Фонетик сатҳ бирликлари



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/73
Sana14.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#363805
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
fonetik sath birliklari

 

1.2.3. INTONATSIYA

 

(Intonema) 



I.  Intonatsiya 

-  og‗zaki  nutqning  ritmik-melodik  tomoni,  undagi  ovoz  (ton) 

tovlanishlari.  Intonatsiya  bir  qator  supersegment  elementlar  (ovoz  toni,  melodika, 

ritm,  tembr,  pauza,  temp  va  boshqalar)  ishtirokida  tarkib  topadi  va  gap 

mazmunining, undagi emotsional-ekspressiv jihatlarning ifodalanishida muhim rol 

o‗ynaydi.  Demak,  intonatsiya  og‗zaki  nutqning  majburiy  fonetik  komponentidir, 

usiz  gap  yoki  nutq  shakllanmaydi  va  ifodalanmaydi.  Tilshunoslikning  intonatsiya 

yoki intonema bilan shugul-lanuvchi sohasi 



intonologiya  

deyiladi. 

Har  qanday  nutq  harakatdir,  bu  harakat  esa  albatta  ma‘lum  intonatsiya  bilan 

qo‗shilib,  qorishib  yuzaga  keladi:  nutqning  toni,  sur‘ati,  pauzalari,  tonning 




 

32 


balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan 

holda o‗zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo‗lmaydi: har bir 

gapning o‗ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya,  yuqorida aytib 

o‗tilganidek,  bir  qator  prosodik  elementlardan  tarkib  topadi.  Bunday  elementlar 

fizik-akustik va fonologik jihatdan o‗zaro quyidagicha farqlanadi: 

1.  Nutq  melodikasi. 

Bunda  nutqda  ishtirok  etgan  gaplardagi  ovozning 

ko‗tarilishi  va  pasayishi  nazarda  tutiladi.  Bu  jarayon  gap  tarkibidagi  so‗zlarning 

bo‗g‗inlarida  qo‗llangan  unli  tovushlarning  baland  yoki  past  talaffuz  etilishiga 

asoslanadi.  Tabiiyki,  gapdagi  barcha  so‗zlarning  bo‗g‗inlari  bir  xil  balandlikda 

talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-tuyg‗u va hokazolarga) 

qarab  o‗zgarib  boradi.  Shuning  uchun  ham  darak,  so‗roq  va  buyruq  gaplarning 

yohud emotsional va emotsional bo‗lmagan gaplarning intonatsiyalari bir xil emas. 



2.  Nutq  ritmi 

-  urg‗uli  va  urg‗usiz,  cho‗ziq  va  qisqa  bo‗g‗inlarning 

qo‗llanishida  vazndoshlik,  ohangdoshlikning  mavjud  bo‗lishi.  Nutq  ritmining 

badiiy  yoki  ifodali  o‗qishda,  shuningdek,  she‘riy  misralardagi  qofiyadoshlik, 

ohangdoshlikni  ta‘minlashda  ahamiyati  katta:  band  ritmi,  alliteratsiya  ritmi, 

anafora, emfaza kabilar nutq ritmini ta‘minlovchi muhim vositalar sanaladi. 



3.  Temp 

-  sur‘at,  daraja,  tezlik.  Bunday  tezlik  gap  tarkibidagi  tovushlar 

talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bunday vaqt gap bo‗laklari, ularning 

o‗rni, gapning turi, situatsiya kabi omillar ta‘sirida har xil bo‗ladi. Masalan, darak 

gaplarda gap boshida kelgan ega talaffuzida temp sekinroq bo‗ladi, bu temp kesim 

sostavida  tezlashadi.  Agarda  ega  logik  urg‗u  olsa,  uning  talaffuzidagi  temp 

kuchayadi. 

So‗roq  gapda  eganing  talaffuzidagi  tezlik  darak  gapdagi  eganikidan  bir  oz 

ortiq  bo‗ladi,  kesim  talaffuzidagi  tezlik  esa  nisbatan  kamayadi.  Buyruq  gaplarda 

temp  gap  oxiriga  tomon  tezlashib  boradi,  ammo  oxirgi  so‗z  talaffuzidagi  tezlik 

keskin pasayadi. 

4.    Nutq,  intensivligi 

-  talaffuzning  kuchli  va  kuchsiz  bo‗lishi.  Nutq 

intensivligi,  odatda,  nafas  chiqarishning  kuchayishi  yoki  kuchsizlanishiga 



 

33 


asoslanadi.  Masalan,  xonadagi  nutq  ochiq  maydondagi  nutq  intensivligidan 

kuchsizroq bo‗ladi. 



5. Nutq tembri 

— tovushning bo‗yoqdorligi. Bunday bo‗yoqdorlik asosiy ton 

va  qo‗shimcha  tonlar  nisbatidan  kelib  chiqib,  nutqning  ta‘sirli,  kuvnoq,  o‗ynoqi 

yoki, aksincha, ma‘yus, g‗amgin bo‗lishini ta‘minlaydi.  



6.  Pauza  - 

nutq  oqimidagi  ayrim  to‗xtalishlar.  Pauzaning  sintaktik  va 

nosintaktik  turlari  bor:  sintaktik  pauza  gap  bo‗laklarini  belgilash  funksiyasini 

bajaradi; nosintaktik pauza esa so‗zlovchining nafas oli-shini rostlash ehtiyoji bilan 

yuzaga keladi. 

Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  logik  urg‗u  va  emfatik  urg‗ular  ham,  aslida, 

intonatsiya  bilan  bog‗liq  hodisalardir,  ammo  ular  urg‗ular  tizimiga  ham  dahldor, 

shu  bois  ularni  qo‗llanmaning  aksentuatsiyaga  oid  bo‗limida  ko‗rish  ma‘qul 

topildi. 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish