Фонетик сатҳ бирликлари



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/73
Sana14.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#363805
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
fonetik sath birliklari

Uchinchi  asos 

oppozitsiya  a‘zolarining  ma‘no  ajratish  kuchiga  va  shu 

a‘zolarning  turli  pozitsiyadagi  xizmatiga  tayanadi.  Bunday  asosga  ko‗ra 

oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi. 



1.  Doimiy  oppozitsiyalar. 

Bunday  oppozitsiya  a‘zolari  barcha  pozitsiyalarda 

o‗z farqlanish belgilarini yo‗qotmaydi. 

O‗zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos 

qiling: 

paxta 



taxta 

(so‗z  boshida,  unlidan  oldin), 

ona 



ota 

(intervokal  holatda), 

topmoq — totmoq 

(so‗z o‗rtasida, sonordan oldin), 



ip 

-

it 

(so‗z oxirida), 

sim 



shim 

(so‗z  boshida, unlidan  oldin), 

asir  - ashir 

(intervokal  holatda),     



osmoq  -  oshmoq 

(so‗z o‗rtasida, sonordan oldin), 



tus - tush 

(so‗z oxirida kabi). Bunday  doimiylik, 

barqarorlik oppozitsiyaning har

 

ikkala a‘zosi jarangsiz bo‗lganda ko‗proq uchraydi. 



Zidlanishning  bu  turi  ayrim  manbalarda  "konstant  oppozitsiya"  deb  ham 

nomlangan.

1

 

2.  Neytrallashuvchi  (mo‗‘tadillashuvchi)  oppozitsiya. 



Bunday  oppozitsiya 

a‘zolari kuchli pozitsiyada (masalan, undoshlar so‗zning boshida, ikki unli orasida 

yoki  unlidan  oldin  qo‗llanganda)  o‗zlarining  farqlanish  belgilarini  yo‗qotmaydi: 

bol 

va 


pol 

(b-p), 


dor 

va 


tor 

(d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (masalan, so‗z oxirida) 

esa  ular  neytrallashadi: 

(tub) 

dagi  "b"  undoshi  jarangsiz  "p"  tarzida 



(tub  >  tup 

kabi), 


(qad) 

dagi  "d"  esa  jarangsiz  "t"  tarzida 



(qad  >  qat 

kabi)  talaffuz  qilinadi, 

natijada (b - p) va (d - t) ga xos "jarangli-jarangsiz" lik farqlanish belgisi yo‗qolib, 

shu  fonemalarga  xos  umumiy  (integral)  belgilar  -  (b-p)  dagi  "lab-lab,  portlovchi" 

lik,  (d-t)  dagi  "til  oldi-dental,  portlovchi"  lik  xususiyatlari  saqlanadi.  Kuchsiz 

pozitsiyadagi  neytrallashuv  tufayli  yuzaga  kelgan  tovush  o‗zaro  zidlanishda 

bo‗lgan  ikkala  fonemaning  bir  umumiy  vakili  - 

varianti 

sanaladi,  fonemalarning 

o‗zi esa variantga nisbatan 

arxifonema 

bo‗ladi: b/p yoki P arxifonemasi 



(tub 

va 


tup 

                                                 

1

 

Журавлев В.К. Диахроническая фонология . М., Наука, 1986. С. 96; Ахманова О.С. Словарь линвистических терминов. М., 1966. С. 



370.

 



 

47 


so‗zlarida),  d/t  yoki  T  arxifonemasi 

(qad 

va  q


at 

so‗zlarida),  z/s  yoki  S 

arxifonemasi 

(tuz 

va 


tus 

so‗zlarida) bo‗lgani kabi.

1

 

Xulosa:  a)  fonemalar  til  mexanizmida  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 



bo‗lgan mustaqil birliklardir: ular so‗z va morfemalarning tovush qobig‗ini (ifoda 

jihatini)  farqlash  bilan  birga,  shu  so‗z  va  morfemalarning  ma‘nolarini  farqlash 

vazifasini  ham  bajaradi;  b)  fonemalarda  differensial  (farqlanadigan)  va  integral 

(farqlanmaydigan)  belgilar  mavjud  bo‗lib,  ulardan  birinchisi  (differensial  belgi) 

fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan 

norelevant  belgi  hisoblanadi;  v)  ikki  fonemaning  qarama-qarshi  qo‗yilayotgan 

differensial  belgilari  shu  fonemalarni  bitta  oppozitsiyaga  birlashtiradi,  bir 

farqlanish  belgisiga  asoslangan  ikki  va  undan  ortiq  oppozitsiyalar  esa 

korrelyatsiyalarga  uyushadi.  Demak,  oppozitsiyalardagi  farqlovchi  belgilar 

korrelyatsiyada  birlashtiruvchi  belgiga  aylanadi,  bunda  oppozitsiya  sistemaning 

quyi pog‗onasi (yadrosi), korrelyatsiya esa uning yuqori pog‗onasi bo‗ladi. 

Tilning  fonologik  tizimida  korrelyatsiya  hodisasi  borligini  aniqdagan 

olimlardan  biri  (ehtimol,  birinchisi)  bizning  yurtdoshimiz  Abu  Ali  ibn  Sino 

bo‗lgan.  U  o‗zining  fonetikaga  doir  bir  risolasida  "dol"  "to"  ga  qanday 

munosabatda  bo‗lsa,  "zod"  "sin"  ga  shunday  munosabatda  bo‗ladi,"  -  degan  edi. 

Qiyos qiling: "dol" (jarangli "d") - "to" (jarangsiz "t"), "zod" (jarangli "z") - "sin" 

(jarangsiz  "s").  Bunda  jaranglilik  va  jarangsizlik  belgilariga  asoslangan  d-t,  z-s 

oppozitsiyalarining  bir  korrelyatsiyaga  uyushayotganligi  nazarda  tutilganligi 

shubhasiz.

2

  



O‗zaro  zidlanishda  (oppozitsiyada)  bo‗lgan  fonemalardan  birini  ikkinchisi 

bilan  almashtirish  qonuniyatiga  oid  ayrim  ma‘lumotlar  Zahiriddin  Boburning 

"Boburnoma" sida ham qayd etilgan. 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish