- REJA
- 1. Fonetkia haqida.
- 2. Fonema – nutqning eng kichik birligi.
- 3. Fonema haqida.
Fonetika - Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi.
fonetika - To’tushlar bir-biridan akustik, ya'ni eshitilishi jihatdan farq qiladi va so'zlarning shakllanishi va ajralib turishi uchun xizmat qiladi. Nutq tovushlari murakkab hodisa bo'lib, ular quyidagi xususiyatlarga egadir:
- 1) tovushlar - fizik hodisa, chunki ular havo zarrachalarining tebranuvchi harakati natijasidir;
- 2) tovushlar - fiziologik hodisa, chunki ular nutq organlarida hosil bo'ladi;
- 3) tovushlar psixik hodisadir, chunki ularning paydo bo'lishi ongli harakat natijasidir;
- 4) tovushlar ijtimoiy hodisadir, chunki ular aloqa vositasi bo'lishi tUning elementlaridir.
- Fonema nutqning eng kichik birligi sifatida tilning fonetiksistemasida muhim o'rin tutadi. Nutq tovushlari /fonemalar/ insonlar jamiyatining asosiy aloqa vositasi bo'lgan nutqni shakllantiruvchi so'zlarning asosiy elementidir. Insonlar fikr almashuvda tiI elementlari va til hodisalaridan foydalanadilar. TiIning tovushlar sostavi, fonemalar sistemasi ham tiI elementlaridan biridir. Tilning asosiy elementlari nutqda reallashadi. Nutq fikr almashuvaloqajarayonida insonlarning til vositalaridan /elementlaridan/ foydalanish faoliyati demakdir. Til va nutq o'ziga xos tabiatga ega bo'lgan, biri ikkinchisini to'Jdiradigan o'zaro bog'liq hodisalardir. Til aloqa quroli bo'lsa, nutq aloqa formasidir. Nutqning barcha ko'rinishlari tilning ham, nutqning ham muhim birligi sanalgan so'zIar, so'z formalari asosida shakllanadi
Fonema haqida - Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarth tanib olish va farklash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mac, oʻzbek tilida k F.si yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b F.laridan farklanadi. F. qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.
Fonema haqida - Tovushlarning ana shundayturli qurshovda, yondosh tovushlar ta'sirida hosil bo'lgan variantJari kombinator variantlar sanaladi. Fonema haqida yuqorida bayon etilgan mulohazalardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
- I. Fonema tovush sifatida ma'noga ta'sir eta oladigan nutq tovushidir.
- 2. Har bir fonema, ayni vaqtda, nutq tovushidir, ammo har bir nutq tovushi fonema bo'lolmasligi mumkin. Chunonchi, jonli so'zlashuvda paydo bo'ladigan tovush variantlari tovush sifatida ma'noga ta'sir etavermaydi /Jumladan, tovushlarning yumshoq-qattiqligi, old-orqa qator variantlari kabij. ‘
- 3:Tovush va fonema ayrim' xususiyat1ari bilan o'zaro farq qiladigall : hodiSalatdiI': Chunkl,'tovttsh /nUtq tOvUshi/ so'z tarkibida boshqa tovushiar qurshovida qolib ma'noga ta'sir etgandagina fonemaga aylanadi. Nutq tovushlarining fonematik xususiyatlari faqat so'z ichida ko'rinadi. So'zdan tashqarida u tovushdir.
- 4. Nutq tovushlari fonema sifatida bevosita ma'no ajratishga xizmat qilmagan holatlarida ham ma'lum ma'noli qism, so'z va so'z formalarini shakllantiruvchi tovush kompleksi a'zosi sifatida muhim funksiya bajaradi.
- 5. "Fonema" va "tovush" terrninlari ko'pincha aralash, biri ikkinchisi o'rnida qo'llanaveradi /ms.: ftovushi, ffonemasi kabij. Bunda nutq tovushlarining o'rni bilan fonema bo'la olish xususiyatlari ko'zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |