FIZIOTERAPEVTIK DAVOLASH USULLARI
Ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklariga davo qi-
lishda fizioterapevtik usullar ko‘p qo‘llaniladi.
Organizmga biron fizioterapevtik usul bilan ta’sir etganda shuni
nazarda tutish kerakki, har qanday boshqa tashqi ta’sir kabi fi-
zioterapevtik ta’sir ham reflektor reaksiyalarga sabab bo‘ladi. Fizioterapevtik muolajalarning shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishida ana shu
reaksiyalar katta rol o‘ynaydi. Davolash muassasalarida ko‘rsa-
tiladigan terapevtik ta’sirlarda shartsiz ta’sirot (ya’ni biron fiziote-
rapevtik muolaja) bilan birga, har xil tashqi omillar ham ta’sir
etishini esdan chiqarish yaramaydi.
DIATERMIYA
Diatermik tok (yuqori chastotali tok) bir necha elektrodli max-
sus apparatlar yordamida hosil qilinadi va mahalliy diatermiya
shaklida qo‘llaniladi.
Ginekologiyada elektrodlarni qorin bilan belga (qorin-orqaga
joylashtirish), qorin bilan qinga qo‘yish (qorin-qin-orqaga joylash-
tirish) keng qo‘llaniladi.
Diatermiya, ayniqsa, gonokokk kabi issiqqa ojiz bakteriyalarga
bakteritsid ta’sir etadi, to‘qimalardagi modda almashinuvini
oshiradi, qon va limfa aylanishini kuchaytiradi, og‘riq sezgisini ka-
maytiradi va hokazo.
Ginekologiyada diatermiya chanoq qorin pardasi yallig‘lanib,
bitishma, ekssudatlar paydo bo‘lganda, operatsiyadan keyin
chandiqlar yuzaga kelganda, parametritlarda, bachadon ortiqlari-
dagi yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llaniladi.
Tuxumdon giðofunksiyasida, jinsiy a’zolar chala yetilganda,
spastik dismenoreyada diatermiya yaxshi natijalar berishi mumkin.
Yorug‘lik bilan davolash. Ginekologik kasalliklarga davo qilish
maqsadida yorug‘lik yoki gelioterapiya (oftob bilan davolash) shak-
lida yoki sun’iy yorug‘lik manbalari yordamida qo‘llaniladi.
Quyosh vannalari. Organizmga oftobning ko‘rsatadigan ta’siri
quyosh yorug‘ligi spektrining tarkibiga va yoritilish muddatiga
bog‘liq. Quyoshning nechogliq balandda turishiga va atmosfera ho-
latiga (namlik, bulut va shunga o‘xshashlarga) qarab hatto bir joy-
dagi quyosh spektri ham farq qiladi. Shunday ekan, kunning turli
soatlarida va turli fasllarda quyosh bir xilda ta’sir etmaydi.
Quyosh vannalaridan foydalanish ba’zi bir qoidalarga rioya qi-
lishni talab etadi, chunonchi:
— davolashga kirishishdan oldin bemor badanini oftob bilan
yoritishga asta-sekin o‘rgatishi zarur;
— dastlabki havo vannalarida kasallik o‘chog‘ini yoritmaslik ke-
rak, chunki yallig‘lanish jarayonlarini zo‘riqtirib yuborish xavfi bor;
— bemorning boshiga (ayniqsa, ko‘ziga) oftob tushmasligi
uchun to‘sib qo‘yish kerak;
— to‘yib ovqat egandan keyin oftob muolajalarini qo‘llash ya-
ramaydi;
— muolaja vaqtida bemorga doimo qarab turiladi (yurak faoliyati
tekshiriladi), mahalliy reaksiyaga (teri reaksiyasiga) va bemorning
umumiy ahvoliga e’tibor beriladi;
— quyosh vannasi tamom bo‘lgach, bemorning charchash va
bedarmonlik hissini bartaraf qilish uchun iliq suvli vanna buyu-
riladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim Vazirligi
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligi
FARG`ONA VILOYATI KASBIY TA`LIMNI
RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
HUDUDIY BOSHQARMASI.
MARG’ILON ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI
JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI
"Feldsher Akusherlik ishi" yoʻnalishi 206-guruh oʻquvchisi SOBIROVA MARJONAning Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya modulidan Mustaqil ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |