YURAK ICHIDAGI PERIFERIK REFLEKSLAR
Yurakda periferik reflekslar mavjud. Faqat bu reflekslar yoyi MNT da emas,
balki miokard ichidagi intramural tugunlarda ulanadi (37-rasm). Dendritlari
miokarddagi va yurak tomirlaridagi cho'zilish retseptorlariga aloqador afferent
neyronlar, oraliq va efferent neyronlar ana shu refleks yoyiga keradi. Bu
reflekslarni yurak-o'pka preperetida o'rganish oson. Agar o'ng bo'lmachaga
ballon kiritib, unga havo yuborilsa, bo'lmacha miokardi cho'zilib, unda
joylashgan retseptorlar qo'zg'aladi. Natijada chap qorincha miokardining
qisqarish kuchi oshadi. Bu refleksning ahamiyati shundaki, biror sababga ko'ra
yurakka oqib keladigan qon miqdori oshsa, chap qorincha kuchliroq ishlab,
yurakdan chqadigan qon miqdorini oshiradi.
Intrakardial reflekslar ko'chirib o'tqazilgan yurak ishini idora qilishda juda
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |