MASSAJ VA DAVOLASH BADANTARBIYASI
Massaj (uqalash) qimmatli terapevtik usul bo‘lib, turli kasal-
liklarda muvaffaqiyat bilan qoilanadi.
Massaj qon aylanishini yaxshilaydi, binobarin, to‘qimalarning
qon bilan yaxshiroq ta’minlanishiga yordam beradi, modda al-
mashinuvi mahsulotlarining tezroq chiqib ketishiga imkoniyat
tug‘diradi, muskullar sistemasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muskullar
atrofiyalanganda massaj, ayniqsa, yaxshi yordam beradi.
Ginekologik bemorlarda chanoq tubi va qorin devori mus-
kullarining funksional kamchiligi (bo‘shashganligi, yaxshi qis-
qarmasligi)da massaj tavsiya etiladi. Bunday hollarda massaj bi
lan birga, odatda, gimnastika mashqlari ham buyuriladi. Uzoq
vaqt o‘rinda yotaverib, quvvatdan ketgan va kasallikdan tuzala-
yotgan bemorlarga massaj tavsiya etiladi. Bunday bemorlarning
umumiy massaj kursidan keyin kayfiyati, uyqusi, ishtahasi yaxshi-
lanadi. ginekologik massaj kamroq qo‘llaniladi.
Ginekologik massaj qilish uchun ko‘p bilim va tajriba kerak,
shu sababli ginekologik massajni faqat shifokor qilishi kerak.
Kichik chanoq a’zolari bilan to‘qimalarining o‘tkir va yarim-
o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida, bemor turli sabablarga ko‘ra,
isitmalaganda, kichik chanoqda abssesslar paydo bo‘lganda (garchi
bu abssesslar bosilib turgan bo‘lsa ham) ginekologik massaj tavsiya
etilmaydi.
Har xil yuqumli kasalliklar, sil, yomon sifatli o‘smalar, ho-
miladorlik (hatto homiladorlikka gumon bo‘lganda ham) massaj
qilishga monelik bo‘ladi. Shu sababli massaj buyurishdan oldin be-
morni klinik laboratoriyada sinchiklab tekshirish (qoni, siydigi,
ROY ni tekshirish) kerak.
Bolalikdan boshlab badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanish
ayol organizmi uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir.
Badantarbiya bilan muntazam shug‘ullangan ayollar osonroq
tug‘adi, tug‘ruq va chilla davrida turli kasalliklarga kamroq chalina-
di, ularning organizmi badantarbiya bilan shug‘ullanmagan ayollar
organizmiga qaraganda chidamliroq bo‘ladi, shu sababli ular kam-
roq kasallanadi va kasallikni yengilroq o‘tkazadi.
Mana shuning uchun ham, tibbiyot xodimlari ayollarning
yoshidan qat’i nazar, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanishini
doim targ‘ib qilishlari zarur.
Kasallikdan tuzalayotgan bemorlarga yengil gimnastika mashq-
laridan iborat shifobaxsh badantarbiya tayinlanadi, operatsiyadan
keyin tuzalayotgan bemorlarga shifokorning maxsus ruxsati bilan
badantarbiya buyuriladi.
Mashqlar har bir bemor uchun alohida tanlanib, qo‘l-oyoq-
larini yengil harakatlantirish, engashish, yurish, o‘tirish va shunga
o‘xshash mashqlardan iborat bo‘ladi.
Quvvatdan ketgan bemorlarning badantarbiya bilan shug‘ul-
lanishi uchun monelik bo‘lmasa, begona kishining yordami bilan
passiv harakatlar qilish (masalan, bemorning qo‘l-oyog‘ini qimir-
latish), ya’ni passiv shifobaxsh gimnastika qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |