Fiziologiya


Uglevodlarning so‘rilishi



Download 1,6 Mb.
bet26/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

Uglevodlarning so‘rilishi. Ingichka ichakda polisaxaridlar va disaxaridlar deyarli so‘rilmaydi, ammo ularning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan va ovqat bilan qabul qilingan monosaxaridlar faol va sust tashilish mexanizmlari asosida tashiladi. Molekulasi kichikroq bo‘lgan pentozalar geksozalarga qaraganda ko‘ra sekinroq so‘riladi. Demak, turli monosaxaridlarning so‘rilish tezligi molekula-larning katta-kichikligiga bog‘liq emas.
Ichakda qandning faol so‘rilishi uchun: 1) ikkinchi uglerod atomida gidroksil guruhga ega bo‘lishi; 2) olti a'zoli pironoz halqaga ega bo‘lishi; 3) beshinchi uglerod atomi metil yoki boshqa radikalga ega bo‘lishi kerak. Ichakda bir vaqtning o‘zida so‘rilayotgan monosaxaridlar o‘rtasida funksional aloqadorlik mavjud. Masalan, glyukoza va galaktoza bir-birining so‘rilishini tormozlaydi. Bu faol tashiladigan geksozalarning so‘rilishiga sust tashiluvchi fruktoza va sorboza mutlaqo ta'sir ko‘rsatmaydi.
Geksozalarning faol tashilishi natriy kationiga bog‘liq. Bu ishni bajaradigan tashuvchi ayni vaqtda tashqi muhitdan, ya'ni ichak bo‘shlig‘idan glyukoza va natriy molekulalarini o‘ziga biriktiradi. Tashuvchi glyukoza va natriydan iborat bo‘lgan kompleks elektrokimyoviy gradiyent bo‘yicha membrana-ning ichki yuzasi tomon o‘tadi, glyukoza va natriy enterotsit sitoplazmasiga chiqariladi, tashuvchi esa membrananing tashqi yuzasiga qaytadi. Ingichka ichakning turli qismlarida mono-saxaridlarning so‘rilish tezligi ham har xil bo‘ladi. Masalan, glyukoza ichakning proksimal qismida distal qismidagiga nisbatan uch marta tezroq so‘riladi. Ichakdan so‘rilgan glyukoza qopqa vena orqali jigarga keladi va bu yerda qisman glikogenga aylanadi. Keragidan ko‘proq uglevodlarga boy ovqat iste'mol qilinsa, so‘rilgan glyukozaning ko‘pchiligi yog‘ga aylanadi va yog‘ zahiralarida to‘planadi. Qonda glyukoza miqdori turg‘un bo‘ladi. Qondagi glyukoza energiya manbai sifatida sarflanadi.
Yog‘larning so‘rilishi. Neytral yog‘lar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan glitserin, kalta va o‘rta uzunlikka ega zanjirli yog‘ kislotalarning enterotsit memb-ranasidan o‘tishi diffuziya jarayoni orqali bo‘ladi. Enterotsitlarning apikal membranasiga uzun zanjirli yog‘ kislotalar va xolesterinni aralash mitsellalar (diametri 100 nm atrofida) etkazadi. Aralash mitsellalar o‘t-safro mitsellalari asosida, ularga uzun zanjirli yog‘ kislotalar, xolesterin va lizoletsitin (lizo-fosfatidilxolin) qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Aralash mitsella enterotsit membranasiga to‘qnashganda tarkibidagi yog‘ kislotasi maxsus tashuvchi oqsil molekulasi bilan birikadi va enterotsit ichiga o‘tkaziladi keyin o‘t kislotalar bo‘shliqda qolib faol transport mexanizmi bo‘yicha so‘riladi.
Enterotsitlarning endoplazmatik retikulumida yog‘lar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan neytral yog‘lar va fosfolipidlar qaytadan sintezlanadi. Sintezlangan yog‘lar Golji apparatida oqsillar bilan birikib, xilomikronlar va zichligi juda ham kam bo‘lgan lipoproteinlar hosil qiladi. Bular lateral va bazal membranalar orqali enterotsitdan chiqib, vorsinkaning markaziy limfa tomiriga o‘tadi. Yog‘larning asosiy qismi limfaga so‘rilganligi uchun yog‘li ovqat iste'mol qilingandan keyin limfa sutsimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Me'yorda qonga yog‘ kislotalarning zanjiri uncha katta bo‘lmagan triglitseridlar ham o‘tib turadi. Qon kapillarlarga suvda eriydigan erkin yog‘ kislotalar va glitserin ham o‘tishi mumkin. Qisqa zanjirli yog‘ kislotalar uchun xilomikronlarning hosil bo‘lishi shart emas. Xilomikronlarning bir qismilimfa tomirlaridan tashqari vorsinkalarning qon tomirlariga ham o‘tishi mumkin.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish