ARTERIAL PULS
Arteriyalardagi bosimning sistolada ko'tarilishiga bog'liq bo'lgan arteriya
devorlarining ritmik tebranishi arterial puls, deb ataladi. Puls to'lqini (boshqacha
aytganda, bosimning ko'tarilish to'lqini) aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga
muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so'nadi.
Puls to'lqinining tarqalish tezligi qon oqish tezligiga bog'liq emas.
Arteriaylarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmaydi, yosh va
o'rta yashar odamlarda puls to'lqinining tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/s,
periferik arteriyalarda esa 6-9,5 m/s ga yetadi.
Aorta va yirik arteriyalarning puls egri chizig'ida (sfigmogrammada) ikkita
asosiy qism: ko'tarilish – anakrota va tushish – katakrota tafovut qilinadi (39-
rasm). Katakrota qismida chuqurcha (insizura) va dikrotik ko'tarilishni ko'riish
mumkin. Insizura va dikrotik ko'tarilishning kelib chiqishi qorinchalar
diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oysimon qopqoqlarni
yopib, orqaga qaytishiga bog'liq.
Pulsni paypaslab tekshirish juda keng qo'llaniladi. Bunda uning bir qancha
xususiyatlariga, jumladan chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmiga
ahamiyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |