Forexni o`rganish bo`yicha darslar to`plami


PARTNYORSKAYA PROGRAMMA – Hamkorlik dasturi



Download 9,48 Mb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi9,48 Mb.
#470233
1   2
Bog'liq
Forex darsligi


PARTNYORSKAYA PROGRAMMA – Hamkorlik dasturi
COPY – Nusxa olish olish, treyderlar savdo bitimidan ko`chirma olish
PIN KOD(VIVOD KOD) – Pulni yechishf=da ishlatiladigan kod
PAROL INVESTORA – Investor kodi bunda investor yoki biror shaxs treyder schotiga kirib ko`ra oladi ammo unga tega olmaydi
BONUS – Sovg`a, kompaniya beradigan har qanday sovg`a
PROMO KOD( BONUSNIY KOD) – Bonus olish uchun yozish shart bo`lgan kod
ANALIZ – Taxlil, turli vositalarni taxlil qilish
ANALITIKA – Turli habar, yangilik, turli taxlil basharotlar ko`rsatilishi
WEBINAR – Tadbir yig`ilish bu broker tomonidan o`tkaziladi
LOT – Hajm o`lchov, forexdagi asosiy o`lchov birligi
SCALPING(Pipsovka) – Kichik vaqt birliklarida tez-tez savdo qilish
STRATEGIYA – Malum qoiadalar asosida yutish harakatlari jamlangan hatti harakatlar jamlanmasi, savdo qilish usuli
SISTEMA – Savdo qilish asosida narxning tebranishi va bozor harakati umuman shu narsalar jamlanmasi, savdo sistemasidir
VERIFIKATSIYA – Tasdiqlash, turli brokerlarda schot ochish, bonus olish, registratsiya davrida zarur hujjatlarni tasdiqlash jarayoni
REGISTRATSIYA - Ro`yxatdan o`tish, yozilish, hamkor bo`lish
FLAT(Flet) – narxnig tepaga yoki pastga siljimay bir joyda turib qolishi
SLIV – Depozitni butinlay yo`qotish
VPS SERVER- kompyuter o`chiq bo`lganda ham sovetnikni ishlashiga imkon beradigan internet tarmog`i
11-DARS
BUY VA SELL BUYRUQLARI HAQIDA
Oddiy bozorda biz biron nimaoladigan bo`lsak faqat uni narxi oshgandagina foyda qilishimiz mumkin holos. M: Alini 10 000 puli bor edi u shu pulga 1000 so`mdan 10kg. bodom sotib oldi 2 soatdan so`ng bodom narxi 1500 so`m bo`ldi. Ali bodomni 15 000 ga sotdi va 5000 sof foyda oldi. Agar bodom narxi tushib ketganda edi Ali zarar qilgan bo`lar edi. Forexda esa biz faqat narx oshishidan emas balki tushishidan yoki bir joyda turib qolishidan ham foyda olishimiz mumkin. Bunda bizga BUY va SELL shartli buyruqlari yordam beradi
BUY – inglizcha Sotib olmoq, ya`ni narx oshsa sotib foyda ko`raman deb sotib olish
SELL – ing. Sotmoq, ya`ni narx tushsa sotib foyda olaman deb sotib olishdir
Misol: Hozir 1kg. bodom-1000 so`m, Bizda 10 000 pul bor va biz bodom sotib olib va keyin uni sotib foyda qilmoqchimiz. Bizda ikki yo`l bor yani narx tushadimi yoki oshadimi shunga qarab sotib olish. Agar shu holatda biz BUY ni bosib order ochsak narx oshsa foyda ko`ramiz, Agar SELL ni bossak narx tushsa foyda ko`ramiz. Forexda yutish va foyda qilish ham joriy paytda to`g`ri qaror qabul qilishga bog`liq. Forexni yana bir afzal tomoni biz bir vaqtda ikki tomonga ham BUY ham SELL ga order ochishimiz mumkin. Bunda agar narx oshsa SELL bosgan orderimiz zarar ko`rib Buy bosgan orderimiz esa foydaga kiradi
BUY yoki SELL buyruqlari orqali order ochish bu bitim tuzib bozorga kirish(yani sotib olish) so`ng bu orderlarni foyda yoki zarar bilan yopish (sotish yani bozordan chiqishni bildiradi) Biz bir vaqtda yoki vaqt birliklari orasida bittadan boshlab ko`p miqdorda order ochishimiz mumkin(depozitimiz yetguncha) Forex bozorida foyda ko`rish BUY- tepaga yoki SELL pastga buyrug`ini to`g`ri tanlashimiz va vaqtida orderni yopishimizga bog`liqdir. Bizga bunda turli taxlillar yordam beradi
SPRED HAQIDA
Spred bu broker bizga sotib olishni taklif qilgan narxdir. Ya`ni hozir 1euro= 1.10 sent bo`ladigan bo`lsa broker bizga 1 euroni 1.10sentdan emas balki 1.15 sentdan sotib olishni taklik qiladi. Bunda 0.5 sent bu brokerni hizmat haqi hisoblanadi. Va order ochgan paytimiz orderimiz -5 zararda bo`ldi. M: Biz 1euroni – 1.15 dan BUY ni bosib sotib oldik va birozdan so`ng narx 1.55 bo`ldi. Biz olgan euroni sotmoqchi bo`ldik Bunda ham broker bizga 1.55 dan emas 1.50 dan sotishni taklif qiladi va biz shu narxda sotamiz foydamiz esa 40sent emas 35 sent bo`ldi. Narxlar orasidagi ushbu tafovut aynan Spred deyiladi
Ba`zi brokerlarda spred katta bo`lib bu bizga samarali savdo qilishga halaqit beradi shuning uchun kam spredli broker biln ishlashni tavsiya qilamiz
Vazifa Buy va Sell buyruqlari bilan amaliy mashq
12-DARS
VALYUTA BIRLIKLARI VA UNING TAVSIFI
Dunyoda 200 dan oshiq davlatlar bo`lsa har birining o`zining milliy valyutasi-pul birligi mavjud. Ammo forex birjasida hamma davlat valyutalari kiritilmagan chunki valyuta qachonki erkin konvertatsiyalangandagina birja savdosiga kiritish mumkin. Jumladan Xitoy yuani va o`zbek somi ham birja savdosida yo`q. Valyuta Kotirovkalanganda `ozining maxsus belgisiga ega bo`ladi va shu belgi bilan nomlanadi. Valyuta belgilari va narxlari bilan terminalning SYNBOL va KOTIROVKA bo`limlarida ko`rishingiz mumkin
VALYUTA SHARTLI BELGILARI
EUR-evro USD-amerika dollari
JPY-yapon iyenasi CHF-shveysariya franki
GBP-britaniya funt sterlingi NZD- yangi zellandiya dollari
AUD-avstraliya dollari CAD-kanada dollari
HKD-gonkong dolari TRY-turk lirasi
SGD-singapur dollari MXN-meksika pesosi
ZAR-janubiy afrika randi DKK- daniya kronasi
NOK-norvegiya kronasi BTC-bitcoin(internet virtual olam pul birligi)
RUR-rubl UZS-o`zbek so`mi
Eslatma: hozirda rubl bilan savdo qilinmaydi, o`zbek so`mi esa hali bozorga kiritilmagan
METAL VA YOQILG`ILAR
PLN-platina XAU-oltin
XAG-kumush UKOIL(Brent)-UK birlashgan qirollik(britaniya) nefti
USOIL(WTI)-amerika nefti
Eslatma: bu belgilar asosan bir hil ba`zi brokerlarda boshqacha belgida bo`lishi mumkin M; instaforex brokerida USOIL=INDU deb nomlanadi. Valyuta belgilaridan so`ng kichik “v” va “m” harflari kelishi uning 5 raqamli kotirovkada ekanini bildiradi M; EURUSDv
Bu valyuta jufliklari $ dollar qatnashishi va qatnashmasligiga qarab ikki gruppaga ajraladi M; EURUSD, USDJPY, EURUSD, USDCAD, va hokazo
Valyuta belgilari yonma yon yoziladi va Valyuta juftligi deyiladi M: EURUSD- evro dollar juftligi.
Juftliklar asosiy va unga kotirovkalanadigan juftlikklarga ajraladi M: EURUSD juftligida EURO asosiy juft(ya`ni qiymati 100 000$ ga teng) USD dollar esa unga kotirovkalanayotgan(narxlanayotgan) kurs hisoblanadi
Yana bir hususiyat valyutaning 1.PARALLEL(yonma yon) va 2.KROSS(qarama-qarshi) juftlarga ajratilishidir M: USDJPY, USDCAD, USDCHF – Dollarga parallel juftliklardir bunda USDJPY da dolar narxi tushsa boshqa paralellarida ham shu holat bo`ladi
2.AUDUSD, BTCUSD, GBPUSD da esa bu dollarga KROSS kurs bo`lib bunda dollar
narxi Parallel kursda ortsa Kros kursda tushadi
Siz savdo vaqtida istagan valyutani tanlashingiz bir vaqtda bitta juftlikda yoki bir
necha juftlikda savdo qilishingiz mumkin

13-DARS
GRAFIKLAR HAQIDA


Grafik bu turli ko`rinishdagi figuralar bo`lib u bizga bozor holati va narx navoni
ko`rsatuvchi belgilardan tashkil topgan.Grafiksiz umuman savdo qilib bo`lmaydi.
Grafiklar 3 xil ko`rinishda bo`ladi
1.Barli(Bari)

2.Yapon shamlari(Yaponski svechi)

3.Chiziqli (Liniya)

Bu erda bir narx navoni 3 hil ko`rinishi ko`rsatilgan

Grafiklarda 4 hil narx ko`rsatiladi bular 1.Eng baland narx 2.Eng past narx


3.Bozorga kirish narxi(Bu yangi grafik ochilganda) 4.Bozordan chiqish narxi(eski grafik yopilganda
Narxni aniq yo`nalishini Chiziqli grafikda ko`rsak uni minutlar va soatlar ichida tushgani yoki ko`tarilgani haqidagi aniq malumotlarni Yapon Shamlari orqali bilib olamiz.
Grafik 3 hil holatni bildiradi
1.Bir Grafik Bo`lagi rangi oq,qora yoki qizil rangda bo`lsa bu narxni tushganini bildiradi 2.Grafikdagi figura ko`k yoki rangsiz bo`lsa bu narxni oshganini
3.Agar Chiziqni o`zi bo`lsa shu payt narx ham tushib ham ko`tarilib juda tez o`ynaganini bildiradi
1. 2. 3.

14-DARS


TIME FRAME – VAQT BIRLIKLARI
Grafikdagi har bir belgi grafa malum vaqt birligini bildiradi. Bu bizni narx navoni aniq ko`rish savdoni to`g`ri rejalashtrish va o`zimizga mos taymfreymdan foydalanish imkonini beradi. Biz gragikni Time frame bo`limida istagan vaqtga o`zgartrishimiz va bozorni avvalgi paytdagi holatini ham ko`rib kelajakni bashorat qilishimiz mumkin
Grafikdagi Vaqt birliklari belgilari
M1 = 1 minutni bildiradi va har grafa 1 minutga teng bo`ladi har minutda terminalda yangi grafik hosil bo`ladi
M5 = 5 minut bunda grafik har 5 minutda yangilanadi M: soat 12:00 da bozorga kirish narxi bilan yangi grafik ochilsa keyingisi esa 12:05 da boordan chiqish va kirish narxiga yana yangi grafik paydo bo`ladi. Qolganlari ham shunday
M15 = 15 minut
M30 = 30 minut
H1 = 1 soat
H4 = 4 soat
D1 = 1 kun(1sutka)
W1 = 1 hafta
MN1 = 1 oy lik grafikni ko`rsatadigan Timeframe hisoblanadi
Vaqt birliklari orqali bozorni taxlil qilish juda ham qulay. Yangi treyderlarga 1-boshlagan vaqtlarda D1, H4, H1, M30 da ishlashni maslaxat beramiz.
Grafikni taxlil qilaytganda ham avval katta garfikni so`ng esa kichiklarini ko`rish kerak chunki forexda narx navo sekundiga o`zgargani sababli H1 da narx tushayotgan oq grafik bo`lsa M5 da esa ko`tarilayotgan ko`k grafik bo`lishi mumkin. Qancha professional bo`lib borasiz sekin kichik vaqt birligiga o`tasiz bu sizga qisqa vaqt ichida katta foyda olish imkonini beradi. Mashxur treyderlar ham katta vaqt birliklarida ishlash ancha havfsizligini ta`kidlashadi
Grafikdagi uzun to`g`ri chiziq joriy holatdagi narxni ko`rsatadi

15-DARS
4 VA 5 RAQAMLI KOTIROVKALAR HAQIDA


4 RAQAMLI KOTIROVKA – Juftliklar 4 raqamgacha aniqlikda kotirovkalanadigan(narxlanadigan) 1 yoki nuqtadan keyin 4 ta raqami bor kotirovkadir M; EURUSD 1.1200 USDJPY- 112.12 Kabi
Eslatma yapon iyenasi qatnashgan juftliklarda nuqtadan keyin 2 raqam bo`ladi
5 RAQAMLI KOTIROVKA – Juftliklar 5 raqamgacha aniqlikda kotirovkalanadigan 1 yoki nuqtadan keyin 5 ta raqmi bor kotirovka. Faqat yapon iyenasida nuqtadan so`ng 3 ta raqam bo`ladi.
M: EURUSD- 1.12300 USDJPY-112.200
Kotirovkalardagi ohirgi bitta raqamni o`zgarishi 1 punkt yoki pips deyiladi M; EURUSD 1.1200 >>> 1.1201 bu erda narx 1 punkt o`zgardi deyiladi
4 raqamli kotirovkadagi 1 punkt 5 raqamlida 10 punkt yoki 10 pipsga teng bo`ladi
M: EURUSD 1.1200>>> 1.1201 1 punkt(4 raqamli kotirovkada)
EURUSD 1.12000 >>> 1.12010 10 punkt( 5 raqamlida) bunda EURUSD 1.1201= 1.12010 ikkovi teng hisoblanadi
Eslatma: kumush, oltin va neftni kotirovkalanganda faqat 5 raqamda kotirovkalanadi va nuqtadan so`ng faqat 2 ta raqam bo`ladi
M; WTI-39.63, XAU-1219.49 kabi
Daromadlilik darajasi bo`yicha 4 raqamlikka qaraganda 5raqamli kotirovkada daromad ko`proqdir. 5 raqamli kotirovka ancha aniq hisoblangani uchun undagi o`garish juda tezdir aynan shu narsa daromad likvidligini oshiradi
Soliqlar bo`yicha Biz ishlayotgan forexstart brokerida 4 raqamli kotirovkada komissiya solig`i yo`q. Spred EURUSD 2 punkt, USDJPY- 2, USDCAD- 3 punkt
5 raqamlida esa EURUSD- 4, USDJPY-7, USDCAD-15 punktdir
4 raqamlida 1 lotda 10 punkt foyda 10$ bo`lsa, 5 raqamlida bu 100 punkt yani 100$ bo`ladi. Ammo yangilar va tajribasizlar va uzoq muddatli savdo qiladigan va katta foyda bilan yopishni istaganlarni 4raqamlida savdo qilishni tavsiya etamiz. 4 raqamli kotirovka ancha havfsiz bo`lib depozitni havfdan asraydi

16-DARS
DEPOZITNI SUG`URTALASH


STOP LOSS VA TAKE PROFIT HAQIDA
Forex bozroriga kirar ekanmiz bu erda har qanday odam tavvakkal qiladi. Birjada pulni yutkazmaslikka hech kim javob berolmaydi. Xatto eng mashxur treyderlarda ham 30% yo`qotish bo`ladi. Depozitni sug`irtalash o`zi nima bu deposit malum havfdan asrashga yo`naltrilgan buyruqlar jamlanmasidir ya`ni Stop loss va Take profit
STOP LOSS- inglizcha. Zararni ushlamoq, ya`ni zararni malum miqdorda cheklash demakdir. Bunda agar ochgan orderimiz zararga keta boshlasa butun depozitni yo`q qilishidan yoki katta zarar ko`rishni malum miqdorda cheklash hisoblanadi
Qisqartmasi SL
Ba`zan ishimiz chiqib qolib yoki internet aloqasi uzlib yoki boshqa bir sabab bilan bozordan uzilib qolamiz va shu paytda narx foydadan o`tib ketib zararga kirib ketadi, Stop loss esa aynan shu vaziyatni oldini olish va bozorda biz yo`qligimizda yoki terminal ishlamayotgan paytda ham ochiq orderni ozroq zarar bilan avtomatik yopadi M; Ali bozordan 1000 so`mdan non sotib oldi ammo nonning narxi tusha boshladi shunda Ali agar nonni narxi 800 so`mgacha tushib ketsa avtomatik sotilsin deb orderni sozlab qo`ydi va boshqa ish bilan mashg`ul bo`ldi. Ertasiga qarasa u 200 so`m zarar ko`rgan nonning narxi esa 500 so`m bo`lib qolgan ekan. Ammo u Stop loss orqali depoziti sug`urtalagani uchun u 500 so`m emas 200 so`m zarar ko`rdi holos
TAKE PROFIT(Teyk profit)- foydani olmoq, foydaga kirgan order malum darajaga etgach orderni belgilangan foyda bilan avtomatik yopilishidir.
Qisqartmasi TP
Shunday paytlar bo`ladiki narx yana ko`tariladi ko`proq foyda olaman deb bor faydani yo`qotamiz yoki kamaytrib yuboramiz, yoki narx birdan yashin tezligidan foydaning eng yuqori cho`qqisiga chiqadiki bu payt texnik tarzda orderni yopolmaymiz teyk profit mana shunday paytlarda foyda ko`p miqdorda olish va orderni avtomatik yopib havfdan himoyalashni ta`minlaydi
Biz doim ham kompyuter yonida o`tirolmaymiz yoki birdan antenna yo`qoladi, yoki zarur ishimiz chiqib qoladi TP va SL aynan shu vaqtlarda asqotadi. TP va SL hajmi ixtiyoriy bo`lib kamida 10 punkt TP 10 punkt bo`lsa SL undan ikki borabar ko`p 20 punkt bo`lmog`i kerak. Stop loss va Tp bilan samarali savdo qilish haqda keyingi darslarda bilib olasiz.
Vazifa: TP va SL ni terminaldan “Izmenit order” buyrug`i va grafikdan to`g`ridan to`g`ri qo`yishni mashq qilish
17-DARS
BOZORNI TAXLIL QILISH VA TAXLIL TURLARI
Forexda savdo qilish asoslari, foyda ko`rish va to`g`ri savdo qilish bu taxlil(analiz) qilishga bog`liqdir. Taxlillar bizga avval nima bo`lgani hozir nima bo`layotgani va kelajakda nima bo`lishi haqda tasavvurga ega bo`lishimizda yordam beradi va biz shu asosda to`g`ri savdo qilib foyda qila olamiz. Forex bozorida taxlil qilmasdan umuman savdo qilib bo`lmaydi buni ohiri yo`qotishga olib keladi. Bizga yagona shart to`g`ri taxlil qilish va foydaga erishishdir. Biz doim barcha narsani taxlil qilamiz mana bu do`kon arzon unda ko`p molar bor ammo bunisida tovarlari sifatli deymiz. Forexda ham asosiy qiladigan ishimiz bu taxlil qilish va foydani terib olishdir. Kim zo`r taxlilchi bo`lsa o`sha eng zo treyder bo`ladi. Hech kim sizga taxlil qilib bermaydi yoki o`rgatolmaydi faqat siz ichki sezgi va fundamental bilimlar orqaligina to`g`ri taxlilga erishishingiz mumkin. Albatta taxlil qilishda bizga kerakli instrumentlar bor bular
1.Kotirovkalar 2.Garfik 3.Indikatorlar 4.Turli yangilik habarlar 5.Eski narx va hozirgi narxlar
Ushbu vositalar orqali biz istagan taxlilni qlishimiz mumkin
ASOSIY TAXLIL TURLARI 2 XIL
1.FUNDAMENTAL TAXLIL(fundamentalniy analiz)
2.TEXNIK TAXLIL(texnicheskiy analiz)
Fundamental analiz ham turli vositalarga bog`liq bo`ladi. Texnik taxlilni esa yana turlari bor bular
1.Grafik taxlil(graficheskiy)
2.Indikator orqali taxlil(indikatorniy)
3.To`lqinlanish orqali taxlil(volnavoy)
4.Yapon shamlari orqali(svechnoy)
5.Qo`llab quvvatlash va qarshilik satxi asosida(buqa va ayiq kuchi) orqali taxlil(na osnove urovney podderjki i soprpotivleniya)
Biz oddiy yaxshi broker tanlashimiz ham bu taxlilga kiradi ushbu taxlillar haqida to`liq keyingi darsda malumot olasiz
18-DARS
FUNDAMENTAL TAXLIL HAQIDA
FUNDAMENTAL TAXLIL – bu Forex bozorining asosi bo`lib siz hohlaysizmi yoki yo`q birja holati aynan shu taxlilga bog`liq. Ushbu taxlilda hech qanday yordamchi vositalardan foydalanilmaydi faqat Yangiliklar va Turli davlat siyosati ularda bo`ladigan o`zgarishlarnigina kuzatish orqali siyosatnng iqtisodiyotga tasiri taxlil qilinadi
M; Birjada asosiy valyuta dollar, Agar amerikada iqtisod yuksalib yangi ish o`rinlari ochilib davlat yuksalsa dollar narxi oshadi. Ammo ishsizlik, davlat qarzi
turli nizolar, ishlab chiqarish pasayishi kabilar kuzatilsa dollar narxi tushadi. Valyuta bevosita siyosatga bog`liq. Davlat kuchliligi va iqtisodiyot yuksalishi va eksport Tovar oshishi shu davlar valyutasi qiymatini oshiradi, bularni aksi bo`lsa valyuta qiymatini tushiradi.
M: Yaponiyada zilzila bo`ldi bu iyenani tushishidan darak beradi, yoki yangi zavod ochildi bu esa iyenani qadrini oshiradi. Iqtisodiy inqiroz ham birjaga qattiq ta`sir qiladi M; Ukrainadagi nizolar va yevropaning Rossiyaga sanksiyalari rublni keskin tushishiga sabab bo`ldi
AQSh da har oyni 1- jumasi Ishsizlik darajasi va Yangi ish o`rinlari haqidagi malumotlar e`lon qilinadi tabiiyki bu dollar paralari keskin o`zgarishiga sabab bo`ladi. Bunday vaziyatda biz voqelar va yangiliklarga qarab qachon sotib olsh va qachon sotishni taxmin qilsak bo`ladi
M; bir treyder yaponiyadagi zilziladan 1-habar tpgan va SELL bosib iyena sotib olgan va ikki soatdan so`ng yangiliklar e`lon qilinganga narx birdan tushib u katta foydaga ega bo`lgan. Turli davlatlarda neftni ko`p qazilishi neftni tushishiga sabab bo`lsa Iqtisodiy inqirozlar davrida oltinni narxi oshadi. Bill Geyts aytganidek kim malumotga egalik qilsa u dunyoga egalik qiladi
Biz bu taxlil haqida Broker saytlari turli analitika, treyder bashorotlari, turli yangilik kanallaridan bilib olsak bo`ladi. Buning uchun broker saytiga kirasiz va yangiliklarni kuzatib borasiz yoki Live chatdan ham so`rab bilsangiz ham boladi
Eslatma: ushbu taxlil ko`proq uzoq muddatli treyderlar, professonallarga va katta miqdorli depoziti bor treyderga ko`proq mos keladi. Yangi boshlaganlarni texnik taxlildan foydalanishni tavsiya etamiz
Har oyning birinchi jumasi 17:30 da Amerika iqtisodiy yangiliklari elon qilingan vaqtda ba`zi juftliklatda juda katta o`zgarishlar bo`ladi (4 raqamli kotirovka uchun 50 punkt va undan ko`p) Shunday paytlarda 2-3 soat ichida juda katta foyda olish mumkin. M: Habar yaxshi bo`lsa dollar qadri oshadi va grafik pastga ketadi, aksi bo`lsa teskarisi. Tavsiya etiladigan juftliklar 1.EURUSD GBPUSD Bularga kross kurslar 2.USDCHF USDJPY Agar 1-juftlarda naxr oshsa 2-sida narx aniq pastga tushadi. Shu 4 juftlikda yangiliklardan so`ng katta foyda olish mumkin

19-DARS


TEXNIK TAXLIL VA UNING TURLARI
BOZORNI TEXNIK TOMONDAN TAXLIL QILISH
TEXNIK TAXLIL- bu bozorni taxnik jihatdan taxlil qilish bo`lib bu eng asosiy taxlil turlaridan biridir. Bu taxlilning ya`na bir qulayligi yangi ish boshlaganlar va tajribasizlar uchun ham mos keladi. Ushbu taxlilni yaxshi o`zlashtrish orqali bozor qay holatda bo`lishidan qat`iy nazar doimiy foyda olishimiz mumkin. Bu taxlilda bizga turli yordamchi vositalar kerak bo`ladi.
1.Kotirovkalar 2.Garfik 3.Indikatorlar 4.Turli yangilik habarlar 5.Eski narx va hozirgi narxlar
TEXNIK TAXLIL TURLARI 5 XIL
1.GRAFIK TAXLIL – bu grafik asosida taxlil qilish bo`lib juda effektiv hisoblanadi. Bunda biz narx qay tomon ketayotgani avval qanday bo`lgani ko`rib keyin qay tomon ketishini taxmin qilishimiz mumkin. Shu orqali Buy va Sell orderlarini to`gri ocha olamiz. Grafikni 3 hil ko`rinishida ham bemalol bozorda nima holat bo`lganini ayta olamiz. Grafikda 4 hil narx ko`rsatilgani uchun bemalol narxni qay tomon ketayotganini bilishimiz mumkin.
1.Eng baland narx 2.Eng past narx
3.Bozorga kirish narxi(Bu yangi grafik ochilganda) 4.Bozordan chiqish narxi(eski grafik yopilgandagi narxi
M: quyidagi 3 xil garfikda narxni avval ko`tarilib so`ngtushgani va yana ko`tarilib yana tushganini ko`rishimiz mumkin. Bu erda barli grafikdagi chap tomondagi chiziqcha 1.Bozorga kirgan narx 2.O`ng tomondagi chiziqcha bozordan chiqish narxi 3.Har bir grafikni eng teppasi eng baland 4. Eng pasti esa shu vaqt oralig`idagi eng past narxni bildiradi
1. 2. 3.
Yana e`tabor beriladigan narsa bu grafiklarni vaqt ko`rsatkichlari bilan solishtrmasidir Bunda H1 da grafik tushayotgan bo`lsa M5 M15 da grafik ko`tarilishni ko`rsatadi bunga sabab 1 soat ichidagi tebranish ya`ni ko`tarilib tushish holatidir Quyida 1-rasmda soatlik grafik tushayapti ammo M15 va M5 da 1 soat ichida ham ko`tarilish ham tushish holati aks etgan. H1 bitta grafik deb olsak M30 unda ikkita, M15 to`rtta, M5 O`n ikkita, M1 esa 60ta grafikni o`z ichiga oladi. Huddi shunday D1 da H1 bir soatlik grafiklardan 24 ta, H4 4 soatliklardan esa 6 ta bor. Quyida H1, M15, M5 vaqt bieliklari aniq ko`rsatilgan
H1 M15 M5
2.INDIKATOR ORQALI TAXLIL – bu taxlilda biz turli indikatorlardan foydalanamiz va bu indicator(ko`rsatgichlar) bizga turli malumotlar o`rtacha narx, qancha order ochilgani qay tomon ko`p savdo bo`layotgani haqdagi turli malumotlarni beradi. Bular haqda to`la keyingi darslarda bilib olasiz

3.TO`LQINLANISH ORQALI TAXLIL – bu Trend(savdo) yo`nalishini aniqlash va oqimga tushib olib bozor bir tomonga ketayotganda ham ham Buy ham Sell bosib ikkiyoqlama samarali savdo qilishimizga yordam beradigan taxlil usulidir. Bunda grafiklar va Moving Average MA indikatori orqali biz trend yo`lini aniqlab olib o`sha tomonga moyil savdo qilamiz. Turli basharot(prognoz) lar ham ayni shu taxlil asosida beriladi. Forex birjasida narx doim ko`tariladi va tushadi ammo bir tomon moyillik berib ko`pror tushadi yoki ko`proq ko`tariladi yoki yon tomon juda sekin o`zgarib yuradi. M: rasmda bir tomon yo`nalgan trend yo`nalishini ko`rishimiz mumkin


1.Trend ko`tarilishi bunday vaqtlar asosan BUY ni bosib savdo qilishimiz zarur
1. 2. 3.

2.Trend yo`nalishi pasayishi bunday vaqtlarda ko`proq SELL bosish zarur


Quyida 3 hil grafikda trendni pastga tomon harakatlanishi ko`rsatilgan
1. 2. 3.
3.Trendni yon tomon harakatlanishi bu paytda savdo sust bo`lib ikki orderni ham teng ishlatsak bo`ladi
1. 2. 3.
Yana trend bir tomon yurganda ham oraliqda tushish va ko`tarilish holatlari bo`lib bu
bir vaqtda ikki yoqlama foyda ko`rishga imkon yaratadi. Ammo o`zgarish kichik
bo`lgani uchun ehtiyotkor bo`lish lozim
Quyida rasmda trend bir tomon pasayib borgan holatda oraliqda narxning ko`tarilib so`ng yana tushishi ko`rsatilgan
Bu erda e`tabor beriladigan jihat narxning hech qachon bir joyda turmasligi doimo tepaga va pastga tinmay harakat qilishidir faqat ko`proq tepga va ko`proq pastga yurishi mumkin
Ko`pYangi treyder grafikka qarashadi va grafik tushayotgan bo`lsa Sell bosib order ochishadi ammo sal o`tmay narx birdan tepaga qaytadi va order minusga kiradi shuning uchun grafik tushayotgan bo`lsa u to`la kuch bilan tushayaptimi yoki tushib ortga qaytyaptimi bunga ha e`tabor berish lozim, Tepaga ko`tarilganda ham huddi shu holat takrorlanadi. Oldimizda ikki yo`l bor holos Tepaga yoki Pastga you nisi bo`ladi yo bunisi forexdagi daromad ham ayni shu qarorni to`g`ri qabul qilishga bog`liq
Quyidagi rasmda Trendni asosan bir tomonga yurgan holatda ham kichik trend yo`li hosil qilib tepaga va pastga tebranishi ko`rsatilgan bu erda kichik trend yo`lini adashtrib narx endi oshadi deb Buy order ochish noto`g`ri savdoga olib keladi
1.
2.
3.
4.YAPON SHAMLARI ORQALI TAXLIL – bunda yapon shamlaring turli
figura(ko`rinish) yasashlari orqali kelajakda narxni qay tomon o`zgarishi haqda bilib
olsak bo`ladi, va yana qo`shimcha har garfik nech punkt tashkil qilgani kabi malumotlar
TP va SL qo`yishda va kechiktrilgan order ochishda qo`l keladi. Bu analiz haqda alohida to`xtalib o`tamiz
5.Qo`llab quvvatlash va qarshilik kuchi( Buqa va Ayiq kuchi) orqali taxlil – bu taxlilda Buqa kuchi - narxni yuqoriga tortuvchi kuch va Ayiq kuchi – narxni pastga itaruvchi kuch ya`ni SELL chilar va BUY chilar o`rtasidagi tafovut taxlil qilinadi. Bu taxlil haqida ham to`xtalib o`tamiz
Vazifa: taxlil usllari bo`ycha mustaqil taxlil qilishni mashq qilish
20-DARS
QO`SHIMCHA TAXLILLAR
TEXNIK TAXLILNING QO`SHIMCHA JIHATLARI
Yuqoridagi taxlillardan ham tashqari ya`na muhim qo`shimcha taxlillar borki bu qulayroq sharoitda va qiziqish bilan savdo qilishimizga yordam beradi. Biz ahayotda barcha narsani taxlil qilib eng yaxshisini tanlaganimizday forexda ham maqulini tanlay olamiz. Yuqoridagi broker tanlashimiz ham ayni shunga misol edi
1.Valyuta tanlash taxlili
Kotorovkada juda ko`p valyuta, metallar, aksiyalarning turlari ko`pbiz uni ichidan o`zimizga mos va maqul kelganini tanlashimiz kerak. Shunda tanlangan juftlik harakterini to`la tushina olamiz va u bilan savdo qilishimiz oson bo`ladi.Birinchi qiladigan ishimiz tanlagan valyuta juftligini kotorovka narxini yodlab olish va uni o`zgarishini kuzatishdir. Taxlillarga misollar
Eng ko`p savdo qilinadigan va mashxur juftliklardan bu EURUSD juftligidir. Uni kotirovka narxini yodlaymiz. O`tgan yili uning narxi 1.09200 edi hozirga kelib 1.11500 ga yetdi orada 1.15000 ga ham ko`tarilgan demak u shu narxlar orasida o`ynagan. EURUSD ning harakteristikasi – bu juftlik ancha barqaror shiddat bilan bir tomon o`zgarmaydi birday qisqa ko`tarilib tushib bir tomon qisqa trendda harakat qiladi. Tushki soat 13:00 gacha passivroq so`ng harakati aktivlashadi va bu 23:00 va undan keyin ham davom etishi mumkin. Bu juftlik ancha tinch bo`lib keskinlik yo`q yangi boshlaganlar uchun juda mos keladi
USDJPY – ertalabdab aktiv bo`lib kech tushgach sustlashishi mumkin. Bunga yaponiyani ertaroq bozordan ciqishi sabab. Narx o`zgarishi ancha tez ko`proq tushish va eski narxga qaytib yana ko`tarilish kuzatiladi sal havfliligini hisoblamasa ancha ser daroad juftlikdir. Trend yo`nalishi katta to`lqin hosil qilib bir tomon yoki yon tomon siljiydi
GBPUSD – bu eng daromadli juftliklar sirasiga kiradi. Trend yo`nalishi bir tomonga asta asta birday harakatlanadi va narx qaytishi kamroq bo`ladi
EURJPY– juda tez harakatlanuvchi juda tez daromad beruvchi ko`tarilish tushish birday takrorlanuvchi juftlikdir, ancha havfli bo`lgani uchun yangilarga maslaxat bermaymiz, harakteri usdjpy ga o`xshab ketadi Paralel va Kross kurslarga qarab bir xil paralarda harakatni aniqlab olish mumkin
XAU – ancha o`ynoqi ammo daromadli metal
UKOIL(WTI) – kunlik o`zgarishi 100 punktdan oshmaydigan daromadi kamroq bo`lsada narxni qay tomon ketishini taxmin qilish oson va to`g`ri savdoda daromadi kafolatlangandir
2.Spred Bo`yicha taxlil
Sped bu eng muhim narsa bo`lib qisqa muddatli treyderlar uchun juda muhimdir Turli brokerlarda spredlar har hil Forexstart spredi kamligi bo`yicha ancha yuqori turadi M; 5 raqamli kotirvkada
EURUSD- 4 punkt USDJPY- 7 EURJPY- 11 GBPUSD-
AUDUSD - USDCAD- USDCHF XAUUSD-30
NZDUSD- EURGBP- XAG-punkt UKOIL- 5 punkt
3. 4 va 5 raqamli kotirovka tanlash taxlili
Forexda savdo qilishda ham bu eng muhim jihat chunki siz qaysi vaqt oralig`ida qancha deposit bilan va qay uslda savdo qilasiz, 4 raqam qulaymi 5 raqammi, qanchalik ehtiyotkorsiz shular ayni kotirovka tanlashda muhim jihatdir. Agar siz uzoq muddatli treyder bo`lsangiz va ancha ehtiyotkor va katta taymfreymlarda ishlasangiz sizga 4 raqamli kotirovka qulay chunki unda o`zgarishlar ancha sekin va havfsizroq.
Agar qisqa muddatli treyder bo`lsangiz depozitingiz ozroq va aktiv savdo qilsangiz 5 raqamli kotirovka ayni sizga mos keladi siz ikkovida ham ishlashingiz mumkin
4.Kunlik punktlar o`zgarishi taxlili
Bunda har bir juftlikda 1 sutkada necha punktgacha o`zgargani eng baland va eng past narxi taxlil qilinadi. Juftlik qancha katta miqdorda o`zgarsa u aktiv va ancha havfli ammo daromadli hisoblanadi M: Kunlik O`rtacha o`zgarish punktlarda(5 raqamli kotirovkada)
EURUSD- 1000 USDJPY-2000 EURJPY-2000 GBPUSD- 1500
AUDUSD -800 USDCAD-2000 USDCHF-1000 XAUUSD-3000
NZDUSD- 1000 EURGBP-600 XAG-100 UKOIL- 100 punkt oralig`ida narx o`zgaradi
5.Qay vaqtda savdo qilish taxlili
Yer yuzida 200 dan oshiq davlat bo`lsa barida vaqt birday emas shunday ekan yaponiyada ertalab bo`lganda amerikada hali tun bo`ladi . Bu vaqt tafovuti tufayli hamma bir vaqtda bozorga kirmaydi va har doim savdo shunga qarab aktiv yoki passiv bo`ladi. Uzb. Sharoitida tushki 13:00 gacha iyena qatnashagan juftlarda savdo ancha passiv bo`ladi va shu bilan 17:00 va 19:00 gacha Yevropa sessiyasida 19:00 dan so`ng esa amerika sessiyasida savdo ikki marta jadallashib aktivlashadi ohirida iyenada passivlik kuzatilishi mumkin. Bular haqida yana aytib o`tamiz
06:00 dan 12:00 gacha passiv 13:00 dan 17:00 va 19:00 gacha aktiv
23:00 dan 06:00 gacha yana passiv savdo vaqti hisoblanadi
6.MT4 va MT5 programmasida ishlash taxlili
MT4 avvaldan juda qulay terminal hisoblanadi va 100% treyderlar shundan foydalanadi ammo yana yangi versiyada ancha takomillashgan MT5 terminali ham yaratilgan bu terminal ham o`ziga hosligi bilan ajralib turadi va qiziq holatlar

yaratadi ikkovini solishtrish va mamliy savdo qilish haqda keyingi darslardan bilib olasiz


7.Yaxshi Broker tanlovi
Bu haqda brokerga qo`yiladigan talablar mavzuida aytib o`tganmiz(5-dars)
8.Time frame tanlash taxlili
Aslida biz barcha vaqt birligidan foydalanamiz ammo shundan ham eng maqbul o`zimizga nosini tanashimiz kerak
9.Sovetnik, Strategiya va yaxshintreyderdan nuxsa ko`cherish taxlili
Bular haqda ham alohida to`xtalamiz
10.Investitsiya qilish taxlili
21-DARS
INDIKATORLAR HAQIDA
INDIKATOR – Bu ko`rsatgich, belgi. Bozor holati, sellchilar va buychilar soni, qancha hajmda bitim tuzilayotganini va ko`plab qo`shimcha malumotlarni bizga yetkazuvchi, qachon qay tomon savdo qilish, qachon bozorga kirish va chiqishni ko`rsatuchchi ko`rsatgichlar va belgilar jamlanmasidir. U 3 hil ko`rinishda bo`ladi. 1.Chiziqli 2.Grafik ustunli 3.Nuqta va ko`rsatgichli(strelka)
Indikator bizga Signal aniqlashda qachon bozorga kirish va chiqishni aniqlashda katta yordam beradi. Uni tayyor yordamchi desak bo`ladi. Indikatorlar turli vazifa bajaradi biri narx navo haqida malumot bersa biri trend yo`nalishini ko`rsatadi, biri savdo hajmini ko`rsatsa biri yuqoriga yoki pastga order ochayotganlarni ko`rsatadi. Indikatorni 2 hil turi bor 1.Bepul(terminalni ichida joylashgan) 2.Pullik (hususiy
programmistlar tomonidan yaratilgan) Ikkovi ham to`g`ri va oson savdo qilishimizga ko`mak sifatida yaratilgan.
INDIKATORLAR VAZIFASIGA QARAB TURLARGA BO`LINADI
1.Trend (trendoviy) 2.Osilyatorlar 3.Hajm indikatorlri(obem) 4.Bill Wilyams indikatorlari
Ammo unitmaslik kerakli indicator kelajakni ko`rsatmaydi u ishora qiladi holos u avvaldan hozirgi paytgacha malumotni beradi holos. Shuni o`zi ham bizga katta yordam bera oladi. Indokatorlar juda ko`p birdan barii ishlatib bo`lmaydi shundan o`zimizga keraklisini tanlab ishlatsak bo`ladi
1.TRENDOVIY INDIKATORLAR
MOVING AVERAGE MA – Indikatori muhim indikatorlardan bo`lib asosan trend yo`nalishi, o`rtacha narxni ko`rsatadi. Ko`rinishi Chiziqli, rangi qizil. Asosiy grafik va qo`shimcha indicator oynasiga qo`ysa bo`ladi.
PARABOLIC SAR – Narxni qay tomon to`lqinlanib yurayotgani va burilish o`zgarshini ko`rsatadi Ko`rinishi nuqtali, yulduzchali, ko`k rangda
2.OSILYATORLAR
BEARS POWER – Ayiq kuchi indikatori, narxni ko`tarilishini qo`llab quvvatlovchi va Sell order ochuvchilar miqdorini ko`rsatadi. Ko`rinishi ustunli qora rangda
BULLS POWER – Buqa kuchi indikatori narxni tushishini yoqlab Buy order ochuvchilar miqdorini ko`rsatadi. Ko`rinishi qora, ustunli
STOCHASTIK OSSILATOR – 20/80 darajada tepaga yoki pastga order ochishga signal beruvchi indicator. Ko`rinishi 2 chiziqli, ko`k va qizil rangda
MACD – Trend kuchi va yo`nalishini ko`rsatadi, bozorga kirishni aniqlashda yordam beradi. Ko`rinishi ustunli
MOMENTUM – Bu indicator trend yo`nalishi kabi grafiklarni ko`tarilib tushganini aniq chizib ko`rsatadi. Ko`rinishi chiziqli
3.HAJM INDIKATORLARI
ON BALANSE VOLUME – Joriy holatdagi narxni ko`tarilib tushganini chizib ko`rsatadi. Ko`rinishi chiziqli
VOLUMES – Sell va Buyga order ochganlar miqdorini ko`rsatadi. Ko`rinishi ustunli Qizil- Sellga, Ko`k-Buy ga order ochilganini bildiradi
4.BIL WILYAMS INDIKATORLARI
FRACTALS – Trendni pastga yoki tepaga o`zgarganiga signal beradi. Ko`rinishi strelkali Tepaga strelka Sellga, Pastga strelka Buyga ishora qiladi
ALLIGATOR – 3 ta kichik MA indikatoridan tashkil topgan bo`lib 3 chiziq kesihganda bozorni bir tomon past yo tepaga burilishini aniq ko`rsatadi. Ko`rinishi chiziqli
Indikator asosida taxlil va ular haqda alohida keyingi darslarda to`xtalib o`tamiz
22-DARS
INDIKATORNI TERMINALGA O`RNATISH Indikatordan foydalanishimiz uchun eng avval uni terminalga o`rnatishimiz kerak.
Terminalda ikki hil oyna bor
1.Bosh grafik oynasi 2.Qo`shimcha indicator oynasi Biz bu ikkala oynaga ham o`ziga mos indikatorni o`rnatamiz
Indikatorlar 1.Bepul 2.Pullik turlarga bo`linishini bilib olgan edik
Terminalni o`zidagi bepul indikatorni terminalga o`rnatishni 2 usuli bor
1-usul
1.Navigator oynasidan “Indikator” bo`limini tanlaymiz va ustiga sichqonchani chap tugmachasini 2 marta ketma ket bosamiz yoki “enter” tugmasini bosamiz
2.Ochilgan oydadan kerakli indikatorni tanlaymiz
a)Agar uni Bosh oynaga qo`ymoqchi bo`lsak sichqonchani bosib turib olib o`tamiz va bosh oygaga kelgach qo`yib yuboramiz va “ok” ni bosamiz
b)Agar hali indicator oynasi ochilmagan bo`lsa indikatorni ustiga sichqonchani chap tugmasini 2 marta ketma ket bosamiz va “Ok” qilamiz bunda indicator oynasi ochiladi va indicator paydo bo`ladi
3.Bosh grafik yoki indicator oynasiga yana qo`shimcha indikatorlarni sichqonchani chap tugmasini bosib turib kopya qilib olib o`tamiz
2-usul
1.Vstavka menyusiga kirib undan terminal bo`limiga kiramiz va kerakli indikatorni tanlab ustiga bosamiz
2.Kerakli parametrlarni belgilab “Ok” ni bosamiz
INDIKATOR PARAMETRLARNI O`ZGARTRISH
1.Buning uchun kerakli indicator ustiga sichqonchani olib kelib O`ng tugmasini bosib Konteks menyuni ochamiz va “Svosystva” ni tanlaymiz
2.Ochilgan yangi oynada parametrlarni sozlab ‘Ok” ni bosamiz
INDIKATORNI O`CHIRISH
Bunda ham sichqonchani O`ng tugmasini bosib Konteks menyuni ochamiz va “Udalit Indikatorni” bosamiz shunda belgilangan indicator oynadan o`chiriladi
23-DARS
PULLIK INDIKATORNI TERMINALGA
O`RNATISH
Pullik indicator turli programmistlar tomonidan yaratilgan bo`lib oson savdo qilishimizda bizni kerakli malumotlar bilan ta`minlaydi. Qo`shimcha indikatorlar ham bari pullik emas uning bepul va pulliklari bor. Indikator qanchalik aniq ishlaydigan va foydali bo`lsagina u pullik bo`lishi mumkin. Qo`shimcha indikatorlarni turli saytlardan “skachat indikatori” tegi orqali qidirib topib yuklab olishimiz mumkin. Jumladan biz sizga tavsiya etamiz
Forex-invest.tv forex-indikatori.ru osvoim-forex.ru blog-forex.org
Womanforex.ru masterdohodov.ru lux-profit.ru infofx.ru
Peregruzok.net ownforex.ru forex21.ru forexindikatori.rf
Wffw.info abird.ru world-blog.ru fx96.ru
Forex-men.ru webproverka.com strategy4you.ru forex-report.narod.ru
Yavforex.ru kmgforex.ru articleland.ru fortraderu.ucoz.ru
Peopleforex.ru invest74.ru mql4.com indicator.forex-mt5.ru
Indikatorni terminalga o`rnatish uchun
1.Kerali indikatorni saytdan yuklab olamiz va kopya qilib bufferga olamiz
2.Mt4 terminali hali ochilmagan holda yorliq ustidan sichqonchani chap tugamsini bosib kontekx menyuni ochamiz va undan “Svoystva” ni tanlaymiz
3.Yangi oynadan “Raspolajena fayla” ni bosamiz
4.So`ng ketma ket “MQL4” degan erini bosamiz
5.So`ng “Expert” ni ochgach kopya qilingan indikatorni shu erga tashalymiz bu erdan chiqib terminalni ochamiz
Indikator Navigator oynasida Indikator bo`limida paydo bo`ladi uni ishlatish uchun sichqonchni chap tugmasini bisib turib kopya qilib indicator oynasiga qo`shamiz va u ishga tushadi, Agar ishlamasa terminalni yopib qaytadan yoqamiz. Endi uni yordamidan foydalanishimiz mumkin
24-DARS
KUNNI QAY VAQTIDA SAVDO QILGAN MAQUL
SAVDO SESSIYALARI
Forexdaturli davlatlar qatnashgani va sutka davomida savdo bo`lhani uchun hamma davlatlar bir vaqtda bozorga kirib chiqolmaydi. M: Yaponiyada quyosh chiqqanda O`zbekistonda hali yarim tun, Amerikada esa hali kechki payt bo`ladi. Britaniyada tong otganda Xitoyda kun ohirlagan bo`ladi mana shu tafovut tufayli bozor sutka davomida aktiv va passiv savdo vaqtlariga bo`linadi.
Asosan 4 ta asosiy savdo sessiyasi mavjud
1.Osiyo sessiyasi
Asosiy shaxarlar Bozor ochilishi Bozor yopilishi
Tokio 02:00 dan 10:00 gacha
Gongkong 03:00 dan 11:00 gacha
Singapur 02:00 dan 10:00 gacha
2.Evropa sessiyasi
Frankfurt 08:00 dan 16:00 gacha
London 09:00 dan 17:00 gacha
3.Amaerika sessiyasi
Nyu-york 15:00 dan 23:00 gacha
Chikago 16:00 dan 24:00 gacha
4.Tinch okeani(Avstraliya) sessiyasi
Vellington 22:00 dan 06:00 gacha
Sidney 22:00 dan 06:00 gacha
Bozor bizning vaqt bo`yicha Yakshanba Yaponiya boshlanib Jumada Amerikada tamom bo`ladi. Vaqtlar o`rtasidagi tafovut kun davomida birjani tusini o`zgartiradi.
Osiyo sessiyasida Iyena qatbashgan juftliklar USDJPY EURJPY, Yevropa sessiyasida Euro, Funt EURUSD GBPUSD, Amerika sessiyasida dollar qatnashgan paralar USDCHF, Avstraliya sessiyasida AUDUSD, NZDUSD kabi juftliklar juda aktiv bo`ladi.Eng qizg`in savdo Yevropa va Amerika sessiyasida bo`ladi. Bizning vaqt bo`yicha ertalab 06:00 dan 12:00 gacha bozor passiv, 13:00 dan 17:00 gacha va 17:00 dan 22:00 gacha bozor juda aktiv bo`ladi.
17:00 dan 20:00 gacha EURUSD va boshqa paralarda kuchli o`zgarishlar kuzatiladi
MT4 programmasidagi soat ham bizni vaqtdan farq qiladi va 3 soat orqada yuradi
Yangilar va tajribasizlarga passiv vaqtlarda savdo qilish tavsiya etiladi. Ammo eng qiziq va darmadli payt Aktiv savdo vaqti ya`ni hamma qatnashgan vaqtdir.
Eslatma: Har kuni 17:30 va 19:30 da Yangiliklar chiqadi ayni shu vaqtlarda va Har oyning 1-jumasi va haftaning juma kunlari ehtiyot bo`lib savdo qilishni tavsiya etamiz.

25-DARS
GRAFIK TAXLIL QILISH


Grafik taxlil(Graficheskiy analiz) bu forexda eng muhim shartlardan biri bo`lib grafiksiz bozorni taxlil tugul bozor qay holdaligini bilib bo`lmaydi. Aynan shu grafik bizga bozor tarixi haqida muhim malumotlar berib kelajakda oson savdo qilishimizni ta`minlaydi.Grafikni 3 turi 1.Barli 2.Yapon shamlari 3.Chiziqli haqida avval tanishgansiz bu 3 xil garfikni ham har birini o`z o`rni bor va kerakli joyda ishlatiladi.
M: bozorga kirish va chiqish narxini aniq bilish uchun barli grafikdan, Narxni hozirgi sharoitda tushayotgani yoki ko`tarilayotganini Yapon shamlari orqali, Narx yo`nalishi aniq yo`nalishini Chiziqli grafik orqali ko`rish va taxlil qilish mumkin
Taxlil bosqichlari
1.Kerakli valyuta birligini tanlaymiz va hozirgi narx va bugunki kun davomidagi Eng baland(High) va Eng past(Low) narxni ko`ramiz
M: EURUSD high-1.12954, low-1.12326 Joriy narx 1.12458 bo`lsa bu narxni eng past narxdan tepaga ko`tarilayotganiga ishora qiladi
2.Taymfreymni MN1, W1, D1 ga qo`yib ko`ramiz va umimiy grafikni qay tomon yurganini kuzatamiz M; D1 da narx ko`tarilyapti endi H4, H1 ga qaraymiz bu vaqtlarda ham naxr ko`tarilishi bo`lmoqda endi M30, M15, M5 ni ko`ramiz M15 va M5 narx tushayotgani ko`rinmoqda bu degani 1 soat ichidagi grafik holatini aniq ko`rsatadi narx doim qimirlab turgani uchun u doim qimirlaydi Up/Down Tepaga/Pastga faqat bir tomon qiyalab harakatlanadi
Agar M5,M15,H1 da ham narx tepaga yurayotgan bo`lsa bu Buy bosishga ishora va bu bilan biz aniq foydaga erishamiz. Unitmaslik lozim natsa shuki grafikni qanchalik ko`tarilganiga e`tabor bering u ko`tarilishni yuqori cho`qqisida bo`lsa endi bu erda narx qaytishi bo`lishi ehtimoli bor
Aniq yo`nalishni katta vaqt birliklari D1 H4 H1 da aniq ko`rish mumkin
Muhim malumotlardan yana biri grafik 1tadan 9 tagacha istalgan vaqt birligida bir tomonga harakatlanishi mumkin holos so`ng shu zaylda va yana shuncha miqdorda yoki undan kam miqdorda teskari tomon yurishi mumkin
3.Grafik yo`lini aniqlagach va kelajakda qay tomon ketishini taxmin qilgach shunga mos order ochamiz va kutamiz
Bu erda 1-rasmda Valyutani tanlab uni Hgh va Low narxlarini ko`rishimiz mumikin
2-3-4- rasmda D1H4 va H1 vaqtdagi grafik solishtirmasi
1. 2. 3.
5-va 6-rasmda grafikni bir tomon jadal yurib so`ng burilgani ko`rsatilgan. Grafik 1 tepaga 1 pastga, 3 tepaga 2 pastga yoki 4 tepaga 4 pastga kabi tartibli ko`rinish shakllantirishi mumkin. Doimo Tepaga va Pastga qonunini unitmang
4. 5. 6.
26-DARS
INDIKATOR ORQALI TAXLIL
Indikator – bizga eng muhim malumotlar beruvchi, bozor qay tomonga ketishi, signal aniqlash, qachon bozorga kirish va chiqishni aniqlashda yordam beruvchi savdo hajmi umuman tepaga yoki pastga qarab savdo qlishimizni aniqlashga yordam beradigan vositadir. Indikatorniy taxlilda bizga Grafik va qo`shimcha indicator oynasi va indicator va ko`rsatgich belgisi kerak bo`ladi. Indikatorlar turli tuman bo`lgani uchun avval har birini o`rganib chiqib so`ng undan ozimizga mosini tanlashimiz lozim bo`ladi. Bir vaqtda bir necha indikataordan foydalanishimiz mumkin
Hozir biz kerakli Indikatorlar yordamida taxlil qilishni ko`rib chiqamiz
Moving Average MA indikatori orqali taxlil
MA indikatori trend yo`nalishini ko`rsatuvchiindikator bo`lib narxni o`rtacha bo`linmasidan kelib chiqib Trend yo`nalishini aniq ko`rsatadi. Uni asosiy grafik va indicator oynasida asosiy va qo`shimcha sifatida ishlatish mumkin
Taxlil bosqichlari
1.Grafikni kuzatish
2.Joriy narxni ko`rish va Hihg va Low bilan taqqoslash
3.Grafikni indicator bilan taqqoslash
1. 2. 3.
1-rasmda MA ning trend tushishi 2- ko`tarilishi 3-yon tomon yurishi ko`rsatilgan
Ko`rganingizday narx doim o`ynagan lekin o`rtacha MA ga qarab trendni belgilab olsak bo`ladi

27-DARS


PARBOLIC SAR INDIKATORI YORDAMIDA
TAXLIL QILISH
Parabolic SAR indikatori bizga trend yo`nalishini aniqlash va malum vaqt qay tomonga qarab savdo qilishni aniqlash va to`g`ri savdo qilib mo`may foyda olishimizda juda katta yordam beradi. Ko`rinishi nuqtali yoki yulduzchali ko`k rangda. U har bir Svecha(shamcha) yoki bar ustida istalgan taym freymda paydo bo`ladi va doim asosiy grafik oynasida turadi
1. 2. 3.
Yuqorida Parabolikni ko`rinishi 1- rasmda trendni tushishi va Sell order uchun signal
2-rasmda trend ko`tarilishi Buy order uchun signal, 3-rasmda trend pastlab so`ng tepaga almashayotgani holati ko`rsatilgan
Parabolik bilan ishlash qoidalari
1.Trend aniqlanib signal bo`lgach ikkinchi nuqta yonganda bozorga kiramiz va shu tarzda bir tomon order ochib boramiz
2.Orderni trend yo`nalishi ikkinchi tomonga qayrilgach 1- signal nuqtasi chiqqanda yoki malum bir foydaga kirgandayoq yopamiz
1. 2. 3.
Yuqoridagi 1-rasmda pastga yolg`on signal aks etgan shuning uchun doim ikkinchi signal nuqtasidan bozorga kirish kerak
3. 2-rasmda bozorga kirish orderi ochilishi aks etgan Bunda biz doim stop loss qo`yishimiz kerak bo`ladi SL ni 1- signal nuqtasiga qo`yamiz. Qizil chiqizda ko`rsatilgan 3- rasmda esa har yangi signal nuqtasi paydo bo`lgach SL ni doin tepaga yoki pastga kamaytrib boramiz bu 1-ochgan orderimizni himoyalab boradi.
4.Foydani ko`proq olmoch bo`lsangiz trend yo`nalishi burilguncha yopmang yoki istagan payt orderni 1-50 punkt foydadayoq yopishingiz mumkin

5.Bozorga svecha nuqtalari o`rtasida emas yangi ochilgan payt kirishni tavsiya etamiz chunki orada not`g`ri tomon order ochishingiz mumkin


Yana muhim jihat trend yo`nalishi burilgunga qadar narxni tepaga va pastga o`ynayotganiga e`tabor bering. Yangilar H1 M30 dan foydalanish tavsiya etiladi
28-DARS
STOXASTIK OSSILYATORI ORQALI
TAXLIL QILISH
Stoxastik indikatori hamtrend yo`nalishi va Sell yoki Buy order ochish va uni qachon yopishga aniq signal beradigan juda effektiv(foydali) indikatordir.U qo`shimcha indikator oynasida turadi. Ko`rinishi 2 chiziq qizil va ko`k rangda.
1.Ko`k chiziq- Narx yo`nalishini chizadi 2.Qizil chiziq- order ochishga signal beradi
Bu indikatorda 0-100 uroven daraja bo`lib biz undan 80-20 urovendan foydalanamiz
Stoxastik bilan ishlash qoidalari
1.Orderni qachonki Ko`k va qizil chiziq kesishganda ochamiz
2.Chiziqlar 80 darajadan yuqorida kesishda signal aniq bo`ladi va biz Sell order ochamiz
3.Chiziqlar 20 darajadan pastda kesishsa Buy order ochamiz
4.Orderni 1-foydada(taxminan 50 punkt yoki keyingi chiziqlar kesishganda yopamiz
5.TP va SL qo`yish ixtiyoriy MA ga qarab trend yo`nalishiga moyil order ochish tavsiya etiladi
6.Hech qachon chiziqlar 80-20daraja o`rtasida keshishsa order ochmaymiz
1. 2. 3.
1-rasmda stoxastik ko`rinishi tasvirlangan bunda tepa chiziq 80 darani, pastki chiziq 20darajani ko`rsatadi
2-rasmda chiziqlar kesishib signal berishi. O`rtadagi aldamchi signal(pitichkada ko`rsatilgan)
3-rasmda 20 darajadan pastda yuqoriga Buy ga aniq signal va narx yuqorilagacha order yopish va yangi Sell order uchun signal ko`rsatilgan. Trend tepaga yurgani uchun ikkinchi Sell orderni Ko`k chiziq tepaga qayrilishi bilanoq yopamiz
Stoxastik doim tepaga pastga shu tarzda yuradi. Agar Sellga signal bo`lib narx tepa tomon yuraversa orderni yopmang va 20-30 punkt narx ko`tarilgach yana bitta Sell
order oching shu tarzda 3-4 ta orderni oralatib bir xil Sell da ochib boring albatta foydaga kiradi. Mobodo 1- ochgan Sell order foydaga kirmasa va trend yuqorilab ketsa uni ozroq zarar bilan yoping. Shuning uchun Trend yo`nalishiga qattiq e`tabor bering
29-DARS
MACD INDIKATORI YORDAMIDA TAXLIL
MACD Osilyatori ham juda yaxshi bo`lib Jerald Apellam tomonidan yaratilgan. Trend yo`nalishi va kuchni har bir svechani qancha miqdorda tasirga egaligini ham ko`rsatadi. Ko`rinishi qora ustunli, indicator oynasida ishlatiladi
MACD indikatorida ishlash qoidalari
1.Uni o`rnatgacha ustunlarga qaraymiz ustunlar 0 daraja o`rta chiziqdan tepada bo`lsa bu trend yuqoriligiga ishora
2.ustunlar 0 darajadan pastda bo`lsa bu pastga ishora
3.Bozorga ustunlar 0 darajaga yetib almashgach 2- ustundan kiramiz
4.oradagi ustunlarni farqlash agar orada bir ustun baland keyingisi pastroq bo`lsa bu trend yuqorilagan holda biroz ortga qaytish va Sell order ochishga ishorani bildiradi. Odatda ustunlar asta yuqoralab so`ng pastlab keladi va 0 darajaga yetgach almashadi shuning uchun oraliqda ehtiyot bo`lish lozim
1. 2. 3.
1-rasmda MACD indikatori ko`rinishi past darajadan 0 ga yaqinlashib yuqoriga o`tishi ko`rsatilgan
2-rasmda trendni 0 darajada almashishi
3-rasm trend bir tomon bo`lgan holatda to`lqinlanish trend kuchining har xilligini ko`rish mumkin aynan shu paytlarda ehtiyotkor bo`lmoq lozim
30-DARS
BILL WILYAMS INDIKATORLARI
ORQALI TAXLIL
ALLIGATOR(timsox) INDIKATORI ORQALI TAXLIL
Ushbu indicator Bill Wilyams tomonidan ixtiro qilingan bo`lib shu turdagi
indikatorlar sirasiga kiradi. Bu trendoviy ibdikator bo`lib sal murakkabroq 3 ta ko`k,qizil,zangori rangda. Bu erda
1.Zangori Chiziq - alligator jag`i
2.Qizil Chiziq – alligator tishi
3.Ko`k Chiziq – alligator labi deyiladi
Bu uchchala chiziq kichik MA indikatorlari bo`lib ular kesihganda trend burilishi ko`rsatadi. Bu erda Zangori chiziq asosiy yo`nalish hisoblanadi Zangori burilib qizil va ko`k unda kesishsa trend bir tomondan ikkinchi tomonga o`zgaradi
Alligatorda ishlash qoidalari
1.Asosiy yo`nalishni Zangori chiziqqa qarab olamizva qachon 3 chiziq burilib zangorida kesishgach o`sha tomon order ochamiz
2.Trend yuqorilaganda Zangori chiziq eng pastda, Pastlaganda eng tepada bo`ladi
3.Alligator qancha ko`p vaqt uxlasa yani bir tomon yoki to`g`ri chiziq bo`ylab yursa shuncha qorni ochadi va burilib olgach o`sha tomon jadal va uzoq muddat harakat qiladi
4.Orderni 1- foydada yoki keyingi trend burilib chiziq kesihguncha ushlab tursak bo`ladi
1. 2. 3.
1-rasmda Alligator ko`rinishi va va yuqori tomon kesishib yurishi bunda zangori chiziq alligator jag`I pastda bo`ladi
2-rasmda Alligator jag`ining pastga qarab ochilishi Bunda Zangori chiziq yuqorida
3-rasnmda Flet holatida alligatorni qayta qayta kesishib noaniq signal berishi ko`rsatilgan shuning uchun alligatorni aktiv savdo vaqtlari ishlatish tavsiya etiladi

31-DARS
FRACTALS INDIKATORI ORQALI TAXLIL


FRACTALS- indikatori Bill Wilyams indikatorlaridan bo`lib trend yo`nalishinini va mini trend yo`nalishlari va bu vaqtlarda yuqoriga yoki pastga birday order ochib foyda qilishga juda katta yordam beradi. Doimo buy yoki selga aniq signal beradi. Ko`rinishi uchburchak strelkali Rangini istagan rangga qo`yib olshingiz mumkin.
Fractals bilan ishlash qoidalari
1.Odatda uchburhak belgi(strelka) yapon shami yuqorisida chiqsa Pastga Sellga signal beradi
2.Uchburchak svecha pastida paydo bo`lsa Yuqoriga Buy ga signal beradi
3.Bozorga yangi signal paydo bo`lganda kirib ikkinchi signal paydo bo`lgach yoki paydo b`lishini taxmin qilgan holatda chiqiladi
4.Trend bir tomonga yurayotganda vaqtinchalik qisqa yolg`on signallardan ehtiyot bo`lish kerak
1. 2. 3.
1-rasmda Fractals ko`rinishi va signal belgilari strelka tepaga signal esa pastgaikkinchi signal paydo bo`lgunicha
2-rasmda trend bir tomon yurganda orderni uzoq muddat oradagi signallarga e`tabor bermay ushlab turganda katta foydaga erishsh holati va orada ham boshqa orderlar orqali yana ko`p foyda olish mumkin
3-rasm trend bir tomon yurganda qisqa muddatli yolg`on signal ko`rinishi
32-DARS
SELL LIMIT VA BUY LIMIT
KECHIKTIRILGAN ORDER OCHISH
Bozor doimo to`lqinlanib turgani uchun biz doim ham istagan narxda bozorga kirolmaymiz. Tebranish kuchliligi uchun narx tusha boshlagan payt Sell bossak yanada past narxdan sotib olishga to`g`ri keladi, kamiga spred hisobiga foydalilik darajasi yanada tushib ketadi. Aynan shu holatdan halos bo`lish va orderni o`zimiz istagan narxda sotib olish uchun biz Sell limit va Buy limitdan foydalanamiz
SELL LIMIT– orderni hozirgi narxdan teparoq narxda kechroq sotib olish
M: EURUSD hozir 1.13200 bo`lsa biz uni 1.13250 dan olishimiz mumkin bu erda istagan narxni belgilaymiz
BUY LIMIT- orderni hozirgi narxdan pastroq, kechroq sotib olish
M: EURUSD hozir1.13200 biz uni 1.13150 dan kechroq sotib olishga zakaz bera olamiz
Terminalda shunday imkoniyat borki bu biz istagan narxda kechiktirilgan order ochish imkonini beradi va bunda biz tez va effektiv foyda olaolamiz. Umuman kechiktirilgan orderni foydali tomonlari ko`p faqat uni to`g`ri belgilasak bas.
Sell limit va Buy limit qachon ishlaydi? Qachonki narx biz belgilagan chiziqni kesib o`tgach ya`ni o`sha yerga yetgachgina biz ochgan order aktivlashadi va bozorga kiradi agar biz belgilagan narxga yetmasa order ishlamaydi. Ya`na yaxshi tomoni siz agar fikringizdan qaytsangiz orderni o`chirish yoki uni sotib olish narxini o`zgartirishingiz mumkin
Kechiktirilgan order ochishni yomon tomonlari
1.Narx biz ko`zlagan yerga bormasligi mumkin
2.Agar hozir ko`zlagan narxingiz 1 soatdan so`ng trend o`zgarsa zarar tomon yurishi mumkin
Limitli orderlar bila ishlashni samarali usuli narx siz sotib oladigan darajaga yaqinlashgach 10-50 punkt yuqori narxda order ochsangiz ayni siz ko`zlagan narxda order ochiladi
Ya`na bir usul M: narx hozir 1.13200 siz1.13250 dan olmoqchisiz ammo narxni uyerga chiqishi aniq emas shunga siz 1.13245 1.13240 dan qilib ikki uch hil variantda order ochib qo`yishingiz mumkin orderlarni biri ishlagach qolganini o`chirib yuborish lozim

33-DARS
TO`LQINLANISH(Volnavoy) ORQALI TAXLIL


To`lqinlanish(volnavoy) taxlil bu turli to`lqinlar(Elliot To`lqinlari) ya`ni narx tebranishlari asosida qilinadigan taxlildir. Ushbu taxlil qilishda 3 xil trend vaqti tanlab olinadi
1.Uzoq muddatli trend D1 W1 MN1
2.O`rta muddatli trend H1 H4
3.Qisqa muddatli trend M5 M15 M30
Va shu vaqt oraliqlari orqali to`g`ri chiziq chizish orqali trend yo`nalishida to`lqinlanish va kelajakda qay tomon yurishi taxlil qilinadi
1.
2.

1-rasmda trendga qarab to`lqinlanish ko`rsatilgan bunda avval pastga so`ng tepaga va yana pastga va ya`na tepaga qarab to`lqinlanish chizib ko`rsatilgan


2-rasmda bir tomonga uncha ko`p bo`lmagan holatda to`lqinlanib siljish ko`rsatilgan
3. 4.
5. 6.
3-rasm trend bir tomon yurganda oradagi to`lqinlanishlar
4-rasm trend bir tomon yuqorilaganda to`lqinlanish
5-rasm to`lqinlanish holatida narx bir marta eng past yoki eng baland nuqtaga chiqqach keyingi tebranishlarda shu chegaradan chiqib ketmaydi va o`sha orada tebranadi agar yorib o`tadigan bo`lsa bu trendni burilayotganidan darak beradi
6-rasm taxlil asosida keyingi yo`nalishni taxmin qilish bu erda narx biriz tushib so`ng tepaga va ya`na pastga qaytish ehtimoli bor
To`lqinlanish taxlilida MA, Alligator, Stoxastik, Parabolik, Momentum, On balance volume, Fibonachi idikatorlaridan ham foydalanishimiz mumkin
34-DARS
YAPON SHAMLARI ORQALI TAXLIL
Yapon shamchalari(Scechalar) orqali taxlil qilish juda effektiv bo`lib u juda ko`p foydali malumotlar jumladan trend yo`nalishi, sakrashlar, kichik o`zgarishlarni ham aniq figura orqali nomoyon qiladi. Unga qarab bemalol Buy yoki Sell ga qo`rqmay order ochsak bo`ladi. Eng oddiy shamlar ko`rinishi Oq, qora, qizil rangda bo`lsa narx tushayotganini, Rangsiz, ko`k rangda bo`lsa narx oshayotganini bildiradi. Bundan tashqari shamlarini juda ko`p ko`rinishlari bor mana ular
1-rasm Buqa kuchi orqali trendni asta asta kuchga to`lib yuqorilashi
2-rasm Ayiq kuchi shamlari asta pastga yurmoqda shamlar brogan sari kattaroq soya qoldirmoqda

3-rasmda Qora bulutlar birdan rtendni tepaga yoki pastga burib yuborgan


4-rasm Yopishgan Senvich holati navbatma navbat narxni tepalab pastlashi
1. 2. 3. 4.
5-rasm Xaramo hochi Pastga va tepaga ishora qilmoqda
6-rasm Dodji yulduzi ham Sell va Buy ga aniq ishora qilmoqda
7-rasm Uch oq soldat trend tepagaligiga aniq kafil bo`ldi
8-rasm Uch qora qarga belgisi chiqsa trend shiddati pastga bo`ladi
5. 6. 7. 8.
9-rasm tepada dodji yulduzi paydo bo`ldi va trend birdan burildi Pastda esa aksi
10-rasm Uch yulduz trendni janubga burmoqda
11-rasm yuqori va pastda 3 yulduz paydo bo`lishi burilishga aniq signal beradi
12-rasm Buqaning Suzishni boshlashi, yonida esa ayiqning indan chiqishi
9. 10 11 12
Shamchalarning shunday doimo aniq paydo bo`ladigan figuralari borki bularni yoodlab olish ushbu taxlilda hech qachon adashmay bozor juda sust bo`lganda ham qisqa punktlarda doimo foyda olishga yordam beradi. Ya`na muhim holatlardan biri Shamchalar 1ta yuqori 1 ta pastga, 2 ta yuqori 3 ta pastga, 3 ta yuqori 3 ta pastga, 4 ta pastga 5 ta yuqoriga yoki tengma teng tarzda yuqori va pastga bo`lishi mumkin. Uzog`i bilan har qanday taym freymda bir tomonda 9 tagacha bo`lishi mumkin holos agar svecha 9 ta ko`tarilsa keyingisi aniq tushadi, Shamlar(svechalar) prinsipi shunday
Bozorga agar Sell bilan kirmoqchi bo`lsangiz orderni shamni yuqori nuqtasidan, Buyga ochmoqchi bo`lsangiz pastki nuqtasidan oching. Yarim belidan ochishni tavsiya qil,aymiz.Qo`shimcha kursor orqali Svechalarni necha punkt o`zgargani qachon juda ham o`ynaganini ham taxlil qilish mumkin
35-DARS
QO`LLAB QUVVATLASH VA QARSHILIK
KUCHI ASOSIDA TAXLIL
(Na osnove urovney podderjki i soprpotivleniya)
Ushbu taxlil ham texnin taxlilning bir turi bo`lib Bozorga Ayiq kuchi narx pastlashi tarafdorlari va Buqa kuchi Narx oshishi tarafdorlarini taxlil qilishni bildiradi. Bu taxlil ancha uzoq muddat uchun bo`lib aktivlar ancha muddat va bu davr oralig`ida ham ikki kuch o`rtasidagi kurashni ko`rsatadi
Bunda biz ba`zi indikatorlardan foydalanishimiz mumkin
BEARS POWER(Ayiq kuchi) indikatori Ko`rinishi ustunli qora rangda. Ustunlar 0 darajadan pastga tushsa bu ayiqni bozorni qo`lga olganini va narx tushishini ko`rsatadi. Ustunlar 0 dan yuqorida bo`lsa bu ko`tarilishdagi pastga tortish kuchi ya`ni Buy uchun ochilgan orderlarni yopilayotganini bildiradi
BULLS POWER(Buqa kuchi) indikatori ham shunday 0 darajadan oshganda buqaning hujumga o`tganini bildiradi, 0 dan pastda esa boshiga zanjir boylangan buqaning qarshilik qilishidir
VOLUMES – Indikatori ustunli bo`lib Qizi ustun Sell orderlar hajmini Ko`k ustun Buy orderlar sonini ko`rsatadi. Agar garfik tepaga yurganda ham qizil ustun ko`rinsa bu sell orderlar yopilayotgani va ya`na ochilyotganini bildiradi
1. 2. 3.
1-rasmda Bears power indikatori Trend tepaga bo`lganda Ayiq qarshiligi
2-rasmda Bulls power indikatori trend tepaga buqa shiddat bilan suzmoqda
3-rasmda Volumes indikatori Qizil yonganda trend biroz pastga qayrilmoqda ko`kda aksi. Ushbu taxlilda ya`na MACD indicatoridan foydalansa ham aniq taxlil qilsa bo`ladi.

36-DARS
TERMINAL BUZILIB QOLGANDA UNI


SOZLASH
Agar terminalni hech qayeriga tegilmasa u buzilmaydi agar u behosdan buzilib qolsa uni qanday sozlash mumkin? Terminal bilan ishlash qoidalari
1.O`zingiz bilmaydigan hech bir yerini bosmang

2.O`ng burchakdagi asosiy chiqichni bildiruvchi (x) dan boshqa yerdagi (x) belgilarini umuman bosmang


3.Agar aloqa uzilib qolgan bo`lsa avval aloqani tiklang
4.C diskdagi terminalga oid fayllarga umuman tegmang va boshqa birovni terminalingizga tegishiga yo`l qo`ymang
Terminalda sodir bo`ladigan muammolar
1.Agar grafik oynasi yo`qolib qolsa
“Fayl” menyusiga kirib “Noviy grafik” tugmasini bosing va kerakli juftlikni tanlang va yangi grafik ochiladi
2.Indikator oynasi yo`qolib qolsa “Navigator” oynasidan “Indikatori” tanlang va kerakli indikatorni o`rnating, Ya`na bir indikatorni olib o`tish uchun sichqonchni chap tugmasini bosib turib olib o`ting(huddi shu amalni “Vstavka” “Indikatori” buyruqlari orqali ham bajarish mumkin)
3.Yangi grafik ohmoqchi bo`lganingzda siz istagan valyuta yoki kotirovka bo`lmasa avval uni “Vid” >>>”Simvoli” buyruqlari orqali kiring kerakli juftlikni tanlab sichqonchani ustiga ikki marta bosing shunda u sariq yonsa “Zakrit” ni bosing Shunda u kotirovka oynaida paydo bo`ladi
Kotirovkadagi juftlikni olib o`tish uchun uni shuchaki sichqonchni chap tugmasini bosib turib olib o`ting
4.Agar Korirovka oynasi yo`qolib qolsa 1-rasmdagi Chap tomondan 1-belgini ustiga bosing shunda Kotirovka paydo bo`ladi
5.Navigator oynasi yo`qolib qolsa 2-rasmdagi chapdan 1- belgi ustiga bosing
6.Grafikni aniq ko`rish va orqaroq surish uchun 3-rasmdagi 1-belgidan foydalaning
7.Agar “Torgovlya” oynasi yo`qolib qolsa 4-rasmdagi “Balance” ustiga sichqonchani chap tugmasini 2 marta bosing
8.Orderni ekranni o`zidan oson ochish uchun Grafik oynasini chap tepa burchagidagi 4-rasmdagi kabi belgini bosing
9.Grafikni boshqasiga oson almashtirish uchun grafikni pastidagi qo`shimcha paneldan

1 2 3 4 5 6


10.Agar grafikka turli belgi va chiziqlar qo`ymoqchi bo`lsangiz “Vstavka” bo`limidan foydalaning. Belgilarni o`zgartirish va o`cherish uchun belgi ustida sichqonchani o`ng tugmasini bosing
37-DARS
DEMODA SAMARALI SAVDO QILISH
USULLARI
Avvalo Brokerdan registratsiya qilib hoh Real hoh Demo bo`lsin
1.Login(Schot nomeri) 2.Paroli 3.Investor paroli 4.Vivod(Pin) kodni yozib
olib ishonchli joyga olib qo`yamiz
Demo schot ochib unga 1- 3000$ pul olamiz. Nega aynan 3000$ chunki telefonda
bundan kam olib bo`lmaydi Kompyuterda esa istagancha olishimiz mumkin
1-bosqich Demodagi 3000$ ni real pul deb tasavvur qiling va umda ishlashni boshlang qachon uni 6000 dan oshirib 10 000 ga yetkazsangiz bunda lot 3 standart lotdan oshmasligi lozim(tavsiya etiladigan lot har 1000$ uchun maksimal 1 lotni tashkil etadi) 2- bosqichga o`tsangiz bo`ladi
2-bosqich endi 1000$ deposit olamiz Agar telefonda olgan bo`lsangiz 3000 ni ataylab yutqazib 1000 ga tushirasiz. Endi 1 lotdan oshmagan holda 1000 ni 2000- 5000 gacha ko`paytiramiz.
3-bosqich natija yaxshi minuslar kam bo`lsa bu gal 100$ deposit olamiz va uni 1000-5000gacha ko`paytiramiz 0.10 lotdan oshmagan holda(har 100$ foydada +0.10 lot qo`shib borishimiz mumkin)
4-bosqich 10$ deposit olamiz va 0.01 lotdan boshlab uni 100-1000-5000 ga yetkazamiz
Bu orada qancha vaqt ketgani kunga qancha miqdorda order ochilgani va kunlik va haftalik, oylik foyda va zararni hisoblab boramiz
5-bosqich endi bizni pul dollarda emas sentda bo`ladi 1000 sent(10$) shuni 5000-10000ga kop`ytiramiz lot 1 standart= 100 mikrolot miqdorida
6-bosqich 100 sent(1$) ni 1000-5000 sentga ko`paytiramiz
7-bosqich 10sentni 100-1000-5000 sentgacha ko`paytiramiz 0.01 lotdan oshmagan holda Ana endi real hisobga o`tishimiz va haqiyqiy pullarni ishlashimiz mumkin.
Lekin 1-konkurs schotlari va bonus schotlardan foydalanishimiz maqsadga muovif bukar ham havfsiz ham shu orqali yo`q yerdan pul ishlab olishimiz mumkin
Kimki Demoda 10 sentni 1$, 1$ ni 10$, 10$ ni 100$ qila olsagina istagan pulni realda ham shunday ko`paytira oladi
Demo va Real schotning farqi va yaxshi va yomon tomonlari
Yaxshi tomonlari
1.Bemalol havfsiz savdo qilib o`rgana olasiz
2.Yutqazsangiz ham hech kim kumaydi qaytadan schot ochib ishlasa bo`ladi
3.Turli strategiya va turli vositalarni sinab korish mumkin
4.Demoda ham realdagi kabi bozor bir hil
5.Natijani va schotni istagan odamga ko`rsatish mumkin
Yomon tomonlari
1.Demodagi pulni yechib bo`lmaydi(ammo endi buni imkoni bor)
2.Bunda hissiyot qo`rquv bo`lmaydi, huddi birovga ishlaganday bo`lasiz
3.Imkoniyat keng istagan summada kapitalga ega bo`lasiz(pulni ko`pligi oson savdoga yordam beradi realda sizda buncha pul bo`lmasligi mumkin shuning uchun cho`ntakka qarab savdo qilish kerak)
4.Zerikarli
Yangi treyderlar doim shoshadi realda jiddiyroq ishlagan bo`lardim aniq yutardim deb
o`ylaydi ammo bu noto`g`ri shoshish kaitalni yo`qotishga olib keladi. Ammo forexda biror marta yutqazmagan odamni o`zi yo`q. Treyder biror 100$ni boshiga suv quysa kallasi yaxshiroq ishlaydi. Biz kamida 3 oy demoda mashq qilishni yaxshi natijaga erishmaguncha realga o`tmaslikni Realga o`tganda ham 1$ bilan ish boshlashni tavsiya etamiz. Tepadan boshlagan pastga pastdan boshlagan tepaga yuradi degan maqol bor. Eng zo`r o`quv kursini tugatganda ham hali tajriba oshirmay turib shoshish yaramaydi. Boshida foyda bo`layotgan bo`lsa ham bu omad tasodif. Ahar tavsiyalarga amal qilmasangiz o`zingizdan o`pkalang. Agar har biro dam forexga keliboq pul topaverganda bu soxa juda jo`n bo`lib qolgan bo`lardi. Forexda haqiyqiy bilim va tajriba ichki sezgiga ega odamgina pul topishi mumkinligini unitmang
38-DARS
BOZORGA KIRISH VA CHIQISH
ORDERNI O`ZGARTIRISH VA SOZLASH
Ohirgi paytda forex bozori ancha takomillashtirilgan bunga misol Kechiktirliga order ochish va ochilgan orderni o`zgartirish Stop Loss va Take Profit qo`yishni misol qilsak bo`ladi. Ammo kattaroq lotda order ochdik deylik ammo biz adashgan bo`lib chiqdik bunday holatda nima chora ko`rishimiz mumkin. Orderni yopish ammo katta zarar bilan orderni yopish ham to`g`ri emas. Terminal bizga orderni o`gartirishda boshqa bir qo`shimcha imkoniyatlar beradi
1.Orderni to`g`ri ochish
Qanday vaqt bo`lishidan qat`iy nazar bozorga kirishdan oldin biz eng avvalo bozorni taxlil qilishimiz kerak va ana o`shanda unga mos Buy yoki Sell order ocha olamiz. Savdodagi asosiy prinsip ko`p order ochish emas to`g`ri taxlil qilib 1 ta yaxshi order ochish va maksimal foydaga erishish ekanligini unitmang
2.Order ochish bosqichlari
1.Orderni shoshilmay aniq ochish
2.Uni sug`urtalash
3.Vaziyatga qarab uni sozlash
4.Kerakli paytda yopish
3.Order ochishda nimalarga e`tabor berish kerak?
1.Kotirovka narxlariga High va Low narxiga ham qaraladi
2.Savdo sessiyasi vaqtiga hozir qaysi payt bozor aktivmi yoki passiv
3.Turli taymfreymlarda grafiklarni solishtirish bu eng muhim taxlillardan biri Oldingi soat narx tushgan bo`lsa bu soat ko`tarilishi ehtimoli yuqori
4.Trend yo`nalishini aniqlab olish Bunda hech qachon trendga qarshi bormaslik kerak vaqtinchalik tebranishlardan ehtiyot bo`ling
5.Taym freym tanlash. Siz qanday treydersiz va sizga qaysi vaqt maqul
1.Qisqa muddatli treyder uchun M5 M15 M30
2.O`rta muddatli treyder uchun H1 H4 D1
3.Uzoq muddali treyder uchun H4 D1 W1 vaqtlari tavsiya etiladi
6.Qo`shimcha o`zingizga maqul indicator malumotlari va signaliga qarang
7.Bozorga doim signal berilgan vaqt va Shamchalarning yangi ochilishi yoki tepa yoki pastgi nuqtaga tushkanda kiring
M: Svecha eng yuqori ko`tarilishiga Buy order hali svecha o`zgarmasdan turib,
Svechaning pastga quyi tushishiga qarab Sell order oching
Hech qachon yarim belidan yoki svecha pastlaganda Sell yoki tepalaganda Buy ochib qo`ymang. Agar indikatorga qarab order ochayotgan bo`lsangiz indicator signalini svecha bilan solishtiring
8.Order ochishda hech qachon shoshmang ammo qulay vaqtni o`tkazib ham yubormang. Noviy order tugmasini bosing va kichik oynada paydo bo`ladigan 2 ta qizil va ko`k rangli chiziqli garfikka qarab turing. Bu 6 kotirovkali grafik bo`lib unda to`lqinlanish juda tez va mikrosekundlar orasidagi kichik farqlarni ham ko`rsatadi.
Va u yerdagi grafik juda quyilaganda Asosiy garfik bilan solishtirib Pastlaganda Sell, Tepalaganda Buy order oching
9.Orderda lot hajmini aniqlab oling M:1$ uchun 0.01 lot eng havfsiz hisoblanadi ammo siz foydani oshirish maqsadida tajribali treyder bo`lsangiz lotni 0.10 gacha oshirishingiz mumkin Ammo 1- lot doim kichik bo`lishi lozim 10$ uchun 0.10 lot
100$ uchun 1 lot, 1000$ uchun 10 lot tavsiya etamiz holatga qarab lot hajmini 10 baravar orttirishingiz mumkin ammo yangilarga bu tavsiya etilmaydi
Agar bozornianiq qay tomon yurayotganini bilolmasangiz bir vaqtda 2 ta Buy va Sell order oching munusga kirganini yopingda keyingisi bilan savdoni davom ettiring
10. Kechiktirilgan order ochishda hozirgi bozor holati va narxidan kelib chiqib istagan narxni belgilashimiz mumkin
M: H1 da grafik ko`tarilayotgan va hozir narx svechaning yarim belida turgan bo`lsa keyingi soatda narx tushishi yoki svecha ko`tarilib ortga qaytishi taxmin qilinsa unga mos Sell limit orderini o`sha svechaning eng baland nuqtasidan 2-5 punkt pastroqda ya`ni chiziqcha(dumcha) paydo bo`lgan erga belgilaymiz. Buy order uchun esa aksi
M: Agar hozir narx ko`tarilayotgan va ayni order ochish nuqtasiga kelgan bo`lsa EURUSD 1.13250 va ko`tarilish ehtimoli bo`lsa bunda Buy limit hozirgi narxdan 5-15 punkt pastroqqa qo`yiladi Buy limit 1.13235 yani hozirg narxga yaqinroqqa Shunda biz order foydaliligini maksimallashtira olamiz
4.Orderni sug`urtalash
1.Buning uchun kerakli order ustiga Sichqonchani o`ng tugmasini bosamiz va “Izmenit order” buyrug`idan foydalanamiz
2.Order ochgan zaxotimiz eng avvalo unga Tp va Sl qo`yishimiz lozim
Ba`zi bozor juda o`ynoqi va narz ortga ko`p qaytayotgan holda Sl qo`ymasligimiz mumkin ammo Tp doimo qo`yilishi lozim
Tp qo`yishda biz ochgan orderni qanchalik darajada biz ko`zlagan tomon yurishi chamalanadi va - 5 raqamli kotirovka uchun 10-50 punkt orasida qo`yish tavsiya e`tiladi. Sl esa Tp ga nisbatan 2 baravar katta bo`lishi lozim 20-100 punkt
5.Orderni ozgartirish va sozlash
1.Agar ochgan orderimiz To`gri ochgan bo`lsak o`sha zohoti yoki birozdan so`nggina foydaga kiradi agar bunday bo`lmasa uni yopmoq yoki Sl bilan yopilishini kutiladi
2. Agar order foyda tomon yursa Tp uzaytirilib Sl esa qisqartiriladi. Orderimiz 20 punkt foydaga kirgach Sl ni bemalol 10 punkt +tomon qo`yishimiz mumkin bunda orderimiz har qanday holatda + bilan yopiladi. SL bilan samarali savdo qilishni keyingi darsda bilib olasiz
3.Agar biz 1 lotda order ochgan bo`lsak va bu order zarar tomon ketsa uni hajmini kichraytirishimiz mumkin. Buning uchun kerakli orderni ustiga sichqonchani o`ng tugmasini bosamiz va konteks menyudan “Zakrit chastichno” buyrug`ini tanlaymiz kerakli lot hajmini yozib “Ok” bossak o`sha hajmdagi lot va unga mos miqdorda zarar yopiladi va order hajmi kichrayadi
M: 1 lotda ochgan orderimiz -50 zararda biz order + gakirgunch kutmoqchimiz ammo deposit kam shunda “Zakrit chastichno”ni bosib 0.50 hajmda yopsak orderimizni yarmi 0.50 lot -25 bilan yopiladi va ochiq order ham 0.05 lotda zarari esa – 25 bo`ldi bu hlatda narx qaytishini kutish bizga ancha havfsiz bo`ladi ammo chegaradan oshsa depozitni butinlay minusga tortmasligi uchun albatta Sl qo`yish shart
6.Orderni yopish
1.Treyderlarga maslaxatiga ko`ra orderni 1- foydadayoq yopish kerak
2.Orderni yopish siz avval qachon yopish va qaysi vaqt oralig`ida savdo qilishni reja qilganingizga bog`liq M5 M15 M30 kabi taymfremdagi orderlar huddi shu vaqt grafiklari o`zgarishi qarab yolidagi qolganlari ham huddi shu tartibda ketadi
3.Agar trendga mos order ochgan bo`lsangiz (trend pastga siz Sell order ochgan bo`lsangiz) orderni maksimal foydaga chiqishini kutishingiz mumkin oradagi qisqa vaqtli minuslarga qaramasangiz ham bo`ladi
4.Agar trendga qarshi vaqtinchalik grafik burilishiga qarab order ochgan bo`lsangiz buni 1- foydadayoq yoki qisqa muddatda yopish lozim bo`lmasa order + ga kirib so`ng minusga qarab ketadi
Unitmag oziga shukr qilgan ko`pini ham oladi ochko`lik qilib bor foydadan ham ajrab qolmaslik uchun ozroq foydaga ham ko`ning va order albatta Sl va Tp bilan sug`urtalangan bo`lishi lozim

39-DARS
FOREXDA OSON PUL TOPISH USULLARI


Kim ham oson pul topishni istamaydi deysiz doimo qora mehnat yoki kompyuter yonida tunu kun o`tirishni hech kim hohlamaydi albatta bu kuchli charchoq, nurlanish, sog`lig`ingiz zarar qilishi ham mumkin. Ammo bu erda ham oson pul topishning bir qancha usullari bor. Faqat ulardan birdaniga foydalanib bo`lmaydi buning uchun ham avval o`zingiz o`qib o`rganib, ishlab tajriba ortirishingiz kerak bo`ladi.Toqqa chiqmasang Do`lona qayda deganlariday forexda pul toppish qiyin aslida esa juda osondir

Buni Seyfga o`xshatish mumkin. Seyfni ochish qiyin ammo kodini bilsang uni ochishdan oson ish yo`q.Forexda oson pul toppish usullari bulardir


1.Taxlil qilish orqali
2.Indikator orqali
3.Sovetnik(Robot) orqali
4.Strategiya orqali
5.Signal orqali
6.Copy(nusxa ko`chirish) xizmati orqali
7.Partnyorlik dasturi orqali
8.Investitsiya qilish orqali
9.Turli konkurslarda qatnashib
10.O`zingiz yaratgan maxsulot yoki qilgan ishlar orqali
Forexda foyda qilish qandaydir o`zgacha yoki omadga bo`g`liq bu yerda pul toppish fundamental bilim ko`p mashq va biroz sabrga bog`liqdir.Avval aytganimizday bu usllardan foydalanish uchunham avval bu soxani chuqur o`rganish talab etiladi. Avval barcha usullarni o`rganib so`ng o`zimizga mosini tanlashimiz mumkin.
1.Taxlil qilish orqali pul toppish bu eng ishonchli usullardan biridir. Bu huddi Hisob kitobga o`xshaydi qanchalik to`g`ri hioblasangiz bu usul ham sizga hech qachon pand bermaydi. Taxlil usullari haqida yuqorida aytib o`tdik, siz menda bunday qobiliyat yo`q taxlil qilolmayapman deyishingiz mumkin, To`g`ri sizda hozir buning uchun bilim va tajriba yetarli emas ammo vaqti kelib siz ham eng yaxshi taxlilchi bo`la olasiz. Hech kim bilib tug`ilmagan. Taxlilda kimnidir aytganiga emas o`zingiz va bilimingizdan kelib chiqib yondashing. Hammani taxlili o`zi uchun to`g`ri
2.Indikator orqali pul topish ham jua effektiv hisoblanadi. Bu xaritaga o`xshaydi xarita sizga yo`lni ko`rsatadi ammo sizni manzilga eltib qo`ymaydi. Xaritadan to`g`ri yo`lni toppish uchun unda ishlashni bilish lozim. Indikatorlar ko`p holatda to`g`ri yo`nalish va to`g`ri signal beradi. Buni grafik lentasidan ham ko`rsangiz bo`ladi. Ammo indikatorlar bilan ishlash uchun avval ular hususiyatlarini to`la o`rganish lozim. Bozorda ba`zan keskin o`zgarishlar bo`ladiki bu payt indicator signallari va ishoralari hato bo`ladi ammo faqat bir yo`ldan og`ishmay uni ishlash prinsipini tushinib olib ishlasangiz abatta biroz yo`qotishni katta foyda qoplaydi. Hozirda yangidan-yangi indikatorlar chiqmoadaki bular bizga faqat ko`mak beradi.
3.Sovetnik orqali pul toppish bu eng ajoyib va eng soda usullardan biri hisoblanadi. Sovetnik(Robot) savdo programmasi bo`libmalum algoritmlar asosida treyder ishtirokisiz savdo qilishga mo`ljallangan uni biz eng yaqin yordamchi desak bo`ladi. Aynan yuqori natijalarni ham sovetniklar ko`rsatgan chunki ular charchamaydi dam olmaydi, hissiyotga berilmydi. Odatda treyderlar charchash va hissiyotga berilish oqibatida katta zararga kirishadi. Sovetnikni o`zgacha tomoni u 24 soat tinmay ishlaydi buning uchun unga internet va kompyuter bo`lsa bas. Sovetnik avtopilotga
o`xshaydi avtopilotga qo`yib bemalol samalyotda dam olsangiz bo`ladi. Sovetnik haqda uni yaxshi va yomon tomonlari haqida keyingi darslrda bilib olasiz.
4.Strategiya orqali pul toppish bu eng asosiy va muhim va shart bo`lgan usuldir. U siz iloji yo`q. Shuning uchun har bir treyderda o`zining muvaffaqqiyatli strategiyasi bo`ladi.
Strategiya bu Kitob, ish rejaday gap u hammada har hil bo`ladi. Kimgadir zo`r strategiya sizga mos kelmasligi mumkin ammo strategiya orqali pul topish har qanday holatda pul ishlashni taminlaydi. Bu haqda keyingi darsda to`xtalamiz
5.Signal orqali pul ishlash bu ham foydali usullardan biridir. Signalni Tajribali treyderlar bozorni taxlil qilish asosida beradi va biz undan bemalol foydalanib ancha oson savdo qilishimiz mumkin. Signal o`z nomi bilan ishoradir uni Kompasga o`xshatish mumkin. U bilan yo`nalishni aniq topib olish mumkin.
6.Copy(nusxa ko`cherish) orqali pul topish bu savdo qilayotgan treyderni tayyor orderlaridan nusxa olish orqali foyda qilishdir. Bunda siz brokeringizda yoki boshqa bir brokerda savdo qilayotgan yaxshi treyderni tanlaysiz va uni sdelkalaridan nusxa olib bemalol savdo qilsangiz bo`ladi. Faqat buning uchun komissiya to`laysiz. Hozirda Roboforex, Instaforex, Forex4you brokerlari maxsus nusxa ko`cherish dasturlari taqdim etmoqda. Bu usul Skaner apparatiga o`xshaydiki bunda siz nusxa olayotgan treyder bian sizni ishlash jihatingiz depozitingiz mos kelishi lozim. Hira qog`ozdan hira kopya chiqadi
7.Partnoylik orqali pul topish ham passiv daromad olsh turlariga kiradi. Bunda siz o`z shogirtlaringiz sizni ssilkangiz bilan registratsadan o`tgan har qanday odam spred va komissiyaga to`lagan solig`i hisobidan foyda olsangiz bo`ladi. Bu huddi uyni ijaraga berganday gap. Brokerlar juda qiziq takliflar berishadi M: forexstartda 1 oy mobaynida 2040 lot hajmida savdo qilsangiz va Statusingiz Zolotoy(Oltin) bo`lsa oy ohirida sizga 4080$ pul to`lanadi. Bu tizim orqali pul toppish oddiy Reklama qilish va odamlarni shu brokerda va siz bilan ishlashga jalb qilish orqalidir. Instaforex kompaniyasi esa Rebeyt tizimi orqali passiv daromad olishni tavsiya qiladi
8.Investitsiya orqali pul toppish bu bankka pul qo`yshday gap. Bu pulni ishlatish demak. Yani bunda siz yaxshi ishlayman degan treyderlarga pul tikasiz va u ishlaydi foyda esa 50/50 qilinadi. Undan mehnat sizdan pul. Agar siz hayotda ishonchli odam topolmasangiz unda brokerdan Pamm schot ochishingiz va ishonchli treyderlarga pul topshirishingiz mumkin bunda kompaniya sizni pulingizga kafil bo`ladi. Agar siz o`zingiz ishlasangiz va bilim darajangiz yaxshi bo`lsa 3 oylik natijani ko`rsatasiz va sizga pul tikadiganlar topiladi. 100$ dan 100 000 $ va undan ham oshiq miqdorda investitsiya olib ishlashingiz mumkin. Bu capitali yo`q ammo bilimi borlarga juda qo`l keladi. Hatto sizni brokerlik kompaniyasiga ishga olishlari ha mumkin.
9.Turli konkurslar orqali pul toppish bu ham qiziq ham bellashuvdir. Siz bunda real pulingiz bo`lmagan holda ham Demo schotda qatnashib anchagina pul ishlab olishingiz mumkin. Turli brokerlarni turli konkurslari borki bular haqda keyin tanishtiramiz.Forexstartdan sayoxat dasturi bu hech kimni befarq qoldirmasa kerak
10.O`zingiz yaratgan maxsulotlarni sotish orqali pul toppish deganda bu ham bir necha turga bo`linadi
1.Agar siz dasturchi bo`lsangiz Sovetnik, Indikator, Turli strategiyalar yaratishga usta bo`lsangiz yoki saytingiz bo`lsa bosqa odamlar mehnatini reklama qilib ham passiv daromad olsangiz bo`ladi
2.Agar yaxshi taxlilchi va signal aniqlaydigan bo`lsangiz bundan ham o`zingiz foydalanasiz va boshqalarga ham pullashingiz mumkin.
3.Agar sizda Repetitorlik qobilyati bo`lsa va bilimingiz kallangizga sig`may ketayotgan bo`lsa unda qiziqqanlarni o`qitib ham pul topishingiz mumkin. Ammo bunda sizda yetarli bilim ish reja darsliklar bo`lmog`i, o`zingiz ham ishlab natija ko`rsatgan bo`lishingiz kerak. Chunki o`zi qilmagan ishni birovga o`rgatib bo`lmaydi va odamlar sizdan natija so`raydi doim
4.Agar siz video olishni yoqtirsangiz Har hil videolar darslar va qiziq malumotlarni videoga olib pullashingiz
yoki Youtube dan kanal ochib bu orqali ham pul topsangiz bo`ladi. Umuman pul topishni usullari ko`p sizga qay biri maqul bo`lsa bemalol foydalanishingiz mumkin.
11.MOFT Treyderlar uyishmasi orqali
40-DARS
TELEFONDA SAVDO QILISH
TERMINALNI TELEFONGA O`RNATISH
VA UNDA ISHLASH
Doimo kompyuter yonida o`tirish hech kimga yoqmaydi Divanga yotib olib yoki toza havoda o`tirvolib hotirjam savdo qilishga nia yetsin albatta buni iloji bor.Terminal ishlab chiqaradigan kompaniyalar hamma texnologiyalar uchun mos terminallar ishlab chiqaradi Jumladan
1.Kompyuter uchun 5.Android telefonlar uchun
2.Iphone telefonlari uchun 6.Windows phone uchun
3.Webterminal 7.Multi terminal
4.MT5 terminali 8.Iq option uchun 9.Planshet uchun
1.Telefonga terminalni o`rnatish
Buning uchun broker saytiga kiramiz va kerakli telefonga terminalni yuklab olamiz. Telefoningiz android bo`lsa android 4.0 versiyadan yuqori bo`lishi kerak
So`ng terminalni telefonga o`rnatamiz Internet aloqasi bo`lsa bas terminal o`sha zahoti ishga tushadi. Telefondan foydalanish ixcham qulay interfeys va istagan yerda xatto antena sust bo`lgan vaqtda ham foydalanishga juda qulaydir. Trafik kam ketishi ham harajatni kamaytiradi
2.Terminalni telefonda ko`rinishi
Interfeys 4 oynadan iborat
1.Kotirovki – bu erda kotirovkalarni juda aniq va rangli ko`rish mumkin

2.Charti(grafik) – grafik 3 turda kompyuterdagidek, farqi ranglari boshqacha


3.Torgovlya(savdo) – bu erda ochiq orderlar balans, pul miqdori ko`rinadi
4.Istoriya(tarix) – Avval yopilgan orderlar haqida malumot olsa bo`ladi
Kontekst menyudan Yangi schot ochish, mavjutlarini ulash va nastroykalarni sozlash va yangi order ochish mumkin
Cha`rti bo`limidagi pastki qo`shimcha paneldan Narxni o`lchash, Yangi simvollar qo`shish va o`cherish, taymfreymni o`zgartirish, Indikator qo`shish va o`chirish va yango sdelka ochish, Grafik razmerini o`zgartirish mumkin.
Order(sdelkani) o`zgartirish uchun kerakli order ustiga bosiladi va “Izmenit” order tugmasi bosiladi. Umuman Kompyuterda qilgan ishlarni bunda ham bemalol qilish mumkin
3.Telefonda ishlashni yaxshi va yomon tomonlari
Yaxshi tomonlari
1.Ixcham qulay, istagan yerda foydalanish mumkin
2.Schot ochish, pul solish va chiqarish amalyotlarini ham qilish mumkin
3.Terminaldagi indikatorlardan foydalanish mumkin
4.Sust antenada ham ishlayveradi
5.Trafik juda kam ketadi
6.Foyda va zarar Qizil va Ko`k rangda aniq ko`rinadi
Yomon tomonlari
1.Grafik kichikligi uchun trendni aniq ko`rolmaysiz
2.Pulli indikatorlardan foydalanolmaysiz(ya`ni qo`shib bo`lmaydi)
3.Sovetnik qo`shib bo`lmaydi
4.Copy va signal xizmatidan avtomatik foydalanolmaysiz
5.Telefon kelib savdoga halaqit berishi mumkin(telegram watsap deganlariday)
Qoida bo`yicha avval kompyuterda ishlashni to`la o`rgangandan so`ngina Telefonga o`tish mumkin. Agar sizda Planshet bo`lsa unga ham shu tartibda qo`yiladi
41-DARS
SOVETNIK HAQIDA
Sovetnik bu Algoritmlar asosida yaratilgan mahsus programma bo`lib uni Savdo Robot ham deyiladi. Tarjimasi Maslaxatchi u tajribali treyder va programmistlar tomonidan yaratiladi va doimo yangilab turiladi. Statistikaga ko`ra Treyder va Sovetnik solishtirilganda Sovetnik yuqori ball olgan 90% + natija ko`rsatgan. Chunki u hech qachon charchamaydi va xato qilmaydi. Ko`p treyderlar aqliy zo`riqish va hissiyotlarga berilib hato qilib qo`yishi mumkin ammo bu jonsiz robotga yod narsa.
Sovetniklar 2 hil bo`ladi
1.Bepul 2.Pullik 3.Demo versiyali(asli pullik vaqtincha tekin)
Bepul Sovetnik oddiyroq algoritm asosida qilingan yoki yangi tayorlangan bo`lishi mumkin sifati ham shunga yarasha
Pullik sovetnik ancha murakkab tuzilgan va sinalgan foydalilik koifisenti yuqori bo`lganidir

Demo versiyaligi esa sizga avval tekinga beriladi agar malum muddat ichida u sizga yoqsa sotib olishingiz mumkin bo`lgan yoki mijoz to`plash uchun qilingan maxsus versiyasidir


Umuman sovetnikdan foydalanish bu sizni ancha mehnat va bosh qotirish va ishdan ozod qiladi. Sovetniklardan foydalanishning yaxshi va yomon tomonlari ham bor.Biz sizga yangi texnologiyalardan foydalanish va depozitingizni oshirishni maslaxat beramiz
Yaxshi tomonlari
1.Charchamaydi va 24 soat tinmay ishlaydi
2.Doimiy foyda keltiradi 5-100% va undan ham ortiq natija berishi mumkin(oyiga)
3.Tayyor madikor desa ham bo`ladi sizni ishdan ozod qiladi
4.Qat`iy qoidalar asosida ishlagani uchun kam xato qiladi Zarar 30% dan oshmaydi. Zarar qilgan holda ham yana yangi order bilan savdoni davom ettiradi
5.Hissiyotga berilmaydi
6.Bir vaqtda bir necha valyuta bilan ishlay oladi
Yomon tomonlari
1.Unga ishlashga katta summa lozim(kamida 10$dan yuqori bazilarga esa kami 100$)
2.Bozor o`ta havfli bejilov paytlar ehtiyot bo`lish kerak
3.Juda ko`p turlari bo`lib qay birini tanlashga ham bosh qotadi
4.Arzon va tekinlarida foyda kam yoki yutqazib qo`yishi mukin. Ammo pulliklarida ham kamchilik bo`ladi
5.Biz istagancha orderni ushlab turmasligi mumkin. U 1- foyda bilanoq orderni yopadi
6.Kompyuter doim yoniq va internetga ulangan bo`lishi kerak
7.Ba`zilari 5 raqamli kotirovkada savdo qilmasligi mumkin
Umuman foydasi bor Biz tavsiya etamiz

42-DARS
SOVETNIKNI TERMINALGA O`RNATISH


Sovetnikni olish tartibi 3 hil
1.Pulga sotib olish
2.Ijaraga olish
3.Bepul olish 4.Partnyor bo`lib
Pullik sovetnikni ham bepul olish mumkin buning uchun Tovar egasi bilan aloqaga chiqib uni shartlari bilan tanishiladi u ko`p holda o`ziga partnyor bo`lishigizni talab qiladi. Agar siz juda uni brokerida ishlashni istamasangiz registratsa qilib sovetnikni olgach o`z brokerigizda ishlashingiz mumkin
Biz bepul yuklab olish uchun sovetniklari bor quyidagi saytlarni tavsita etamiz
Sovetniki.ru forexgids.ru forexsovetniki.ru
Peregruzok.net avtoforex.ru avtoprofit-forex.ru
Fx-abc.ru hypemaster.biz finansovosvoboden.ru
Allob.ru forex-trader.ru forex-video.info
Forexluck.ru vpluse.net rabotanaforex.ru
Forexred.ru mql4.com Lahore-airport.com
Cash-robot.ru avtoprofit-forex.ru pisarevigor.ucoz.ru
Teletrade.ru pdohod.ru mqlpro.ru
Ya`na qo`shimcha sovetniklarni internetdan topishingiz mumkin
Sovetnikni terminalga o`rnatish
1.Saytdan kerakli sovetnikni ko`chiib olamiz va uni arxivdan chiqarib kopya qilamiz
2.Terminal yorlig`i ustida sichqonchani o`ng tugmasini bosib konteks menyuni ochamiz va “svoystva” ga bosamiz
3.U yerdan “Raspolojena fayla” ustiga bosamiz
4.So`ng “Mql4” >> > “Expert” papkasiga sovetnikni tashlaymiz
5.Terminalni qaytadan yoqamiz Sovetniki bo`limida sovetnik paydo bo`ladi endi uni sichqonchani chap tugmasini bosib turib asosiy oynaga olib o`tamiz Agar parametrlar kiritish kerak bo`lsa kiritib “Ok” ni bosamiz Sovetnik terminalga o`rnadi
6.Keyin tepada 1-rasmdagidan “Avto torgovlya” ni bosib qo`yamiz Uni ishlayotganini tekshiramiz agar kulib tursa ishlayotgan bo`ladi.
2-rasmda sovetniklar ro`yxati
7.Agar ishlamayotgan bo`lsa “Servis” menyusini ochamiz undan “Nastroyka” >>> “Sovetniki” degan yerini ochib u yerdagi “Razreshit avto torgovlya” degan yeriga galochka qo`yamiz. 3-rasm
8.Shunda ham ishlamasa Sovetnikni kulmay turgan yeriga bosamiz ochilgan oynada “Obshie” buyrug`ini bosib u yerdagi “Razreshit sovetniku torgovat” degan yeriga galochka qo`yamiz va “Ok” ni bosamiz endi sovetnik ishlay boshlaydi. 4-rasm
1 2 3. 4
Eslatma: bitta terminal va bitta oynada bitta sovetnikni ishlatish mumkin. Boshqasiga olmoqchi bo`lsangiz 1-ni o`chirib keyin boshqasini yoqasiz. Sovetnik ishlayotgan payt kompyuter yoniq bo`lishi va interbetga ulangan bo`lishi kerak
43-DARS
SOVETNIK BILAN ISHLASH
SOVETNIKNI TEST QILISH SOZLASH
Bizning kmpyuter doim yonib turolmaydi yoki internet bunday holatda nima qilish mumkin faqat malum vaqtdagina sovetnikni ishlata olamiz holosmi? Yo`q buni ham
Yo`lib or bunda biz VPS serverdan foydalansak bo`ladi.
VPS Server – kompyuter o`chiq paytda ham sovetnikni ishlashiga imkon beradigan server. Buni bizga o`z brokerlik kompaniyamiz taqdi, etadi Albatta bu pullik ammo qimmat emas. Bu bizga kompyuterni asrash imkonini va 24 soat inu ishlashini ta`minlaydi


http://www.forexstart.org/binary-option/
07:10 AM
Operator is typing.
Почта службы поддержки support@forexstart.org
Почта финансового отдела finance@forexstart.org
Почта администрации boss@forexstart.org


(Виталий Домашевский (стажёр)) ( | 07:36) (Бонус можно снять со счёта, если суммарный объём закрытых сделок превысит:50 микролотов (0,5 стандартный лотов) за каждый доллар Бонуса для счетов Fix-Cent.0,5 лотов за каждый доллар Бонуса для счетов Fix-Standard.100 микролотов (1 стандартный лот) за каждый доллар Бонуса для счетов Pro-Cent.1 лот за каждый доллар Бонуса для счетов Pro-Standard.До момента выполнения условий по торговому обороту со счёта допускается выводить без ограничений только прибыль и собственные средства клиента.) (http://www.roboforex.ru/operations/bonuses-promotions/30-usd-welcome-bonus/) () ( )
(Виталий Домашевский (стажёр)) ( | 07:45) (Бонус можно снять со счёта, если суммарный объём закрытых сделок превысит:50 микролотов (0,5 стандартный лотов) за каждый доллар Бонуса для счетов Fix-Cent.0,5 лотов за каждый доллар Бонуса для счетов Fix-Standard.100 микролотов (1 стандартный лот) за каждый доллар Бонуса для счетов Pro-Cent.1 лот за каждый доллар Бонуса для счетов Pro-Standard.) ( )
(50 микролотов (0,5 стандартный лотов) за каждый доллар Бонуса для счетов Fix-Cent.0,5 лотов за каждый доллар Бонуса для счетов Fix-Standard.100 микролотов (1 стандартный лот) за каждый доллар Бонуса для счетов Pro-Cent.1 лот за каждый доллар Бонуса для счетов Pro-Standard.) ( ) (RU_37336) ( | 07:45) (eshe ya mojna torgovat s vami na optionax?)


support@iqoption.com
08:32Andrew Karpov: Вывод Welcome Bonus 15 USD, а также прибыли, полученной с него, возможен только при выполнении условий по обороту на торговом счете: на классических счетах необходимо совершить торговый оборот общим объемом 4,5 лота; на центовых счетах - 450 лотов.


`

.
Download 9,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish