14
uskunalardan foydalanish turli tuman fiziologik jarayonlarni kuzatishga imkon
yaratadi.
Tajriba shakllari juda turli tumandir tashqi muhitning turli tuman omillarini
hayvonlar organizmiga ta’sirini o‘rganishda ularni mahsus sharoitlar yaratilgan
kerakli (muayyan namlik, harorat,
gaz tarkibi, ionlashtiruvchi nurlanish,
ultrabinafsha nurlanish va b.sh. ) kameralarga joylanadi. Tajribada aniq ma’lumot
olish uchun muayyan bir omil ta’siridan foydalaniladi. U yoki bu organni
organizmdagi ahamiyatini o‘rganish uchun shu organni organizmdan olib tashlab,
yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazib, kuzatib o‘rganiladi. Organni asab sistema
bilan bog‘liqligini o‘rganish uchun esa uni asabi kesiladi (deasabatsiya).
Ichki
organlar ishini o‘rganish uchun naychalar o‘rnatish usulidan foydalaniladi:
masalan: oshqozonga, ichakga yoki siydik pufagiga plastmassa, temir naycha
o‘rnatiladi, ikkinchi uchi esa teri yuzasiga chiqarib tikiladi yoki katta bez yo‘llari
tashqariga chiqarilib tikiladi.
Hayvonda yoki ular ayrim a’zolarini funksiyalarini
uzoq muddat kuzatish
uchun surunkali usullardan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Radiotelemetrik usul juda ham qulay bo‘lib, tekshirilayotgan hayvondagi
(tabiiy sharoitda tekshirilayotgan yuqori mahsuldor hayvonlarning fiziologik
ko‘rsatkichlariga taaluqli) fiziologik ma’lumotlarni masofada turib radioaloqa
orqali oladi. Organlarni izolyatsiya qilish usuli ham katta ahamiyatga ega bo‘lib,
buning uchun izolyatsiya qilingan organ qon tomiri
orqali muayyan eritmani
yuborib masalan: izolyatsiya qilingan quloqni turli xil farmakologik moddalarga
reaksiyasi o‘rganiladi.
Somatoskopik usuli
- yaxlit odam tanasini yoki uni tashkil etuvchi
qismlarini sirtdan tekshirish. Bu usul asosida ko‘krak qafasining shakli,
muskullarning va teri osti yog` qatlamini
rivojlanish darajasini, umurtqa
pog`onasining qiyshiqliklarini, tana konstitutsiyasi xususiyatlarini aniqlash
mumkin. Tibbiyotda bu usul 3 yo‘lda olib boriladi: a)
palpatsiya - paypaslab
ko`rib o`rganish yo‘li. b) perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan tukullatib
ko`rib aniqlash yo‘li. v) auskultatsiya – maxsus eshituv asboblar yordamida
15
eshitib ko`rish yo‘li. Ko`rsatilgan usullar a’zolarni sog`lom yoki kasallangan
holatini ajratishda katta yordam beradi.
Endoskopik usuli
– ichki a’zolarni ichki yuzalarini va a’zolar ichida ro`y
berayotgan jarayonlarni tekshirish mumkin. Endoskop
asbobi yordamida hazm
tizimining a’zolarini, nafas olish tizimining a’zolarini, yurak, qon tomirlarni,
siydik ajratish tizimining a’zolarini chuqur o`rganish mumkin.
Tajribalar davrida turli tuman usullardan foydalanish organizmda
kechayotgan jaroyonlar mohiyatini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Hozirgi
vaqtda
tadqiqotlarni organizmda, uning organ, to‘qima,hujayra, subkletochnim va
molekulyar darajada o‘rganilmoqa.
Fiziologiyani har bir fiziologik jarayonlarini alohida o‘rganish, ya’ni alohida
hujayra funksiyasi, alohida organni ishi haqida ma’lumot
olish tahliliy-analitik
uslub vazifasiga kiradi. Lekin organizm hayot faoliyatini to‘liq o‘rganish uchun bu
yetarli emas bo‘lib, organizmni tashqi muhit bilan aloqador holda barcha
bog‘lanishlarni o‘rganish zarurdir. Shunday qilingan taqdirdagina organizmlarni
tabiiy yashash sharoitlariga yaqinlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: