Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Qonning fizik-kimyoviy xossalari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Qonning fizik-kimyoviy xossalari.
Qon kolloid - polimer eritma bo‘lib, 
unda erituvchi sifatida suv bo‘lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulali 
organik moddalar, kolloid qismini esa oqsil va ularning majmua birikmalari tashkil 
qiladi.
Qonning zichligi
kichkina kattalikda o‘zgaradi va asosan undagi shaklli 
elementlar, oqsillar va lipidlar miqdoriga bog‘liqdir. Baliqlar qonining zichligi 
1,035 g/ml, qushlarniki - 1,052, kemiruvchilarniki - 1,051, odamniki - 1,060-1,064 
g/ml bo‘ladi. Leykotsitlar va qon plastinkalarining zichligi eritrotsitlarnikidan past 
bo‘ladi. Ivib qolmagan qon tindirilganda yoki sentrifuga qilinganda probirkani 
yuqori qismida sarg‘ish suyuqlik - plazma to‘planadi, uning tagida ingichka 
oqimtir qatlam - leykotsitlar va qon plastinkalari, nihoyat pastki qismida qalin 
qatlam (hajmning 40-45 %) - eritrotsitlar joylashadi. Qondagi kolloid eritma va 
shaklli elementlar muallaqligi ma’lum darajada yopishqoqlikni hosil qiladi. 
Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2 ga teng bo‘lsa, butun qonniki esa 5,0 ga teng. 


55 
Organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotsa (qattiq terlash yoki ich ketish natijasida), 
qonning yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buziladi.
Qonning osmotik bosimi.
Hujayralar, shu jumladan qon hujayralari ham, 
yarim o‘tkazgich membranaga ega bo‘lib, ulardan suv ikki tomonga to‘siqsiz 
bemalol o‘tadi, suvda erigan moddalar esa o‘tmaydi. Bunday erigan moddalar qon 
plazmasida juda ko‘p bo‘lib, ularning ko‘p qismini tuzlar tashkil qiladi, osmotik 
bosim ularning konsentratsiyasiga bog‘liq. Anorganik tuzlarning plazmada erigan 
miqdori 0,9 %. Osmotik bosim deganda suvni tuzlar miqdori kamroq bo‘lgan 
eritmadan, yarim o‘tkazgich membrana orqali, tuzlar miqdori ko‘proq bo‘lgan 
eritmaga o‘tishini ta’minlovchi kuch nazarda tutiladi. Suvni qon va to‘qima 
suyuqligidan hujayralarga o‘tishi va ulardan tashqariga chiqishi osmotik bosimga 
bog‘liq. Osmotik bosimning doimiyligi, hujayra faoliyatining mo‘tadil bo‘lishini 
ta’minlovchi zarur shart hisoblanadi. Osmotik bosim turg‘unligini ushlab turishda 
qon tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘ladigan NaCl tuzi katta rol o‘ynaydi. Qon 
plazmasida tuzlarning konsentratsiyasi oshib ketsa plazmaning osmotik bosimi 
ham oshadi va bu sharoitda hujayralar faoliyati og‘irlashadi. Masalan, 
eritrotsitlarning konsentratsiyasi qon plazmasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lgan 
NaCl eritmasiga solinsa, eritrotsitlardagi suv eritmaga faol o‘tib, ular bujmayib 
qoladi. Bunday eritmalar gipertonik eritma, ya’ni osmotik bosimi qonnikidan 
yuqori bo‘lgan 
eritma 
deyiladi. 
NaCl 
konsentratsiyasi 
qon 
plazmasi 
konsentratsiyasidan kam bo‘lgan eritmaga eritrotsitlar solinganda, ularning ichiga 
suv faol ravishda kirib bo‘rttirib yorib yuborishi mumkin. Bunday eritmalar 
gipotonik eritma, ya’ni osmotik bosimi qonnikidan kam bo‘lgan eritma deyiladi. 
Osmotik bosimi qonning osmotik bosimiga teng bo‘lgan eritmalar izotonik 
eritmalar deyiladi va bunday eritmalarga eritrotsitlar solinganda, ular o‘z 
shakllarini o‘zgartirmaydilar. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish