Фонд бозори тизимидаги фонд биржалари


-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o‘sish dinamikasi, foizda



Download 488,5 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2022
Hajmi488,5 Kb.
#675327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bankdagi maxsus schyotlar hisobini yuritish tartibi.

2.1-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o‘sish dinamikasi, foizda2.
Rasmdan ko‘rinadiki, agar mamlakatimizda YAIMning o‘sish sur’atlari 2000-2003 yillarda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006 yillarda 7-7,3 foiz, 2007-2008 yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida kuzatilgan bo‘lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mazkur ko‘rsatkichga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Biroq, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan omillar orqali mamlakatimizda 2009-2011 yillarda ham YAIMning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda.
Mamlakatimiz YAIM o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashda iqtisodiyotdagi etakchi tarmoqlarning yuqori o‘sish sur’atlari mustahkam zamin tayyorlamoqda. Jumladan, 2011 yilda sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish 6,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘sdi (2.1-jadval).
2.1-jadval

O‘zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o‘sish sur’atlari, foizda3



Jadvaldan ko‘rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dunyo miqyosida yalpi talab, savdo va investitsiyalar hajmining sezilarli darajada qisqarishi yurtimiz iqtisodiyotiga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, inqirozdan oldingi 2007 yilda chakana savdo aylanmasi va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatishning qo‘shimcha o‘sish sur’atlari darajasi (tegishli ravishda 21,0 va 20,6 foiz)ning keyingi yillarda sezilarli pasayishi kuzatildi. Biroq, shunisi e’tiborga loyiqki, shunday murakkab va qiyin sharoitda ham iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalarida iqtisodiy o‘sishning yuqori va barqaror sur’atlari saqlanib qolmoqda.

2.2 Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o‘zgarishlari


Keyingi yillarda iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o‘zgarishlariga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz ushbu jarayonlarni birgina misolda, ya’ni 2000yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo‘g‘i 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2011yilda bu ko‘rsatkich 24,1 foizga etganida yaqqol ko‘rish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Sanoat mahsuloti umumiy o‘sishining qariyb 70 foizini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sohalar tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish sur’atlari 3,2 marta o‘sgan. Ushbu o‘sishni ta’minlashda, ayniqsa, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatining 13 marta, oziq-ovqat sanoatining 6,4 marta, engil sanoatning 4 marta o‘sishi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Qurilish materiallari sanoatining o‘sishi dastlabki 10 yil ichida, ya’ni 2000 yilda 58,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan e’tibor hamda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida 2011 yildagi o‘sish 1,5 martani tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2011yilda 11,2 foizga o‘sdi, 2000yilga nisbatan esa bu ko‘rsatkich 4 barobardan ziyod oshdi.
Mamlakatimizda o‘tgan davrlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • maqsadli dasturlarni amalga oshirish;

  • infratuzilmani shakllantirish (suv, gaz, elektr energiyasi, transport va boshqalar);

  • engil sanoat sohasida yangi korxonalar tashkil etish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;

  • charm xomashyosini qayta ishlash sohasida yangi korxonalar tashkil etish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;

  • qishloq ho‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi korxonalar tashkil etish va bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va ular bilan bozorni to‘la ta’minlash;

  • qurilish materiallari industriyasini rivojlantirish;

  • sanoatni rivojlantirishda bank kreditlari ta’sirchanligini oshirish;

  • sanoatni rivojlantirishda qo‘shma korxonalarning ulushini oshirish;

  • mahalliy xom ashyoni qayta ishlash;

  • mahalliylashtirish dasturi va xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi doirasida yaratilgan imtiyoz va preferensiyalardan keng foydalanish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti ko‘lamini kengaytirish, kichik korxonalar mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishga ko‘maklashish.

Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va bu sohalarni diversifikatsiya qilishga qaratilayotgan ulkan e’tibor eksport hajmi, uning tarkibi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
2011yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko‘paydi va 15 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Bu 2000yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan oshdi (2.2-rasm).

2.2-rasm.O‘zbekistonda tashqi savdoning dinamikasi, milliard AQSH doll. hisobida.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibidagi bunday ijobiy o‘zgarishlar mustaqillik yillarida mazkur sohaga qaratilgan e’tibor, xususan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni har tomonlama rag‘batlantirish hamda import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llabquvvatlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosat natijalari hisoblanadi. “O‘zbekiston mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste’mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va ko‘proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi. Uning eksportdagi ulushi kamayib, 1990 yildagi 59,7 foizdan 2010 yilda 11,3 foizga tushdi” .2011 yilda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni tashkil etdi, holbuki, 2000 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 46 foizni tashkil etgan edi.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanib borayotganini 2005yildan boshlab Davlat byudjeti profitsit bilan bajarilayotgani ham yaqqol tasdiqlab turganini ta’kidlab o‘tdi (2.3-rasm).

2.3-rasm. Davlat byudjeti ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, foizda.4

Rasmdan ko‘rinadiki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat byudjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 2005-2008 yillar davomida esa davlat byudjeti taqchilligiga barham berib, davlat byudjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishiga qaramasdan, byudjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, juda murakkab kechgan 2011 yilda ham maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida byudjet daromadlari uning xarajatlaridan ortish hajmi YAIMning 0,4 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat byudjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o‘tkazish orqali davlat byudjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.


Mustaqillik yillarida davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi sifat jihatidan o‘zgardi. Hozirgi vaqtda davlat xarajatlari tarkibida kuchli ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirishni moliyalashtirish asosiy o‘rin tutadi. Natijada ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladigan xarajatlar ulushi 1990 yildagi 31,5 foizdan 2000 yilda 42,5 foizga va 2010 yilda 59 foizga izchil o‘sdi5. 2011yilda Davlat byudjetining xarajatlar qismi 2010yilga nisbatan 25,4 foizga, 2000yilga nisbatan esa qariyb 17,8 barobar o‘sdi. Qayd etish joizki, davlat byudjeti xarajatlarining 58,7 foizi ijtimoiy sohani moliyalash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida 2012yilning 1yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 17,5 foizidan, eksport hajmiga nisbatan esa 53,7 foizdan oshmaganiga alohida e’tiborni jalb etib, bunday raqamlar xalqaro mezonlar bo‘yicha “Har jihatdan maqbul holat” deb hisoblanishini qayd etdi. Bularning barchasi mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab ham davlat, ham tijorat banklari, kompaniya va korxonalar miqyosida har tomonlama puxta o‘ylangan chetdan qarz olish siyosatini amalga oshirib kelayotganimiz bilan bog‘liq ekanini ta’kidladilar.
Yuqoridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tendensiyasi natijasida qimatli qog‘ozlar bozorining xam dinamikasini tahlil qilishimiz mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori bozor iqtisodiѐtining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblansa, fond birjasi esa bozor qtisodiyotining zaruriy bo‘g‘ini hisoblanadi. Toshkent Respublika fond birjasi – bu qimmatli qog‘ozlar bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar (Markaziy depozitariya, Hisob-kliring palatasi, ikkinchi pog‘onali depozitariyalar, brokerlik idoralari) bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo jarayonlarini yanada takomillashtirib borish orqali fond bozorining barcha sub’ektlari uchun investitsiya manbalariga erkin kira olish imkoniyatini yaratib beruvchi tashkillashgan va doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qimmatli qog‘ozlar bozoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21-yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan ―Toshkent
Respublika fond birjasi bugungi kunda iqtisodiѐtning barqaror o‘sish sur’atlarining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishida va uning rivojlanishida faol ishtirok etmoqda.
Zero, mazkur muassasa aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini birlamchi joylashtirish va ularning ikkilamchi bozorda erkin muomalada bo‘lishi hamda investorlarning qimmatli qog‘ozlar bilan oldisotdi jaraѐnlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda. Birja savdolari orqali, xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ko‘rinishidagi mamlakat iqtisodiyotining turli sohalari xaqiqiy mulkdorlarga, va shunga mutanosib ravishda keng ko‘lamdagi tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiyalash uchun yirik mablag‘lar jalb qilinishiga, yangidan tashkil etilaѐtgan aksiyadorlik jamiyatlari esa o‘z investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ega bo‘lmoqdalar. Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va ularni ―Toshkent Respublika fond birjasi savdolari orqali joylashtirish hisobiga, korxona rivojlanishi uchun ichki va tashqi kapital bozoridan cheklanmagan miqdorda investitsiya resurslarini jalb qilishlari mumkin.
Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishida ―Toshkent Respublika fond birjasi faoliyatini baholab ta’kidlash mumkinki, uning tashkil etilishi va savdo bitimlari zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilishi natijasida barcha investorlar uchun qimmatli qog‘ozlar bozorida qulay va ochiq ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
“Toshkent” RFBning 2011 yildagi asosiy ko‘rsatkichlari Toshkent Respublika fond birjasi mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy savdo maydoni hisoblanadi. 2011 yil natijalari bo‘yicha birja savdo hajmi qimmatli qog‘ozlar bozori umumiy aylanmasining 13,3% foizini tashkil qildi (2010 yilda bu ko‘rsatkich 3,8%ni tashkil qilgan edi). Birja savdo hajmlarining so‘nggi besh yillikdagi natijalari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2011 yilda birja savdo aylanmasi o‘z faoliyati davridagi eng yuqori ko‘rsatgichga erishdi. 2007-2008 yillarda birja savdo aylanmasi 100 mlrd. so‘mdan ko‘proqni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010 yilda esa bu miqdor eng past ko‘rsatkichni, ya’ni 64,4 mldr. so‘mni tashkil qilgan edi. 2011 yil birja faoliyatida sezilarli jonlanish kuzatilib, birja savdo aylanmasining umumiy hajmi 213,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi va bu 2010 yil natijalariga nisbatan 3,3 barobarga ko‘p demakdir. Yil mobaynida 112 ta aksiyadorlik jamiyatining 224,7 mln. dona aksiyalari va 3 ta emitentning 69 ming dona korporativ obligatsiyalari bilan jami 1134 ta birja bitimlari amalga oshirildi.


Xulosa


O‘zbekiston moliya bozorini tartiblashtirish mexanizmini jahon tajribasi asosida taxlil qilish natijasida aniqlangan mavjud muommolarni echish, uning istiqbollarini belgilash maqsadida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalaridan kelib chiqib quyidagi xulosalarni keltiramiz:

  • har bir mamlakatning moliya bozori iqtisodiyotining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanib, uning samarali muvofiqlashtirilishi jahon tajribasi natijalaridan asosida amalga oshirilishini talab qiladi;

  • moliya bozorini muvofiqlashtirishning jahon tajribasini taxlil qilib, shuni aytish mumkinki, milliy qimmatli qog‘ozlar bozorimizni muvofiqlashtirish mexanizmi kerakli darajada rivojlanmagan, buning sababi esa bozorni tartibga solish faqat davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilishi bilan chegaralanib qolinganidir;

  • milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali muvofiqlashtirish maqsadida amaliyotda ijobiy natijalarga olib kelgan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning tamoyillarini amalga oshirish va etakchi modellardan foydalanish zarur;

  • jahon amaliyotida, xususan, 13 ta mamlakatda moliya bozorini tartibga solishda makroregulyatorlardan foydalanilganligi ijobiy natijalariga olib kelgan va kelajakda makroregulyator konsepsiyasining moliya bozorini muvofiqlashtirishning eng maqbul usuli bo‘lib chiqishi mumkin;

  • O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining tranparentlik holatining pastligi, bozorni muvofiqlashtirishdagi tanlangan modelning samarasizligi, milliy qimmatli qog‘ozlar bozorimizda mavjud muommolarni taxlil qilishini va yaqin kelajakdagi istiqbollarini belgilashini taqazo etadi.

Moliya bozorida aksiyadorlik kompaniyalari korporativ boshqaruv tizimi anglo-sakson (“investorlik”) modelidan farqli kontinental (Germaniyadagiga o‘hshash “insayderlik” yoki “ikki pog‘onali”) modelga asoslanganligi (va ichki nodavlat investitsiyalar hajmini kamligi, xususiylashtirish mexanizmi kam samarali bo‘lgani va regulyatorlarning ko‘p sonliligi, banklar, sug‘urta tashkilotlari va byudjetdan tashqari fondlarning etarlicha investitsion samara bilan ishlamayotgani sababli, barcha o‘tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari ma’lum darajada muammolar kelib chiqmoqda:

  1. Minoritar aksiyadorlar ulushlari kamayishi hisobiga yirik aksiyadorlar paydo bo‘lishi, natijada investitsiyalar sifatidagi moliyaviy resurslar jalb qilinishi susayishi kuzatilmoqda. CHunki yirik investorlar korporativ manfaatlari ila kompaniyalarda ustuvor mavqeni egallab, tashqi portfel investitsiyalar oqimiga to‘sqinlik qiladilar, bu esa yangi emissiyalarga (ayniqsa IPO mexanizmini joriy qilinishini) yo‘l bermaydi, listing darajasidan uzoqlashtiradi, qimmatli qog‘ozlarning ochiq birlamchi va davomiy uzluksiz ikkilamchi bozori rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda aytish joizki, ko‘pchilik ichki strategik investorlar aksiyalarini yirik paketlari doirasida kompaniyalariga uzoq muddatli qo‘shimcha investitsiyalarni yo‘naltirishni ko‘pdan hohlamaydilar, balki iloji boricha kompaniyaning ichki rezervlari hisobiga o‘zlarining sarflagan kapitallari qaytimiga qiziqadilar, bu esa kompaniyaning kapitalizatsiya darajasini keskin pasaytirib, modernizatsiyalashtirish va investitsiyalarga muhtojligini keskin oshiradi. Tashqi yirik strategik investorlar esa o‘zlariga tobe bo‘lgan kompaniyani uzoq muddatli strategik reja va manfaatlari ili ikkilamchi bozorga chiqarishga moyil bo‘lmaydilar.


Download 488,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish