Topshiriqlar



Download 20,02 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2021
Hajmi20,02 Kb.
#59385
  1   2   3   4
Bog'liq
ekologiya


TOPSHIRIQLAR

1-topshiriq. Quyida berilgan savollarga javob bering:



  1. Global ekologik muammolarga qanday muammolar kiradi?

Dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen xodisalar global muammolar deb qaraladi. Ana shunday global muammolarga ba'zi bir misolar keltirish mumkin:

Issiqxona samarasi. Ya'ni atmosfera tarkibida issiqxona gazlarining (karbonat angidridi, metan,azot chala oksidi va shu kabilarning) ko'payishi natijasida er yuzi isib, iqlim o'zgarib bormoqda.

Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azod oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib, er yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta'sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.

Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo'lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.

Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaharli moddalar guruhi begona o'tlar, zararkunanda hashoratlar va boshqa hayvonlar, o'simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq xo'jaligida, o'rmonchilikda, aviatsiya yordamida sepish keng ko'lamda atrof-muhitni ifloslanishiga olib keladi. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi, shuningdek, suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xafvli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga qo'shilib, tuproqdan va suvdan o'simliklarga, undan hayvonlarga va qushlarga nihoyat oziq va suv bilan odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlarning tirik tabiatda va odamga ko'rsatayotgan zarari jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muhit omillariga nisbatan barqaror moddalar hisoblanadi.

Tirik tabiatdagi o'simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Er yuzidagi hayotni ta'minlashda o'simliklar dunyosi, ayniqsa, o'rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda er yuzi quruqligining 25 % ni o'rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o'rmonlarning holatini yaxshi deb bo'lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda o'rmonlar qirqilmoqda.



  1. Antropogen omillar ta’sirida qanday global muammolar yuzaga keladi.

Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.Odamning tabiatga bevosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Quruq erlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarni o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi.




  1. Biologik xilma-xillik deganda nimani tushunasiz?

Biologik xilma-xillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan va o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilma-xilligi ham kiradi

Bugungi kunda bioxilma-xillikka xavflar qatorida yashash joylarining degradatsiyasi, shu jumladan yashash joylarining qisqarishi, parchalanishi, ozuqa saqlovchi va boshqa funksiyalarning pasayishi; turlarning yashash joylaridan ruxsat etilgan me’yordan ortiq ov qilinishi; to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘q qilish; ifloslanish (tabiiy, kimyoviy, biologik); invaziv (begona) turlar (antropogen, tabiiy); iqlim o‘zgarishi kabi omillar sanab o’tilishi mumkin.



  1. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun qanday tadbirlar qo’llash zarur?


Turlarning tabiatda mavjudligi ularning populyatsiyasidir. Ma’lumki, o‘simlik va hayvonlar populyatsiya tarzida muhofaza qilinadi. Fauna va florani muhofaza qilishni tashkil etish uchun muhofaza qilish hududlari va «Qizil kitob» tashkil
etilgan. Bunda ayrim chiroyli gullovchi va dorivor o‘simlik turlarini yig‘ish va tayyorlash kabilar taqiqlanadi. Shuningdek, noyob hayvonlarni ovlash, baliqlarni, kapalaklarni va qo‘ng‘izlarni tutish man etiladi. Dunyo bo‘yicha turlarni ko‘paytirish bo‘yicha ancha tajribalar to‘plangan. Hayvonlar hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi, o‘simliklar botanika bog‘larida o‘stiriladi. Noyob turlarni parvarishlash va ko‘paytirish uchun mahsus markazlar tashkil etilgan. O‘zbekistonda «Jayron» ekomarkazi va boshqalar mavjud. Turlarni saqlab qolishda O‘zbekistonda loyihalashtirilgan NQBR (Nurota-qizilqum biosfera rezervati) ham muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifalaridan biri biologik xilma-xillikni, landshaftlarni va ekotizimlarni saqlash hamda muhofaza qilish hisoblanadi.


  1. Tabiatga insonning ta’siri tufayli qanday salbiy holatlar yuzaga keladi?

Insonning faoliyat ko’lami shu darajada shiddat bilan kengayib bormoqdaki,


uning ongi-tafakkuri va qo’li yetmagan tabiatni biror sohasi qolmadi. Ayni
paytda insonni tabiatga faol ta’siri o’zini aks ta’sirini ham namoyon
etmoqdaki, bu ta’sirlar natijasida tabiiy ofatlar va inson sog’ligi turmush
tarziga boshqa salbiy ta’sirlar ko’lami ham kengayib bormoqda.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, insonning tabiatga ta’sir etishi natijasida


jamiyat bilan tabiat o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi buzildi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyat bilan tabiatning o’zaro
munosabati barchaning e’tiborini o’ziga ko’proq jalb etmoqda.
Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o’zlari, ularning o’zaro
munosabatlari hamda atrof-muhitning bir qismi sifatida ekologik muammoni
yuzaga keltirdi. Bu muammo tabiiy muhit bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda
yuz bergan salbiy o’zgarishlar tufayli paydo bo’ldi. Ijtimoiy muhitning
holatiga ta’sir etuvchi ko’plab omillar mavjud. Ijtimoiy muhitning holatiga
qarab, ularni ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarga bo’lish mumkin. Salbiy
ta’sir etuvchi omillar kishilar kayfiyati va ruhiyatini yomonlashuvi va
organizmning turli xil kasallanishining paydo bo’lishiga qulay muhit
yaratadi. Salbiy ekologik omillar inson salomatligiga va uning tadrijiy
rivojlanishiga aks ta’sir etadi. Ijtimoiy muhitning yomonlashuvi ijtimoiy
o’zgarishlar, shuningdek hamma narsada tabiat ustidan hukmronlik qilish
maqsadiga qaratilganligi, insonning o’zini ikkinchi o’ringa tushurib qo’ydi.


Download 20,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish