Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Yurak sikli va bosqichlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Yurak sikli va bosqichlari. 
Yurakning o‘ziga xos xususiyati - uzluksiz 
ritmik faoliyat hisoblanib, u, yurak bo‘limlarining ketma-ket qisqarishi va 
bo‘shashishida namoyon bo‘ladi. Yurak bo‘limlarining qisqarishi - sistola, 
bo‘shashishi esa - diastola deb ataladi. Yurak uzluksiz ritmik faoliyati zanjirida 
alohida qaytariluvchi sikllar ajratiladi. Yurak sikli - yurakda bir martalik to‘liq 
qisqarish va bo‘shashish paytida sodir bo‘layotgan elektrli, mexanik va 
biokimyoviy jarayonlarning yig‘indisi hisoblanadi. Bitta sikl bitta yurak urishiga 
yoki bitta pulsni urishiga mos keladi. Masalan, yurak har daqiqada 75 marta 
urganda, uning bir sikli - 0,8 s davom etadi. Har bir yurak sikli bo‘lmachalar va 
qorinchalarning bittadan sistola va bittadan diastolasini o‘z ichiga oladi. Ikkala 
bo‘lmachalarning sistolasi deyarli bir vaqtning o‘zida (o`ng bo‘lmacha chapidan 
0,1 s ilgari qisqaradi) sodir bo‘ladi. Bu vaqtda bo‘lmachalar ichidagi bosim 5-6 
mm.s.u. ga ko‘tariladi, ya’ni bo‘shashgan qorinchalarnikidan yuqori bo‘ladi. 
Kuchli qon oqimining hosil bo‘lishi klapanlarni ochadi, qon qorinchalarga 
qarshiliksiz o‘tadi va ularni to‘ldiradi. Qorinchalarda bosim yuqori bo‘lishiga 
qaramasdan, qonning bo‘lmachalardan venaga qaytib ketishi kuzatilmaydi, chunki 
mushak tolalarining sfinktersimon bog‘lamlari venalar yo‘lini yopadi (qushlarda 
mahsus vena qopqoqlari bo‘ladi).sikl 0,8 s davom etganda bo‘lmachalar sistolasi 
0,1 s ni tashkil qiladi. Bo‘lmachalarning diastolasi bir necha soniya ko‘proq davom 


68 
etadi va bunda, qorinchalar sistolasining butun davrini hamda diastolasi davrining 
ko‘proq qismini o‘z ichiga oladi. Qorinchalarning sistolasi vaqt jihatidan 
bo‘lmachalar diastolasiga to‘g‘ri keladi, uning o‘tish muddati 0,3 s. Ikkala 
qorincha ham, bo‘lmachalar kabi, bir vaqtda qisqaradi. Qorinchalar sistolasi
ularning tolalarini, qo‘zg‘alishni miokard bo‘ylab tarqalishi oqibatida paydo 
bo‘ladigan asinxron qisqarishi bilan boshlanadi. Bu davr qisqa bo‘lib, unda, 
qorinchalar bo‘shlig‘idagi bosimning ko‘tarilishi hali sodir bo‘lmaydi. Bu bosim, 
qo‘zg‘alish barcha tolalarni qamrab olgandan so’ng keskin orta boshlaydi va 
bo‘lmachalarning chapida 70-88 mm s.u. ga, o`ngida esa - 15-20 mm s.u. ga teng 
bo‘ladi. Bosimning ortishi oqibatida, atrioventrikulyar klapanlar darhol yopiladi. 
Shu paytda, yarimoysimon klapanlar ham hali yopiq bo‘lib, shu tufayli, 
qorinchalarning bo‘shlig‘i berk va bu yerdagi qonning hajmi doimiy bo‘ladi. 
Qo‘zg‘alish natijasida mushak tolalarining kuchlanishi, ularning uzunligi 
o‘zgarmagan holda ortadi va bu, qon bosimini yanada ortishiga olib keladi. Chap 
qorinchaning devori cho‘ziladi va ko‘krak qafasining ichki yuzasiga uriladi, ya’ni 
yurakning urishi paydo bo‘ladi. Qorinchalardagi qon bosimi aorta va o‘pka 
arteriyasidagi qon bosimidan yuqori bo‘lganda, yarimoysimon klapanlar ochiladi, 
ularning yaproqlari ichki devorga yopishadi va 0,25 s davom etadigan haydash 
bosqichi boshlanadi. Bu bosqichning boshida, qorinchalardagi qon bosimi orta 
borib, chapida 130 mm s.u. va o`ngida 25 mm s.u. gacha etadi. Natijada, qon tezlik 
bilan aortaga va o‘pka arteriyasiga quyiladi va qorinchalarning hajmi keskin 
kichiklashadi. Buni tez haydash bosqichi deb ataladi. Yarimoysimon klapanlar 
ochilgandan keyin yurakdan qonning chiqishi susayadi, qorinchalar miokardining 
qisqarishi ham kuchsizlanadi va sust haydash fazasi boshlanadi. Bosimning 
tushishi oqibatida yarimoysimon klapanlar yopiladi, oqibatda qonning aorta va 
o‘pka arteriyasiga qaytib kirish yo‘lini to‘sadi va qorinchalar miokardining 
bo‘shashishi boshlanadi. Bunda, yana qisqa davr ichida, aorta klapanlari yopiq va 
atrioventrikulyar klapanlar esa hali ochilmagan bo‘ladi. Qorinchalardagi bosim 
bo‘lmachalardagidan sal pastroq bo‘lishi bilan, atrioventrikulyar klapanlar ochiladi 
va qorinchalar kelgusi siklda haydab chiqariladigan qon bilan to‘la boshlaydi, 


69 
ya’ni yurakning diastolasi boshlanadi. Yurakning bu diastolasi, bo‘lmachalarning 
keyingi sistolasigacha davom etadi. Bu bosqich - umumiy pauza deyiladi va katta 
ahamiyatga ega, chunki shu davrda, sarkaplazmatik retikulumning kanalchalari 
orqali miofibrillalardan Ca
2

ni tortib olish sodir bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, 
yurakning ritmik ishi, uni bo‘limlarini - bo‘lmachalar va qorinchalarini qat’iy 
ketma-ketlikda qisqarishi va bo‘shashishidan iborat. Yurakning ritmik faoliyati va 
tabaqali hamda yarimoysimon klapanlarning mavjudligi, qonni faqat bir tomonga - 
venadan bo‘lmachalar va qorinchalar orqali aorta va o‘pka arteriyasiga 
yo`naltirilishini ta’minlaydi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish