Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
Qon guruhlari
.
Eritrotsitlarning bir-biriga yopishib g‘uj bo‘lib qolishini 
agglyutinatsiya
deyiladi. Bu jarayon antigen bilan antitana o‘rtasidagi reaksiya 
natijasidir. Eritrotsitlarning membranasiga bog‘langan agglyutinogenlar antigen 
rolini bajaradi, qon plazmasidagi agglyutininlar antitana sifatida agglyutinatsiya 
reaksiyasida ishtirok etadi. Agglyutinogenlar o‘ziga xos aminokislotali polisaxarid 
majmuasidan iborat, agglyutininlar esa qonning alfa-globulin oqsil fraksiyasidir. 
Agglyutinatsiya reaksiyasi ro‘y berganda 1 molekula agglyutinin ikki eritrotsitni 
bir-biriga bog‘laydi. Bu eritrotsitlarga boshqa eritrotsitlar yana qo‘shilib g‘uj bo‘lib 
qoladi. Odamning qonida o‘z eritrotsitlariga qarshi agglyutinin bo‘lmaydi. Har 
qaysi odamning qonida o‘ziga xos eritrotsitar agglyutinogenlar to‘plami bor. 
Odamning qonida 400 dan ortiq agglyutinogenlar topilgan bo‘lib, ulardan 30 ga 
yaqini ko‘proq uchraydi. Klinika uchun ABO va Rh (rezus) agglyutinogenlar 
tizimi katta ahamiyatga ega. Avstraliyalik olim K. Landshteyner (1901) va chex 
olimi YA. YAnskiy (1903) qonning guruhlarga bo‘linishini kashf etdilar va ularni 
o‘rganib ABO tizimi mavjudligini ko‘rsatib, odam eritrotsitlarini antigen
xususiyatlariga ko‘ra 4 guruhga bo‘ldilar: O (I) guruh eritrotsitlarda A, B antigen 
(agglyutinogen) yo‘q. Ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-B antitanalar 
bor. Bu antitanalar alfa - va betta-agglyutinindir; A (II) guruh eritrotsitlarida A-
agglyutinogen, plazmasida betta agglyutinin uchraydi; B (III) guruh eritrotsitlarida 


59 
B - agglyutinogen, plazmasida betta-agglyutinin uchraydi; AB (IV) guruh 
eritrotsitlarida A-agglyutinogen va B- agglyutinogen bor, ammo plazmasida alfa-
agglyutinin uchramaydi. Qon quyish sxemasi: 
Ko‘pchilik odamlarning (85 %) eritrotsitlarida yana bir omil topilgan. Uni birinchi 
marta K. Landshteyner va I, Viner 1940 yili makakus rezus maymunning qonidan 
topishgan va 
rezus-omil
deb atashgan. Unga ega bo‘lgan odamning qoni - rezus-
musbat qonni, mazkur omili bo‘lmagan rezus-manfiy qonga quyilsa, rezus-manfiy 
odamning qonida antirezus agglyutininlar hosil bo‘ladi. Qoni rezus-manfiy 
odamga, rezus-musbat qonni ikkinchi marta quyilsa, Rh

musbat eritrotsitlar 
antirezus agglyutinin ta’sirida agglyutatsiyaga uchraydi, kichik qon tomirlariga 
tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug‘diradi (ilova: 22- rasm).

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish