oppozitsiyasining birinchi a‘zosidagi "jaranglilik " belgisi shu oppozitsiyaning
Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси 29-31-бетлар.
45
ikkinchi a‘zosida yo‗q: b (jarangli) - p (jarangsiz) kabi. Bu xususiyat "portlash-
sirg‗alish" differensial belgisiga asoslangan (t-s) oppozitsiyasiga ham xos: t
(portlovchi) - s (sirg‗aluvchi) kabi. Demak, bunday oppozitsiya a‘zolaridagi
belgilar bir-birini inkor etishiga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli-
jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg‗aluvchi) kabi.
2.
Gradual (pog‗onali) oppozitsiya.
Bunday oppozitsiya fonemalardagi
farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, (i-e-a), (u-o‗-o)
unlilarida ana shunday darajalanish bor: i (tor) - e (o‗rta keng) – a quyi keng), u
(tor) - o‗ (o‗rta keng) - o (quyi keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay
orasidagi masofa "tor" dan "keng" ga qarab darajalanib bormoqda.
Darajalanish
xususiyati
undoshlar
oppozitsiyasida
ham
kuzatiladi:
(portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‗aluvchi). Bunda qorishiq (ch) dagi "portlash-
sirg‗alish" belgisi uning portlovchi (t) bilan sirg‗aluvchi (sh) o‗rtasida qo‗yilishini
taqozo qiladi (t-ch-sh kabi). Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k)
oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab - lab) - d (til oldi-dental) - g (sayoz til orqa),
p (lab-lab) - t (til oldi-dental) - k (til orqa). Bundagi gradatsiya artikulyatsiya
o‗rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko‗chib borish darajasi bilan
belgilanadi.
3.
Ekvipolent oppozitsiya.
Bunday oppozitsiya a‘zolarida asosiy farqlovchi
belgidan tashqari, yana bitta qo‗shimcha farqlanish belgisi ham mavjud bo‗ladi.
1
Masalan, o‗zbek tilidagi (i) va (u) unlilari "lablanmagan va lablangan" farqlanish
belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a‘zolarida
qo‗shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan,
orqa qator) kabi. Bulardagi "lablanmagan, old qator" belgilari "lablangan, orqa
qator" belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo‗yiladi.
2
Bunday
holat (e-o‗), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. O‗zbek tili undoshlari
tizimidagi (t-sh) zidlanishi ham ekvipolent oppozitsiyadir, chunki unda xam
1
Ахманова О.С. Словарь линвистических терминов. М., 1966. С. 371.
2
Журавлев В.К. Диахроническая фонология . М.: Наука, 1986. С. 78.
46
zidlanish ikki belgiga asoslanadi: t (til oldi-tish, portlovchi ) + sh (til oldi-tanglay,
sirg‗aluvchi) = t-sh oppozitsiyasi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: