2-topshiriq. Ma’lumotlar asosida jadvalni to’ldiring.
Uy hayvonlari
|
Ahamiyati
|
Qoramollar
|
Sigirlar har yili bittadan bolalaydi. Ayrim hollarda ikkita ham tug’ishi mumkin. Buzoqlar 2-3 yilda voyaga yetadi. Bitta sigirdan bir kunda o’rtacha 8-10 litr sut sog’ib olinadi. Ular 15-20 yil yashaydi.
|
Qo’ylar
|
Qo’ylar, asosan, go’shti va juni uchun boqiladi. Qo’ylar junidan ip yigiriladi va issiq kiyim-kechaklar to’qiladi. Qorako’l qo’yning terisidan telpak, paltoning yengi va yoqalari tikiladi. Hisor qo’ylar go’sht va yog’i uchun boqiladi.
|
Otlar
|
Qadimdan ot transport vazifasini bajargan. Unga minib, uzoq joylarga borganlar, jang qilganlar. Hozirgi kunda ham qishloq joylarda otlardan foydalaniladi. Ayniqsa, mol va qo’ylarni boqishda cho’ponlar otda yurishadi. Ot go’shti iste’mol qilinadi, sutidan qimiz tayyorlanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |