Formulaning normal shakllari. Formulaning normal shakllari quyidagi ta’rif asosida aniqlanadi.
2- ta’rif. Berilgan formulaning kon’yunktiv normal shakli deb unga teng kuchli va elementar diz’yunksiyalarning kon’yunksiyalaridan tashkil topgan formulaga, diz’yunktiv normal shakli deb esa unga teng kuchli va elementar kon’yunksiyalarning diz’yunksiyalaridan tashkil topgan formulaga aytiladi.
“Kon’yunktiv normal shakl” iborasini, qisqacha, KNSh, “diz’yunktiv normal shakl” iborasini esa, DNSh deb yozamiz.
(3) formula DNShning kon’yunktiv hadi, (4) formula esa KNShning diz’yunktiv hadi deb ham yuritiladi.
1- va 2- ta’riflarga ko‘ra, teng kuchli almashtirishlar bajarib, mantiq algebrasining ixtiyoriy formulasi uchun turli KNShlar va DNShlar topilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |