Folklorshunoslikka



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

Savol va topshiriqlar:
1. Folkloming o ‘rganilish tarixi deganda nimani tushansiz?
2. Folklorshunoslik maktabalriga qachon asos solingan?
3. Folkloshunoslikdagi tarixiy maktabning mohiyatini tushuntiring.
4.  0 ‘zbek  folklorshunosligi  qanday  maktablarga  suyanib  ish 
ko‘rgan?
5. Bugungi kundagi yetakchi ilmiy maktablar.
1.5. FOLKLORSHUNOSLIK METODLARI
Qiyosiy  -  tipologik  metod.  M aiumki,  qiyosiy  folklorshunoslik 
an’anaviy  komparatavistika  (ya’ni  qiyosiy  adabiyotshunoslik)ning 
tarkibiy  qismlaridan  biridir.  Bunday  tadqiqot  metodi  asosida  etnik 
kelib chiqishi,  lisoniy  mansubiyati, jo ‘g‘rofiy  o‘rni va madaniy-iqti- 
sodiy an’analariga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi xalqlar folkloridagi 
mushtarak  syujetlarning  yuzaga  kelish  qonuniyatlari  o'rganiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Turli xalqlar folklori oitasidagi aloqalarning bir necha tiplari mav- 
jud b o iib ,  ularning har  biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan 
xarakterlanadi.  Shuning  uchun ham  folklor  asarlarini  ilmiy  tadqiq 
etishning  keng  tarqalgan  va  samarali  metodlaridan  biri  “qiyosiy- 
tipologik metod” hisoblanadi.  “Qiyoslash” deganda muayyan folk­
lor janri,  epik  syujet,  motiv  yoki  obrazni  boshqa  xalqlar  og‘zaki 
badiiy  ijodi  materiallari  bilan solishtirib,  taqqoslab  o‘rganish  aso- 
sida o ‘zaro  o‘xshash  hamda  farqli  xususiyatlarni  aniqlash nazarda 
tutiladi.
Fransuz  olimi  Arnold  Van-Gennep  “Din,  odatlar  va  afsonalar” 
nomli besh jildlik asarining  1908-yilda chop ettirilgan 2-jildidagi et- 
nografiyaning tarixiy taraqqiyoti haqidagi maqolasida folklorshunos- 
likdagi tarixiy va qiyosiy metodlarni bir-biridan farqlanuvchi usullar 
sifatida baholagan. U tarixiy metod hodisalarni muayyan xronologik 
tartib  asosida  baholaydi  hamda  yozma  niateriallardan  foydalangan 
holda hujjatlilikka tayanadi; qiyosiy metod esa zamoniy va makoniy 
jihatdan abstrakt holatda ish ko'radi hamda og'zaki manbalarni ham 
jalb  qiladi.  Har ikkala holatda ham tadqiqot predmeti  o‘zgarmasligi 
bu metodlar muvaifaqiyatli qoilanilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Jo‘g‘rofiy  o'rniga  ko'ra  bir-biridan  olisda joylashgan  va  lisoniy 
mansubiyatiga ko‘ra turli xil tillar oilasiga kiradigan xalqlar folklori- 
dagi poetik  elementlar mushtarakligi tipologik o‘xshashlik namunasi 
hisoblanadi.  X.M.  va N.K.Chadviklar polineziyaliklarning madaniy 
qahramon  haqidagi  miflari,  Sibirda  yashovchi  turkiy  xalqlar  ertak- 
lari, antik, qadimgi gennan va kelt qahramonlik dostonlari, rus ham­
da janubiy slavyan eposi  syujetini o‘zaro qiyoslab o‘rganish asosida, 
tahlil  etilgan  matnlarning  badiiy  qurilmasida  tipologik  mushtarak- 
lik  mavjudligini  aniqlashgan.  Ularning  fikricha,  turli  xalqlar  folk- 
loridagi  bunday  tipologik mushtaraklik “adabiy  an’ananing  parallel 
rivoji” hamda “turmush tarzi va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlaming 
o'xshashligi” natijasida yuzaga keladi.
0 ‘rta  asr  Yevropa  eposi  syujetini 
turkiy  va  mo‘g‘ul  xalqlari 
folklori  bilan  qiyoslab  o‘rgangan  G.N.Potanin  tipologik  aloqalarni
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


tizim sifatida tahlil qilish muhim nazariy  xulosalar chiqarishga asos 
boiishini qayd qilgan edi.
Genetik-kontakt aloqalar nazariyasi Slovak olimi D.Dyurishin to- 
monidan  ilgari  surilgan  boiib,  milliy  adabiyotlardagi  mushtaraklik 
badiiy tafakkurning tarixiy rivoji hamda adabiv an’analarning o‘zaro 
ta’siri doirasida tekshiriladi.
0 ‘zaro  adabiy  ta’sir  yoki  adabiy  aloqalarning  syujet  rivo- 
jini  ta’minlashdagi  badiiy-estetik  o‘rnini  belgilash  ham  qiyo- 
siy  folklorshunoslikning  muhim  masalalaridan  biri  hisoblanadi. 
A.N.Veselovskiyning yozishicha, u yoki bu milliy folklordagi mush- 
tarak motivlar o‘z-o‘zidan yuzaga keladi. Ammo  motivlar tizimidan 
tashkil  topgan  epik  syujetlardagi  o ‘xshashlik  adabiy  o‘zaro  ta’sir 
natijasida hosil  boiishi ham mumkin11.  Har qanday  adabiy ta’sir va 
o ‘zaro aloqalar tarixan asoslangan ijtimoiy zaminga egadir, Ikki xalq 
folklorining  o‘zaro  bir-biriga  ta’siri  muayyan  ijtimoiy  zaruratdan 
kelib  chiqadigan  estetik  ehtiyojga  bogiiq  boiadi.  Ana  shu  estetik 
qonuniyatlarga  suyangan  holda  dunyo  xalqlari  folklori  epik  syujet- 
larining 0 ‘rta Osiyo turkiy xalqlari og‘zaki ijodiyotida ommalashish 
jarayonini tahlil qilish,  obraz va motivlar epik tabiatida ro‘y  bergan 
fimksional-semantik o ‘zgarishlarni aniqlash mumkin,
A.N.Veselovskiy o‘zining o‘zaro  adabiy ta’sir haqidagi  qarashla- 
rini rivojlantira borib, adabiyotlararo ijodiy munosabatlarning o ‘ziga 
xos jihatlaridan  biri  -   “qarshi  oqim  nazariyasi”ni  ilgari  surgan  edi. 
Adabiy  jarayonning  muhim  belgilaridan  biri  hisoblangan  “o ‘zaro 
ijodiy  o‘zlashtirish  deganda  qandaydir  bo‘shliqda  muayyan  badiiy 
elementning paydo boiishini emas,  balki  ijodiy an’analaming “qar­
shi  oqimi”ni,  tafakkur  usulining  o‘xshashligi  va  olamni  fantastik 
idrok etish asosida tugilgan obrazlar mushtarakligi nazarda tutiladi”.
Bu nazariyaning tub  mohiyati  (qolaversa,  bu fikr komparatavist- 
larning  asosiy  nazariy  xulosalaridan  biri  ham  edi)  jahondagi  turli- 
tuman  xalqlar  folkloridagi  syujetlar  genetik  jihatdan  yagona  epik 
o‘zakka borib  taqalishini  asoslashdan iborat edi.  Demak,  turli  xalq-

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish