Fonetika. Xitoy fonetik alifbosi –Pinyin. Xitoy tilining fonetik xususiyatlari. Reja



Download 19,1 Kb.
bet3/3
Sana31.03.2022
Hajmi19,1 Kb.
#519930
1   2   3
Bog'liq
xitoy tili fonetikasi 2-3 (2)

Shengmu Shenmu bo’g’inning undosh tovush bilan boshlanishini anglatadi, agar bo’g’in undosh tovush bilan boshlanmasa, u holda bu bo’sh shenmu deyiladi. Masalan, xitoy tilidagi cun zhuang so’zidagi shenmular – “c” va “zh”, biroq ang so’zida esa boshlang’ich undosh tovush mavjud emas, ya’ni bo’sh shenmudir. Undosh tovush va shenmu alohida tahlil qilinadi, ya’ni bular ikkalasi turli atamalardir. Undosh tovush ko’pincha shenmu vazifasini bajaradi. Shuningdek, yunmu oxiri vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan, nan so’zidagi oldindagi [ n ] undoshi shenmu vazifasini, orqadagi [ n ] undoshi esa yunmu oxiri vazifasini bajaradi. 韵母Yunmu Yunmu bo’g’indagi shenmudan keyin keladigan fonemadir. Xitoy tilida 39 ta yunmu mavjud. U bitta unlidan ham, unlilar birikmasidan ham, unli va undosh tovushlarning birikmasidan ham tashkil topishi mumkin. Masalan, ba so’zida yunmu [ a ] dir, yakkalasi unli; jiao so’zida esa yunmu – [ iao ] dir, unlilar birikmasi; xing so’zida yunmu – [ ing ] dir, unli va undosh tovushlarning birikmasi. Shengmu va yunmularning birikishidan bo’g’in hosil bo’ladi. Har bir bo’ginning ustiga qo’yilgan ohang ularning ma’nosini farqlashda muhim ahamiyat kasp etadi. 音节yin jie-Bo’g’in Nutq tovushlari o’z birligi bo’yicha ayrim- ayrim aytiladi. Masalan, “ren min ri bao” degan so’z to’rtta birlik bo’lib aytiladi. Nutq tovushlarining ana shunday tabiiy birligi, ya’ni yagona fonetik birlikni hosil qiluvchi bir yoki bir necha yovushlardan iborat eng kichik nutq birligi bo’g’in deb ataladi. Xitoy alifbosida bir ieroglif bir bo’g’in hisoblanadi. 声调shengdiao-Ohang (ton ) Ohang bo’g’inning past balandligi, ko’tarilishi va pasayishi kabilarning o’zgarishidir. Ohangning o’zgarishi butun bir bo’g’inga ta’sir qiladi. Xitoy adabiy tilida shan so’zining ohangi uchinchi ohang bo’lib, ohang o’rni 214, ya’ni avval pasayib, keyin ko’tariluvchi ohang, 2-pozitsiyadan 1-pozitsiyaga tushadi, so’ng yana 4-pozitsiyaga ko’tariladi. 2-2-A. 声母Shengmu b, p, m, n, f j, q, x d, t, n, l zh, ch, sh, r g, k, h z, c, s Xitoy adabiy tilida jami 21 ta shengmu mavjud bo’lib, tovush chiqarish o’rniga ko’ra 7 guruhga bo’linadi. Ular quyidagilar: 1. Lab tovushlari: yuqori va pastki lablarning yumilishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular b, p, m shengmularidir.
辨别bian bie – ajratmoq 把柄ba bing – predlog 批评pi ping - urishmoq 乒乓ping pang – taqqillagan ovoz 秘密mi mi - sirli 明媚ming mei - ajoyib 2. Lab tish tovushi: tepa tishni pastki labga tegishi natijasida 1 ta shengmu hosil bo’ladi. Bu f shengmusidir. 方法fang fa – usul, metod 芬芳fen fang – xushbo’y 3. Til uchi oldi tovushlari: til uchi tepa tishning orqasiga yaqinlashishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular z, c, s shengmularidir. 总则zong ze – umumiy qonun qoidalar 祖宗zu zong - ajdodlar 猜测cai ce – bilib olmoq 仓促cang cu – shoshilmoq, oshiqmoq 松散song san – yengil 琐碎suo sui – mayda-chuyda, arzimagan 4. Til uchi o’rta tovushlari: til uchi tepa tishning mulkiga tegishi natijasida 4 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular d, t, n, l shenmularidir. 大豆da dou – so’ya 达到da dao – yetib bormoq 天堂tian tang – jannat 梯田ti tian – terrasa, ayvon 能耐neng nai - iqtidor 牛奶niu nai - sut 联络lian luo - aloqa 伦理lun li – etika 5. Til uchi orqa tovushlari: til uchini qattiq tanglayga tegishi natijasida 4 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular zh, ch, sh, r shengmularidir. 庄重zhuang zhong - jiddiy 周折zhou zhe – g’amxo’rlik 出差chu chai – ximat safari 长城chang cheng – buyuk devor 时时shi shi – har doim 山水shan shui – tog’ suvi 柔软rou ruan - yumshoq 容忍rong ren – sabr qilmoq 6. Til usti tovushlari: til usti qattiq tanglayning oldiga tegishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular j, q, x shengmularidir. 积极ji ji - faol 进军jin jun – yurish qilmoq 请求qing qiu - sabr qilmoq 亲戚qin qi – qarindosh- urug’ 写信xie xin – xat yozmoq 虚心xu xin - kamtar 7. Til orqa tovushlari: til orqani yumshoq tanglayga tegishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular g, k, h shengmularidir. 古怪gu guai - ajoyib 更改geng gai – o’zgartirmoq 框框kuang kuang – ramka 开口kai kou - gapirmoq 呼唤hu huan – chaqirmoq, taklif etmoq 后悔hou hui – afsuslanmoq
Download 19,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish