Bog'liq Bankdagi maxsus schyotlar hisobini yuritish tartibi.
1.2 Fond birjasi bozor iqtisodiyotining eng muhim muassasasi sifatida Klassik ko‘rinishdagi fond birjasi – bu professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori bo‘lib, u savdo-sotiqning hamda qimmatli qog‘ozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida tartib, tamoyillariga egadir.
Klassik fond birjasining asosiy o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat:
birjaga faqat muayyan talablarga javob beradigan eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarga ruxsat etiladi;
birja savdolariga fond birjasi a’zolarining maxsus muassasasiga aloqador bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi;
qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilishning muvaqqat tartibi va andozalashtirilgan savdo-sotiq tadbirlarining mavjudligi;
birjaning o‘zini – o‘zi tartibga solishi, ya’ni birjani boshqarishni birja savdolari ishtirokchilarining o‘zlari amalga oshiradi.
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlarning alohida tarzda uyushgan bozoridir. U uzoq rivojlanish tarixiga ega.To‘rt yuzdan ortiq yil mobaynida qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdosini tashkil etish shakli ham, birjani o‘zining jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotidagi roli ham o‘zgardi.
Fond birjalari qimmatli qog‘ozlar bozorining markaziy bo‘g‘inini, uning yordamida bozor iqtisodiyotida sarmoyaga bo‘lgan talab va taklif bir erga to‘planadigan asosiy mexanizmlardan birini o‘zida namoyon qiladi.
Fond birjasi sarmoya etkazib beruvchilarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini safarbar qilish va uni qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi orqali investitsiya qilishning eng muhim iqtisodiy vositalaridan biri hisoblanadi. Har qanday taraqqiy etgan mamlakatda u nafaqat qimmatli qog‘ozlar bozorida bajarilgan bitimlarning ro‘yxatga olinishini, qayd etilishini, sarmoyaning bir tarmoqdan boshqasiga quyilishini ta’minlovchi muassasa bo‘lib, barki butun iqtisodiyot ahvolining barometri bo‘lib xizmat qiladi. Fond birjasi – bu qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi orqali bir-birini topadigan joy.Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy unsuri hisoblanadi, uni ko‘pincha “fond bozori” deb ham atashadi.
2.O‘zbekistonda fond birjasining vujudga kelishi.
1991 yilning bahorida O‘zbekiston hukumatining qarori bilan respublikaning eng yangi tarixida birinchi “Toshkent” O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi tashkil etildi. O‘sha yilning yoziga kelib u tovar seksiyasida savdolarni o‘tkaza boshladi.
1991 yilning sentyabrida Biznes milliy universiteti bazasida “Toshkent” birjasi “Aksiyalashtirish.Qimmatli qog‘ozlar bilanoperatsiyalar”maxsus kursini tashkil etdi.Savdo zalining fond seksiyasida ishlashni hohlovchi barcha brokerlar ushbu kursda o‘qishlari lozim edi. O‘sha yilning kuz oylari mobaynida me’yoriy hujjatlar paketini ishlab chiqish bo‘yicha jiddiy ishlar olib boriladi va bu ishlar 1992 yilning boshiga kelib tugatildi. O‘sha faqtda “Toshkent” birjasi Fond bo‘limi to‘g‘riisda, brokerlik joyi to‘g‘risida, Fond bo‘limining a’zolari to‘g‘risida, Ekspert, Malaka, Kotirovka, Nizolar bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risida tasdiqlangan nizomlarga va eng asosiysi boshqa respublikalar, shuningdek, G‘arbiy Evropa davlatlari hamda AQSH fond birjalari tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ega edi.
1992 yilning yanvarida “Toshkent”birjasining Fond bo‘limining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha aylanmasi 26 mln. rublni tashkil qildi, bu Rossiyani dongdor fond birjalarining xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi. Savdolarga banklarning aksiyalari, turli birjalarning fond boyliklari toifasiga kiritiladigan brokerlik joylari, shuningdek, ishlab chiqarish – tijorat yo‘nalishidagi dastlabki aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘la boshlagan aksiyalari qo‘yildi.
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 1994 yil yanvardagi Farmoniga muvofiq, 1994 yil 8 aprelda uning negizida uning nomini, avvalgi belgisini – bir o‘rkachli tuya (matonatlilik va chidamlilik ramzi), fond birjalari faoliyat ko‘rsatishining mumtoz tamoyillariga asoslangan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga amal qilish an’analarini saqlab qolgan “Toshkent” Respublika fond birjasi tashkil etildi.
Fond birjasining tashkiliy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra fond birjasi – bu qimmatli qog‘ozlar bir maromda muomalada bo‘lishining zarur shart- sharoitini ta’minlash, ularning bozor bahosini (qimmatli qog‘ozlar talab va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir ma’lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish faoliyatining alohida sohasi bo‘lgan tashkilotdir.
Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan birja faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Fond birjalarining muassislari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, ularning xodimlari va mutaxassislari birjalarning muassislari sifatida ishtirok etishi mumkin emas.
Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
birja savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xizmatkorlari tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat’iy rioya qilinishi;
birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi;
birja savdolari o‘tkazilishini lodindan belgilangan joyi va vaqt bilan reglamentlash yo‘li orqali ushbu savdolarning reglamentlanishini ta’minlash;
tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash;
birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni zudlik bilan e’lon qilish hamda birja savdolari ishtirokchilarini birja bitimlarining narxlari to‘g‘risida xabardor qilish;
qonun yo‘li bilan talab etiladigan birja axborotini taqdim etish va e’lon qilish;
tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto‘g‘ri axborot berilishining taqiqlanishi va ta’qib qilinishi va h.k.
Birjada quyidagilar taqiqlanadi:
qalbaki, sun’iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;
monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vakil etilgan organ bilan oldindan kelishuvlarsiz bir-birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan biror – bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta’minlovchi yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‘ini ta’minlovchi aksiyalarni xarid qilish himda bitimlarni ro‘yxatga olish;
bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) bo‘yicha ko‘lamli bitimlarning tuzilishi;
qimmatli qog‘ozlar bozori kon’yunkturasining sun’iy ravishda o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan boshqa harakatlar.
Fond birjalari o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari qoidalarini, birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a’zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda quyidagi ta’riflarni nazarda tutishi kerak :
muayyan birjada qimmatli qog‘ozlar bilan savdo – sotiq qilish tamoyillari;
birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
bija yig‘ilishlarining joyi va vaqti haqida axborot;
qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi;
bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar, xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyati fond birjasining maxsus faoliyat turi bo‘lganligi bois, qonunchilik bilan uning daromad manbalari qat’iy reglamentlangan. CHunonchi, birja faoliyatini o‘z aksiyalarini, paylarini, brokerlik joylarini sotish, muntazam a’zolik badallari, birja bitimlarini ro‘yxatga olishdan tushgan yig‘imlar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda vositachilik qilganlik uchun vositachilik haqlari, shuningdek, axborot va ayrim boshqa xizmatlardan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.