katalitik reaksiyalar deb aytiladi. Bunday reaksiyalarda katalizator
sifatida metallar, oksidlar, tuzlar va boshqa moddalar ishlatiladi. Teylorning fikricha, katalizatorning
barcha yuzasi faol bo'lmay, balki maium faol markazlar
faoliyat ko'rsatadi. Uning fikricha, faol markazlar kristall panjarada
bo'shroq joylashgan atomlar hisobiga hosil boiishi mumkin. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, geterogen
katalizni shartli ravishda quyidagi turlarga boiish mumkm:
1. Metallar, metall oksidlari va qoplangan katalizatorlar sirtlaridagi
kataliz.
2. Qattiq kislotalar va oksidlar (kislotali katalizatorlarning faol
markazlarini tavsifiovchi protonlar - Brensted markazlari yoki taqsimlanmagan
elektron juftini biriktiruvchi atomlar - Lyuis markazlari)
orqali sodir boiadigan kataliz.
3. Ko'p funksional katalizatorlar sirtidagi kataliz o‘zida turli
xossalarni jamlangan boiib, komponentlar aralashmasidan iborat boiadi, masalan, metall (platina yoki nikel) kislotali oksid (A120 3)
bilan aralashtirilgan holda qoilaniladi (Lyuis kislotasi).
4. Geterogenlashtirilgan metall kompleksi sirtidagi kataliz (polistirol,
shisha va boshqa qattiq moddalar ustiga qoplangan metall
kompleksi ari).
Barcha geterogen katalitik reaksiyalarning sodir boiishi bir
qator bosqichlardan iborat:
- diffuziya - reagent molekulalarining fazodan katalizator sirtiga
tarqalishi va ularning katalizator g^valdariga kirishi (adsorbilanish);
- katalizator sirtida faol markazlar hosil boiishi;
- reaksiya mahsulotlarining katalizator sirtidan desorbilanishi
va faol markazlarining regeneratsiyasi;
-h o sil boigan reaksiya mahsulotlan’ning katalizator sirtidan ajralib
chiqishi.
Fizikaviy adsorbilanish qiymati kimyoviy sorbilanish qiymatidan
oz farq qilsada, reagentning kondensatlanish haroratiga yaqinlashgan
sari oshib boradi. Fizikaviy adsorbilanish qaytar jarayon.
Uning adsorbilanish entalpiyasi katta boimaydi [(-10)-(-50)kJ/
mol]. Odatda, fizikaviy adsorbilanish ekzotermik boiib (AH<0),
reagent molekulalarini katalizator ustiga kondensatlashishi natijasida
sistema entropiyasining kamayishi bilan bogiiq. Fizikaviy adsorbilanish unchalik tanlovchanlikka ega boimay,
katalizatoming tabiatiga deyarlik bogiiq emas. Aksincha, kimyoviy
sorbilanish katalizator va reagentlaming yiizada o‘zaro ta’sirlanishi
natijasida kimyoviy modda hosil boiganligi sababli ularning tabiatiga
bogiiq boiadi. Geterogen katalitik jarayonning zarur sharti ta’sirlashayotgan
moddalardan hech bo4lmasa bittasining adsorbilanishidir. Shuning
uchun reaksiyani katalitik tezlashishining sababi adsorbilanish deb
taxmin qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |