9. 7. Qon aylanishi
Qon aylanishining ahamiyati. Qon o ‘zining hayotiy zarur
funksiyalarini doimiy harakatda bo'lgandagina bajara oladi. Qon
ning organizmdagi harakati. uning tinimsiz aylanishi qon aylani
shining mohiyatini tashkil etadi.
Organizmning ichki muhitini doimivligini qon aylanishi tizimi
a'zolari ta'm in etadi. Qon aylanishi tufayli barcha a ’zolarga va
to'qim alarga kislorod. to ‘yimli moddalar, tuzlar, gormonlar, suv
olib boriladi va organizmdan almashinuv mahsulotlari chiqariladi.
To'qim alarni issiqlikni juda past o ‘tkazganligi sababli, issiqlikni
odam tanasidagi a'zolardan teriga va tashqi muhitga o'tkazilishi,
asosan, qon aylanishi hisobiga bajariladi. Organizmni va uning
barcha a ’zolarining faoliyati qon aylanish a'zolari funksivasi bilan
chambarchas bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |