Fiziologiyasi va gigiyenasi



Download 8,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/252
Sana29.04.2022
Hajmi8,61 Mb.
#594382
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)-857

4. 1. O bquv yili gigiyenasi
Umumiy o 'rta ta iim maktablarida joriy qilingan ish dasturiga 
asosan o'q uv jarayonining davomiyligi kichik maktab yoshidagi 
o'quvchilar uchun qisqaroq. o'rta, katta maktab yoshidagi o 'q u v ­
chilar va litsey talabalari uchun esa davomliroq b o ia d i. O 'quv 
yili davomida o'quvchilarning ish qobilivatining saqlanib turishi- 
da qishki, bahorgi, yozgi ta'til kunlarida bolalarning yaxshi dam 
olishlari muhim aham iyatga ega. O 'quv m ashg'ulotlarini ta ’tillar 
bilan almashlab turish rejadagi o'quv materialining bir m e'yorda 
taqsimlanishi bilan o'quvchilar toliqishining oldi olinadi, mehnat- 
dan so'ng so g 'lig 'i va ish qobiliyatining qayta tiklanishiga imkoni- 
vat yaratiladi.
M a'lum ki. aqliy qobiliyat diqqat-e'tibor. xotira ko'rinishlari 
yozdan keyin. ya'ni kuz oylarida aynan aholi dasturxoni meva va
www.ziyouz.com kutubxonasi


sabzavotlar bilan to'lgan oylarida, oktabrdan to yanvargacha ancha 
yuqori bo'ladi. Bolalar ratsionidagi rneva va sabzavotlarning ka- 
mayishi tufayli vanvar-mart oylariga kelib bular asta-sekin pasavib, 
may va yoz oylarida keskin kamayib ketadi. Uzoq davom etadigan 
va o g 'ir kechadigan uchinchi chorakda o'quvchilarning ish qobili- 
vati va fanlarni o'zlashtirish darajasi pasavib ketadi.
К. M. Vavnrub (1979) tom onidan o'tkazilgan tekshirishlarning 
natijalariga ko'ra, o'quvchilarning birinchi, ikkinchi va uchinchi 
o'quv choraklari orasidagi ta ’tillar, ularning ish qobiliyatlarini asli- 
ga keltiradigan bo'lsa, uchinchi chorak bilan to'rtinchi chorak o 'rta ­
sidagi ta'tillarning so'nggi chorakda o'qish uchun zarur bo'ladigan 
yaxshi damni ta ’minlab bera olmas ekan. O 'qish boshlanishidan bir 
necha kun avval,maktabdagi o'quv tartibi bilan tanishtirish maq- 
sadida o ’qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilar bilan uchrashuvlar 
tashkil qiladilar. Sinf rahbari har bir o'quvchining bo'yini, ko'rish 
va eshitish qobiliyatilarini hisobga olgan holda o'tiradigan parta- 
sini belgilavdi.
Bolalarning qaysi smenada o'qishi ham ularning aqliy faoliyati- 
ga ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi smenada o'qiydigan o'quvchilar mak- 
tabga ancha toliqib keladilar, shu sababli ularning o ’qish kunini 
tashkil qilish muhim aham iyatga ega. Birinchi va bitiruvchi sinflar, 
albatta. birinchi smenada o'qishlari kerak. Bir smenali maktablarda 
o'qishni soat 8. 30 yoki 9. 00 dan, ikki smenali maktablarda esa 
soat 8. 00 da boshlash zarur. Umumiy o 'rta ta’lim maktablarining 
hozirgi vaqtda O ’zbekistondagi o'quv yuklamasi quyidagilardan 
iborat:
- 1 -2 -3 - sinflarda bir haftalik y u k la m a - 24 soat;
- 4- sinfda 27 soat;
- 5 -6 -7 - sinflarda 32 soat;
- 8- sinflarda 34 soat;
- 9- sinflarda, kollej va litseylarda 36 soat bo'lishi kerak. Fakul- 
tativ m ashg'ulotlar yuqori sinflarda 4 soat bo'lishi qayd qilingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirda oliy, o 'rta maxsus va umumiy o 'lta maktablarida 
ta iim n in g asosiy shakli dars bo'lib, u turlicha olib borilishi m um ­
kin. Aqliy mehnat qobiliyatini optimal darajada saqlash uchun dars- 
ning tuzilishi va o'quv kunining tashkil qilinishi muhim ahamiyatga 
ega. Uning davomiyligi, qiyinligi, zerikarliligi o'quvchilardan har 
xil faoliyat talab qiladigan m ashg'ulot turlarini to 'g 'ri almashlab 
tuzishni ko 'zda tutadi. Dars o'tishning k o'p yillar davom ida shakl- 
langan an'anaviy 4 komponentli shakli (savol-javob, yangi materi- 
alni tushuntirish. uni m ustahkamlash. uyga vazifa berish) hozirgi 
rivojlangan zamonaviy o'qitish jarayoni sharoitida qisman ko 'rib
chiqilmoqda. Zamonaviy darsning shakli nihoyatda mukammal 
tuzilgan bo'lib. dars oidida turgan vazifalarning konkret talablariga 
aniq javob berishi kerak.
O 'quv m ashg'ulotlari maktab o'quvchilarining oldiga qator 
ancha murakkab (o'qishning boshlang'ich davrlarida) talabiar 
qo'ym oqda. Shu m unosabat bilan o'quv muddati bolalarning yoshi. 
imkoniyatlariga mos keladigan bo'lishi zarur. Kichik yoshdagi 
bolalarning ish qobiliyati darslar boshlangan vaqtdan hisoblagan- 
da 1,5 soatlardan keyin, o 'rta va katta maktab yoshidagilarda esa 
2 -3 soatdan so ‘ng pasaya boshlaydi. ayniqsa. 6- soatga kelib kes- 
kin pasayib ketadi.
Shu munosabat bilan darslarning qancha davom etishi o'quv ja- 
rayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omili hisobla­
nadi. Uzoq va yaqin xorijiv mamlakatlarda. shu jum ladan, bizning 
mam lakatim izda o'qitish yuzasidan to'plangan k o 'p yillik tajriba 
45 daqiqali darsni eng qulay muddat deb e 'tiro f etadi. Biroq. dars 
to 'g ’ri tashldl etilgan taqdirdagina bu muddat samarali natija be­
rishi mumkin. Fiziolog va gigiyenistlarning fikricha. birinchi sinf 
o'quvchilari uchun dars 35 daqiqadan oshmasligi kerak. Endigina 
maktabga qadam qo'ygan bolalarda maktabgacha davrda paydo 
bo'lgan va odat tusiga kirgan stereotip buziladi va bola o 'ziga no- 
tanish bo 'lgan maktab sharoitiga moslasha boshlaydi. Shu yoshda-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gi bolalarning asab jarayonlari m e'y or id an ortiq tez o'zgaruvchan 
b o iib , q o 'zg 'alish torm ozlanishga nisbatan ustun turadi. Bu esa 
k o ‘pincha o'quv m ashg'ulotlarining yuklamasi ortiqcha bo'lishi 
natijasida ularning tezda charchab qolishga olib keladi. Bosh- 
la n g ic h sin f o'quvchisining diqqati uzoq vaqtga bardosh bera ol- 
maydi, dars oxirigacha bola partada tinch o 'tira olmaydi, charchash 
boshlanishi bilan harakatlanib diqqati bo'linadi. O 'tirgan holatda 
dars tinglash o'quvchi uchun katta statik ish hisoblanib, 45 daqiqa 
davomida tanani m a’lum holatda ushlab turish, ayniqsa, birinchi 
sinf o'quvchisiga ju da og'irlik qiladi, u tezda charchab bezovtala- 
nib, harakat qila boshlaydi.
Tajribali o'qituvchilar yuqoridagi holat va kuzatilishi m um ­
kin bo'lgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda bolaning diqqati- 
ni o 'z vaqtida boshqa m ashg'ulotlarni bajarishga, o'qishga, rasm 
chizishga jalb qilishadi yoki jism oniy tarbiva daqiqalari o'tkaza- 
dilar. Ruhshunoslarning m a’lumotlariga qaraganda, 6-1 0 yoshli 
bola 20 daqiqa atrofida, 10-12 yoshli bola esa 25 daqiqa atrofida 
diqqatini bir joyga to 'plab o'tirishi mumkin. M ana shu tadqiqot- 
lar darslarni ish turlari almashinib turadigan qilib alohida tuzish 
zarurligini tasdiqlaydi. Masalan, o 'q ish darsida mazmunli o'qishni 
savol-javob bilan, didaktik material ko'rish, qayta so'zlab berish bi­
lan almashtirish, bundan tashqari, maktab o'quvchilarida, ayniqsa, 
boshlang'ich sinf o'quvchilarida birinchi signal tizimi yaxshi rivoj- 
langanligi uchun darsda ko'rgazm a qurollaridan, didaktik o'quv 
vositalaridan keng foydalanish mumkin. Bu o'quvchilarning ish 
qobiliyatini ancha oshiradi, chunki birinchidan, bosh m iya p o 'st­
log'ining hali charchamagan joylarini, yangi analizatorlarni ishga 
jalb etadi, ta ’sirotlar xususiyatini o'zgartiradi, ikkinchidan, esa bir 
turdagi faoliyatdan ikkinchi bir turdagi faolivatga o'tilganida ishda 
bir oz to'xtalish, go'yo kichik bir tanaffus paydo bo'lishi mumkin. 
B a’zi darslarda bu kichik tanaffuslar birm uncha uzoqroq b o iish i 
va jism oniy hordiq lahzalari ko'rinishida b o iish i mumkin. Mana 
shunday tanaffuslardan keyin bolalarning m ashg'ulotlarga yana 
bajonu dil kirishib ketishlari k o'pdan k o 'p kuzatuvlardan m a’lum.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M aktab ta'lim ini gigiyenik jihatdan tashkil etishda darslar- 
ning soni katta aham iyatga ega. Amaldagi o'quv rejasiga muvofiq
1-3- sinflarda kuniga 4 tadan, 4- sinfda 4-5 tadan, 5 -9 - sinflarda 
kuniga 5 -6 tadan, 10-11- sinflarda 6 tadan, litseylarda 6 -7 tadan 
dars o 'tish ko'zd a tutiladi.
T aiim n i to 'g ’ri tashkil etish uchun kun va hafta davomida 
darslarni taqsimlash. boshqacha aytganda, dars jadvalini to 'g ’ri 
tuzish ju d a muhim aham iyatga ega.
O ’quvchining ish qobiliyati, fanlarni o'zlashtirishining ijobiy 
samarali bo'lishi ko'p jihatdan dars jadvalining gigiyenik talablar- 
ga muvofiq tuzilishiga bog'liq. O 'zlashtirishning oson va qiyinligi- 
ga qarab hamma fanlar shartli ravishda juda qiyin, o'rtacha, qiyin 
va oson fanlarga bo'linadi.
Birinchi juda qiyin darajali fanlarga chet tili, matematika; ik­
kinchi darajali qiyin fanlarga fizika. kimyo: o'rtacha qiyin dara­
jali fanlarga tarix, tabiatshunoslik, ona tili va adabivot, geografi- 
ya; o'zlashtirilishi oson fanlarga jism oniy tarbiya. mehnat, ashula, 
rasm kabilar kiradi.
O 'qish kunining birinchi soatida ertalabki vaqtda endigina 
o'qishga o'rgangan o'quvchining miya hujayralarining ish qobili­
yati deyarli pastroq bo'ladi. Shuning uchun bu soatga o'zlashtiri­
lishi o'rtacha qiyinlikdagi fanlar qo'yilishi kerak. 2, 3- soatlarda, 
ayniqsa. 2- soatda organizmning ish qobiliyati eng yuqori daraja­
da bo'ladi, shuning uchun bu soatlarga o'zlashtirilishi qiyin fanlar 
qo'yilishi tavsiya etiladi. 4- soatda esa o'quvchilarda charchash 
belgilari paydo b o'la boshlaydi. Shuning uchun dars jadvalining 
4-soatiga aqliy mehnat. chuqur fikrlash talab qilmavdigan fanlar 
(jismoniy tarbiya, mehnat, rasm. ashula) qo'yilishi ish qobiliya- 
tining yanada oshishiga imkon beradi va. nihoyat, 5. 6- soatlarga 
o'rtacha qiyinlikdagi (tarix. tabiatshunoslik. geografiya. ona tili va 
adabivot) fanlari qo'yilsa. ularni o'zlashtirish yaxshi bo'ladi.
Shuni qayd qilish kerakki, k o'p yozish yoki chuqur fikrlash 
bilan b o g iiq bo'lgan fanlarni dars jadvaliga ketma-ket qo'yish 
mumkin emas. Chunki bir xil m ashg'ulotlarni ketma-ket bajarish
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'quvchilarni tez charchatadi. Shuning uchun chuqur fikrlash bi­
lan b o g iiq fanlar (matematika, fizika, kimyo) harakatlanish bilan 
b o g iiq fanlarga (jismoniy tarbiya, mehnat) almashtirilib, k o ‘proq 
yozish bilan b o g iiq fanlar (chet til i, rus tili, ona tili, rasm) esa eshi­
tish va ko'rish bilan b o g iiq fanlar (tarix, adabiyot, geografiya, 
jam iyatshunoslik)ga almashtirilib turilsa, o'quvchilarda charchash 
holatining oldi olinadi, ularning o'zlashtirish qobiliyati yaxshi 
b o ia d i.
O 'quvchilarning o'zlashtirishi hafta davomida ham o ‘zgarib 
turadi. Dam olish kunidan keyin birinchi o 'q ish kunida o'quvchi 
organizmi hali ishga to i iq safarbar qilinmagan b o ia d i.
Shuning uchun ham, qiyin fanlar iloji boricha birinchi o 'q ish
kuniga qo'yilm asligi kerak,
2-, 3- o 'qish kunlarida organizmning ish qobiliyati eng yuqori 
darajada b o ia d i va qiyin fanlar hamda nazorat ishlar shu kunlarda 
o'tkazilgani m a'qul.
4- 
o 'qish kunidan boshlab organizmning ish qobiliyati pasaya 
boshlaydi, lekin o'qishning 6- kuni ko'rsatkichlarning deyarli pa- 
saygani qayd qilinmaydi. O 'quvchilarda chorshanba kuni darsni 
o'zlashtirish qobiliyati pasayganligi aniqlangan. Lekin keyingi 
yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, o'quvchilarda darslarni 
o'zlashtirish qobiliyatining pasayishi payshanba va jum a kunlariga 
to 'g 'r i keladi.
Bundan kelib chiqadiki, agar 4- o'qish kuni dars jadvaliga 
harakatlanish bilan b o g iiq b o ig a n yengil fanlar qo'yilsa, tarbi- 
yaviy soat va ekskursiyalar shu kunda o'tkazilsa, o'quvchilar dam 
oladi. natijada 5, 6-o'qish kunlarida ularning ish qobiliyati ancha- 
gina tiklanadi, natijada dars jadvaliga beshinchi va oltinchi o'qish 
kunlari qiyinroq fanlar qo'vilishiga imkon yaratiladi.
O 'qitiladigan fanlar o'quvchilarning qaysi signal tizim ini ishga 
solinishiga. statik va dinamik qismlarning nisbatiga qarab tabiatan 
har xil faoliyat ko'rsatishni ko'zda tutadi, bu holat o'quvchilardan 
aqliy jihatdan har xil darajada z o 'r berishni talab etadi. Bir-biriga 
yaqin b o iib , markaziy asab tizim ining bir xil b o iim larin i ishga so-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ladigan fanlarni ketma-ket qo'vish, masalan. m atem atikadan keyin 
fizikani yoki tarixdan keyin geografiyani qo'vish yaramaydi. Juda 
charchatib qo'vadigan fanlarni ish qobilivati yuqori bo'lgan davr­
da o'tkazish kerak. Bu nazorat ishlariga ham taalluqlidir. Bunday 
ishlarni kuchik sinflarda 2 -3 - darslarda. o 'rta va yuqori sinflarda 
2 -4 - darslarda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, chorak 
va o'quv yilining oxirlarida bir kunda. bir haftada bir nechtadan 
nazorat ishi o'tkazish mumkin emas.
Dars jadvalini tuzishda, ayniqsa, yuqori sinf o ’quvchilari uchun 
uy vazifalari hajmini ham hisobga olish zarur, chunki yuqori sinf 
o'quvchilari uy vazifalarini bajarishga talaygina vaqt sarflaydilar, 
natijada ularning uxlashi va ochiq havoda bo'lishi uchun vaqt kam 
qoladi.
M ehnat va jism oniy tarbiya darslariga ish qobilivati pasayadigan 
paytlarni ajratgan m a'qul. B oshlang'ich sinflarda mehnat darsini 
uchinchi darsda, 5-7- sinf o'quvchilarining ustaxonalardagi amaliv 
m ashg'ulotlarini esa ertalabki o'qishda 3-4-darslarda, tushlikdan 
keyingilarda esa 1-2- darslarda o'tkazish kerak.

Download 8,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish