Folklorshunoslikka


Алпомиш. Узбек халк; кахрамонлик эпоси. Нашрга тайёрловчи Т. Мирзаев. —Тошкент: Фан



Download 28,65 Mb.
bet32/58
Sana25.03.2022
Hajmi28,65 Mb.
#508836
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo\'rayev, J.Eshonqulov)

12 Алпомиш. Узбек халк; кахрамонлик эпоси. Нашрга тайёрловчи Т. Мирзаев. —Тошкент: Фан, 1999, 144-145 б.
107

www.ziyouz.com kutubxonasi



Doston syujetining keyingi «taqdiri» ana shu tush motivi bilan be- vosita bogiiqki, agar Alpomish, Barchin va Qorajon ana shu tushni ko‘rmaganlarida, Qorajon Alpomish bilan do‘st tutinmagan va vo- qealar tizimi boshqacha rivojlangan, bu esa syujet o‘zgarishiga olib kelgan boiardi. Bu holat barcha variant va versiyalarning ichida eng mukammali hisoblangan Fozil Yoidosh o‘g‘li variantining badiiya- tiga ham salbiy ta’sir qilmay qolmasdi.
Epik ijodda motivlar hamisha rang-barang boiadi. Shuning uchun ham syujetda har bir motiv o‘ziga xos «yuk»ka ega. Motivlar- ning o'zaro bir-biriga bogiiqligi, syujetdagi barqarorligi doimo ham bir xil boiavermaydi. Shuning uchun ulami ikki yo‘nalishda olib qa- rash mumkin. Birinchisi, biror bir motivlaming tushib qolishi yoki o‘zgarishi syujetda ham tub o‘zgarish boiishiga olib keluvchi barqa- ror motivlar. Bunday motivlar asar strukturasida mustahkam o‘ringa ega boiadi. Ikkinchisi, motivlar o‘zgarishi hech qanday syujetning o‘zgarishiga olib kelmaydi. Bunday motivlar boshqa bir motiv bilan almashtirish mumkin boigan nobarqaror motivlardir.
Fozil Yoidosh o‘g i i variantidagi tush motivi barqaror motivlarga taalluqli boiib, bu motivning o‘zgarishi boshqa motivlaming ham o‘zgarishiga olib keladi. Biroq shu dostonning Poikan va Ergash Jumanbulbul o‘g i i variantidagi voqea yakunida kelgan tush motivi- ning o‘zgarishi yoxud tushib qolishi syujetda aytarli darajada katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Shuning uchun ham unga nobarqaror motiv namunasi sifatida qarashimiz mumkin.
Barqaror motivlar ham hamisha harakatda, ichki o‘zgarishlarga moyilekanligini ham unutmaslikkerak.Misol uchun, «Kuntug‘mush»,
«Rustamxon», «Go‘rotgiining oiimi» kabi dostonlarda ham tush barqaror motiv boiib keladi. Lekin «Kuntug‘mish» dostonida u safar, «Rustamxon»da uylanish, «Go‘ro‘giining oiimi»da oiim motivi bilan bogiiq holda keladiki, bu bogiiqlik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. «Kuntug‘mish»da qahramon tushida yorini,
«Rustamxon»da ona o‘z qizini, «Go‘ro‘giining oiimi»da Go‘ro‘g ii o‘z pirini tushida ko‘radi. Barqaror motivdagi ana shu kichik ichki
108

www.ziyouz.com kutubxonasi



o‘zgarish keyingi raotivga ta’sir qiladi, shu sababli keyingi motiv ana shu o‘zgarishga qarab belgilanadi.
MOTIV (fr. motif - kuy, ohang so‘zidan) - syujet tarkibidagi, uni yuzaga keltiruvchi asosiy halqalardan biri. Motivlar o‘zaro bir- lashib syujetni yuzaga keltiradi. Motiv termini xalq og‘zaki ijodida, xususan, doston, ertak kabi katta epik janrlami o‘rganishda ishlati- ladi. Qahramonning g‘ayritabiiy tugilishi, personajning ovga yoki safarga chiqishi, uning qahramonlik uyqusiga ketishi tush motivlari shular jumlasidandir. Rus folkloristikasida A.N. Veselovekiy,
V.M. Jirmunskiy, V. P. Propp, E. Pomeranseva. B. N. Putilov; o‘zbek folkloristikasida prof. H. T. Zarifov, M. Afzalov kabi tadqiqotchilar- ning ishlarida motiv termini keng qoilanilgan. Hatto rus folkloristi
V. Y.Propp o'zining «Ertaklar morfologiyasi» nomli asarida ertak syujetining tuzilishi, uning tarkibidagi motivlar va ulaming birikish tiplarini maxsus tahlil qilib, umumjahon ertakshunosligida syujet- lami o‘rganishning eng qulay yoiini ko‘rsatib beradi.
Adabiyotshunoslikda motiv termini asaming asosiy mavzu va g‘oyasini toidirishga xizmat qiluvehi qo‘shimcha mavzuni g‘oyaviy liniyaga nisbatan qoilaniladi.
SYUJET (fransuzcha — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini taslikil etadigan, bir-biri bilan o‘zaro bogiiqlikda kecha-digan, qahramonlar o‘rtasidagi aloqalardan tarkib topgan vo- qealar tizimi. Syujet motiv bilan chambarchas bogiiq. Badiiy asar- larda motivlar birlashib, syujetni yuzaga keltiradi. Shu ma’noda syujetni motivlaming ilgarilama harakati deyish mumkin. Misol uchun,
«Alpmish» dostoni an’anaviy befarzandlik motivi bilan boshlanadi. So‘ngra farzandning tug‘ilishi, unga ism qo‘yish, sinov, safar, uyla- nish, oiim , uyga qaytish motivlari bilan bogianib, doston syujetini yuzaga keltiradi. Shuning bilan bir qatorda syujet badiiy asardagi xarakter bilan ham uzviy bogiiq boiib, badiiy ijodda muhim o‘rin tutadi. Syujet badiiy adabiyotning barcha turlari va janrlarida mav- jud. Syujet personajlar harakati tufayli shakllanadi. U she’riy asarda, ayniqsa, kichik she’riy asarlarda, prozaik asarlarga qaraganda yashi-
109

www.ziyouz.com kutubxonasi



rinroq boiadi. Har bir adabiy turda syujet o‘ziga xos xarakterga ega. Ko‘pgina lirik asarlarda ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan syujet tizimi yo‘q. Ulardagi his-tuyg‘u, o‘y-kechinrnalar rivoji qaysidir ma’noda lirik asar syujetini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik urnuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi boimasligi ham mumkin. Ayni chog‘da, syujet faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.
Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining o‘zaro rnunosa- batiga ko‘ra, syujet asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (vo- qeaband boimagan) turlarga boiinadi. Xronikal syujetda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi. Konsentrik syujetda esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahami- yat kasb etadi. Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi syujetlarning har ikki turi uyg‘unligidan tarkib topgan shakli ko‘proq uchraydi.
Badiiy asar Syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok eta- digan qahramonlar masalasiga bevosita bogiiq. Chunki syujet aso- sidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muhimi, haqiqiy badiiy asarlarda awalo qahramonlar o‘z dardi-dunyosi bilan namoyon boiadi.
Badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulmi- natsiya, yechim singari bir qator unsurlardan tarkib topadi. Masa- lan, «Rustamxon» dostonida Rustamning Ajdarni yengish epizodi asaming kulminatsion nuqtasi sanaladi. So‘ngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda syujet unsurlari ba'zan turlicha hajm va turli- cha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozi- tsiya yoki yechim singari syujet unsurlari boimasligi ham mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, o‘quvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasawurini kengaytiradi. Ba’zi adabiyotshunoslar prolog (muqaddima) va epilog (xotima) larni ham syujet element sifatida ko‘rsatadilar. Syujet kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tu- shunchalar bilan ham mustahkam bogiangan.
SYUJET TUGUNI - badiiy asarlarda voqea va qahramonlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming boshlanishi. Misol uchun, «Kenja botir»
110

www.ziyouz.com kutubxonasi



ertagida podsho bog‘ida olma daraxtidan olmaning o‘g'irlanishi boshlanishi boisa, aka-ukalarning safarga otlanishi syujet tugunidir. SYUJET CHIZIGi - badiiy ijodga taalluqli atama. Epik ham-
da lirik-epik asarlardagi voqealaming maium tartibda, ketma-ket mantiqiy bogianishdagi joylashishi. Badiiy asardagi syujet chizig‘i bevosita asaming kompozitsiyasiga aloqador masalalardan biri- dir. Asardagi voqealar bir-biri bilan sabab-oqibat munosabatida bogiangan boiib, uiar ijodkor g‘oyasini, maqsadini ifodaiaydigan, ro‘yobga chiqaradigan tarzda joylashgan boiadi. Asarning syujet chizig'ida har bir detal, har bir epizod biror vazifa bajarishi lozim, ya’ni syujet chizig‘idagi har bir epizod asar voqealarining mantiqiy talabi zarurati tufayli kiritilgan boiishi kerak. Ko‘p planli badiiy asarda esa asosiy syujet chizigi bilan bir qatorda yordamchi syu- jet chiziqlar ham mavjud boiadi. Yordamchi syujet chiziqlari asar- ning asosiy syujet chizigini biror tomondan toidiradi. Masalan,
«Rustamxon» dostonida befarzand podshoning farzandli boiishi dostonning asosiy syujet chizigini tashkil etsa, undagi Rustamni o‘qitgan mulla bilan bogiiq tavsirlar yordamchi syujet chizigini tashkil etadi. Syujet chizigi badiiy asar konflikti va uning hal etilishi asosida yotuvchi voqealami qamrab oladi.



Download 28,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish