishda 12 va 8% fosfor choʻkma ichida qoladi. Natriy gidroksid bilan ishlov berishdan soʻng, 6 va 4% fosfor choʻkmada qoladi. Nam choʻkmaning chiqishi 338 va 135 g/l EFK ga mos ravishda pH 2,2-2,5 ga teng. Ushbu usulda konsentratni olish uchun shlamsizlantirish jarayoni yordamida kambag’al tarkibli fosforitlarni boyitish, ballastik aralashmalar hisoblangan krem, ftor, uran kabi kamyob elementlarining sulfatli eritmalari - etilgeksilfosfor kislotasi va ekstraksion fosfat kislota foydalanib ammofos, diammofos olish imkoniyati mavjud. Qimmatbaho komponentlarni ajratib olish usuli qoʻllanilganda fosforning yoʻqolishi 1,5% dan oshmaydi va yuqori sifatli ammofos va diammofos olish iqtisodiy jihatdan toʻliq qoplanadi.
Download 25,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish