Fiziologiyasi va gigiyenasi


 Asab tizim ining gigiyenasi



Download 8,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/252
Sana29.04.2022
Hajmi8,61 Mb.
#594382
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)-857

3. 5. 5. Asab tizim ining gigiyenasi
O 'sib kelayotgan yosh avlodning sog'lig 'ini saqlash masala- 
si keng m a’nodagi tushuncha bo'lib. o'quvchilarning charchashi, 
y a'n i toliqishi va o 'ta charchashining oldini olish vazifasini ham 
o ’z ichiga oladi, bu esa, birinchi navbatda. o'quvchining o 'ta toli- 
qishiga yo ’l qo'ym aslik bilan bog’liq. Bu masala maktabdagi pe- 
dagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning diqqat markazida 
turishi lozim. «M aktab kasalliklari» deb ataluvchi kasalliklarning 
oldini olish hozirgi vaqtda o'quvchilar tarbivasi bilan shug'ulla- 
nuvchi har bir shaxsning kundalik 
aso siy
vazifalaridan biridir.
Zam onaviy o'qitish jarayoni. o ’quvchiga axborot berishning 
yangi shakl va usullarini qo'llam oqda, ya'ni bilim berishning sa- 
maradorligini oshirishiga qaratilgan texnika vositalari va yangi 
innovatsion texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada 
o'quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha faollashtirishga eri- 
shildi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab 
o'quvchisiga maqbul o'q uv yuklamasini belgilash muhim dolzarb 
vazifa hisoblanib, birinchidan. o'q uv rejasida belgilangan bilimlar- 
ni o ’quvchi tomonidan to 'lich a o'zlashtirishni ko'zda tutsa. ik- 
kinchidan, o ’quvchining o 'z shaxsiy ehtiyoji uchun ham yetarli 
vaqt ajratiladi. Eng muhimi. o'quvchining jism oniy rivojlanishiga, 
ish faoliyatiga va salom atligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarning 
oldi olinadi.
O 'quv yuklam asining pedagogik va gigivenik jihatlarini o 'rg a ­
nish. toliqishning oldini olish y o ’llarini izlab topish pedagogika
106
www.ziyouz.com kutubxonasi


fani va maktab o'qituvchilari oldida turgan muhim m asalalardan 
biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to'qim a va a ’zolaridagi hayotiy 
jarayonlar. ularning ishi markaziy asab tizimi tom onidan boshqa- 
riladi.
Odam tug'ilganidan boshlab uning butun umri davomida baja- 
radigan aqliy va jism oniy faoliyatining takomillashuvi. y a ’ni tarbi- 
yalanishi. bilim oiishi, hunar o ‘rganishi miya po'stlog'idagi asab 
markazlarining funksional holatiga bog'liq.
Asab tizim ining faoliyati ikki xil sababga ко т а susayishi mum- 
kin. Birinchidan, asab to'qim alaridagi tu g'm a kamchiliklar, tu g ‘il- 
gandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida asab 
faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, asabning funksional kasal­
liklari, y a’ni gigiyenik talablarga rioya qilmaslik natijasida tizim- 
ning zo'riqishidan nevroz, y a ’ni asab kasalliklari paydo bo'lishidir.
K o'pincha ota-onalar va o'qituvchilar o'quvchi xulqida va ho- 
latida aqliy charchash alomotlarini sezsalarda, e'tibor bermaydilar, 
chunki bu o'zgarishlar, vaqtinchalik boTib, tez o 'tib ketadi deb 
o'ylashadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan sur unkali charchoq- 
likning birlamchi belgilari boMib, «astenik sindrom» deb ataladi 
va bu kasallik markaziy asab tizimi faoliyati buzilishining bir turi 
hisoblanadi. K asallik belgilarning paydo bo'lishi va kechishi dara- 
jasiga qarab. astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga 
ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o 'ta ta ’sirchanlik, 
o ‘zini tuta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo b o ia d i. Bolalar 
faol b o iish a d i. ammo ularning faoliyatida tartib bo'lm aydi. Ular 
tinimsiz boMib, biror ishni oxirigacha diqqat-e’tibor bilan bajara ol- 
maydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib 
vuboradi. Ular qiynalib uvquga ketishadi, bezovta uxlashadi, k o ‘p 
tush k o ‘rishadi.
Agar o 'z vaqtida chora ko'rilib. kasallik sabablari bartaraf etil- 
masa, kasallik kuchayib, ikkinchi bosqichga o'tib ketadi. Bunda 
o ‘ta ta ’sirchanlik va jizzakilik, toliqish bilan birga kechadi. Bola-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jahldor- 
lik. yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda 
o'quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan gramm atik xatolarni 
ko'proq qiladi. B a'zida duduqlanish. kamgaplik. tunda siydik tuta 
olmaslik. ya'ni enurez holatlari yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, 
so ’zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi. yangi materialni qivin 
o'zlashtiradi, lanjlik va bosh og'rish o'quvchi ish faoliyatini susay- 
tiradi. Bunday holatlar paydo b o ; 1 ishiga ko'pincha o 'tk ir yuqumli 
kasallar bilan og'riganlik, ichki a'zolarning surunkali kasalliklari. 
bahor va qish fasllarida bola va o'sm irlar organizmida vitamin 
yetishmasligi, o'quv yuklamasining ortib ketishi kabi omillar sa­
bab bo'ladi. Albatta. k o 'p narsa maktab va oiladagi ruhiy muhitga 
bog'liq. Oilada ota-onalar o'rtasidagi janjallar, ichkilikbozlik, bo- 
laga nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi. bolalar va o'sm irlar 
asab tizimi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo'lsa. maktab va 
litsevlarda o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba o'rtasidagi yoki o 'q u v ­
chi va talabalarning o'zaro kelishm o\chi 1 iklari, o ’quvchilarning 
o'qituvchidan qo'rqib qolishi. bu kasallikning yuzaga chiqishiga 
turtki b o ia d i.
Asab tizim iga b o g iiq bo'lgan bunday negativ holatlarni yo'qo- 
tish uchun ota-onalar, shifokorlar va pedagoglar birgalikda ish olib 
borishi. uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat 
qilishi ari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o'quv 
vuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tu- 
zilishi, o'quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar 
iste'm ol qilishi, faol dam olishi. sof havoda sayr qilishi, tonusni 
kuchaytiradigan achchiq choy. kofe ichmasliklari kerak. O 'qituv- 
chilar o'quvchilar bilan. ularning xarakterini. hisobga olgan holda 
muom ala qilishlari kerak.
Maktab o'quvchilari va litsey talabalari asab tizim ida bunday 
kamchiliklarning yuzaga kelmasligi uchun 3 -4 soatdan keyin yoki 
dars oxirida o'quvchilar uvga kelgandan keyin ularni dam oldirish 
katta aham iyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki. aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


larda zo'riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko'proq uchraydi va 
bu harakat faolligi (gipodinamiya) kam aygan sharoitda yorqin na­
moyon bo'ladi. Bu holat emotsional zo'riqish bilan birga qo'shilib, 
ko'pincha yurak-qon tomir kasalliklariga, asab va endokrin tizi­
mi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Bolalar va o'sm irlarning 
shakllanayotgan yosh organizmi, ayniqsa, aqliy zo ‘riqish asoratla- 
riga o 'ta sezgir bo'ladilar.
Bilim berishning amalda q o ilanilayotgan hozirgi o ‘quv dastu- 
ri o'quvchining yuksak bilim olishiga va faol fikrlash jarayoniga 
m o ijallan g an b o iib . bolalar va o ’smirlardan kuchli aqliy emotsio­
nal mehnatni talab qiladi. O 'tkazilgan tadqiqotlarning koi*satishi- 
cha. o'qishning og'irligi o ‘quvchilar salom atligiga salbiy ta ’sir 
ko'rsatadi. shuningdek, asab buzilishi. xulq-atvorda beqarorlik alo- 
matlari paydo bo'lishiga olib keladi.
Aqliy mehnat (o'qish, yozish, fikrlash. masala yechish, dars 
tinglash va tayyorlash va hokazolar), asosan, k o ’rish, eshitish. 
a ’zolari va ularning bosh miya po'stlog'idagi markazlarining asab 
hujayralarini bajaradigan ishidir.
Shunday ekan. o'quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining 
zarur
shartlarini: kun tartibiga rioya qilish, jism oniy tarbiya va sport bi­
lan shug'ullanish, o'quv va o ’qishdan tashqari m ashg’ulotlar uchun 
sharoit yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib turish, 
spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga beril- 
maslik va hokazolarni ongli ravishda bajarishga harakat qilishlari 
zarur.

Download 8,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish