Fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko‗rinishlaridir (L.V.
Shcherba). Chunonchi "a" fonemasi old qator unlidir. Bu belgi "a" fonemasi uchun
Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси., Тошкент: Ўкитувчи, 1992. 10-бет.
48
tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi "qaram" so‗zida orqa qator unli ottenkasiga
aylanadi. Demak, "a" fonemasi "qaram" so‗zida ("q" bilan yondosh qo‗llanganda)
orqa qator unli tarzida, "karam" so‗zida ("k" bilan yondosh qo‗llanganda) esa old
qator unli tarzida talaffuz qilinadi:
qaram
va
kərəm
kabi. Bu ikki xil talaffuz "a"
fonemasining so‗z tarkibidagi real ko‗rinishlari - ottenkalari hisoblanadi.
Ottenkalar fizik-akustik va artikulyatsion jihatdan o‗zaro farqlansa-da, bir-biriga
qarama-qarshi qo‗yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta
(ularning ikkalasi bitta "a" fonemasining vazifasini bajaradi, binobarin, bir
fonemaning nutqdagi ikki vakili sanaladi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari
o‗rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
Fonema ottenkalaridan birining o‗rnida ikkinchisini qo‗llab bo‗lmaydi: bunga
shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yo‗l qo‗ymaydi. Masalan,
ko‗l
so‗zida faqat odd qator "ө",
qo‗l
so‗zida esa faqat orqa qator "o" qo‗llaniladi. Bir
fonemaning turli pozitsiyadagi ko‗rinishlari - ottenkalari fonema qatorini hosil
qiladi. Masalan, "u" fonemasi
kul
so‗zida old qator "γ" tarzida,
qul
so‗zida esa orqa
qator "u" tarzida talaffuz etiladi, shunga ko‗ra γ,
u
qatorini yuzaga keltiradi.
Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V. Shcherba asos solgan. Bu tushuncha
Moskva fonologiya maktabida
fonema variatsiyasi
nomi bilan, Praga funksional
tilshunosligi maktabida esa
fonema varianti
nomi bilan ataladi.
II.
Ottenkalar tilshunoslikda majburiy, fakultativ va individuad turlarga
ajratiladi.
1. Majburiy ottenkalar
fonemaning so‗z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi
fonetik qurshov ta‘sirida yohud ma‘lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‗zgargan
ko‗rinishlaridir. Ular o‗z navbatida kombinator ottenkalar, pozitsion ottenkalar va
aralash (kombinator-pozitsion) ottenkalarga bo‗linadi.
a)
kombinator ottenkalar
so‗z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta‘siri
natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli "z" fonemasi
mazkur
so‗zi tarkibida
jarangsiz "k" undoshi ta‘siriga uchraydi va jarangsiz "s" tarzida
(maskur
deb)
talaffuz qilinadi;
49
b)
pozitsion ottenkalar
jarangli undosh fonemalarning so‗z oxirida kelgan,
unli fonemalarning esa urg‗uli yoki urg‗usiz, ochiq yoki yopiq bo‗g‗inlarda
qo‗llangan ko‗rinishlaridir. Masalan, jarangli "b" va "d" fonemalari so‗z oxirida
jarangsiz "p" va "t" tarzida talaffuz qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: