Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organellalar
. S
itoplazmatik to`r.
Elektron mikroskop orqali tekshirilganda hujayrada paralel qatorlar hosil qilgan
membranali strukturalar yig`indisidan iborat. Sitoplazmatik to`r tarkibida
murakkab tarmoqlangan kanalchalar, tor yoriqsimon bo‘shliqlar va kengaygan
sisternalar uchraydi. Sitoplazmatik to`rni tashkil etuvchi strukturalar hujayraning
boshqa xil membranali strukturalari bilan kontaktlar yoki birikishlar hosil qilish
mumkin, masalan, yadro membranasi, plastinkali kompleks yoki sitolemma
membranalari bilan bog`langan bo`lishi mumkin. Hujayrada ikki xil sitoplazmatik
tur - donador yoki granulyar va donasiz yoki agranulyar formalari uchraydi.
Donador yoki granulyar sitoplazmatik turni tashkil etuvchi membranali
strukturalari yuzasida o`troq xolda ribosomalar joylashgan. Bu erda oqsillarning
sintezning asosiy etapi polipeptid zanjir hosil bo`lishi ro`y beradi. Silliq
sitoplazmatik to`r faqat sof membranalar yig`indisidan iborat bo‘lib, hujayrada
uglevod moddalarni sitezlashda ishtirok etadi.
Plastinkali kompleks.
Bu organella birinchi marta 1898 yilda orqa miya
tugunlari asab hujayralarida topilib, italyan olimi Kamillo Golji tomonidan tasvir
etilgan. Kumush bilan bo`yash yoki osmiylashtirish usuli bilan plastinkali
21
kompleksni turli hujayralarda yadro atrofidan to`r yoki qalpoqcha xolatda
joylashganligini aniqlash mumkin. Elektron mikroskop ostida tekshirilganda
plastinkali kompleks bir-biri bilan bog`liq bo‘lgan 3 - xil komponentdan tashkil
topgan: diametri 0,1-0,2 mk. ga teng bo‘lgan yirik vakuolalardan, paralel
joylashgan yassi sisternalardan va mayda pufakchalar yoki vezikulalardan iborat.
Har bitta komponentni tashkil etuvchi membranalari qalinligi 60-70 A
o
teng va 3
qavatli tuzilishga ega.Hujayradan chiqarilishi lozim bo‘lgan moddalarni ajratishda
plastinkali kompleksni ishtirok etishi aniqlangan. Bundan tashqari, bez
hujayralari ishlaydigan sekret tomchilari hujayra ichidagi plastinkali kompleksning
membranali komponentlari – vakuolalar va pufakchalar ichida aniqlangan. Demak,
plastinkali kompleks hujayrada ishlab chiqarilgan sekretor granullalarni
kondensatsillanish va shakllanish joyi hisoblanadi.
Mitoxondriyalar
- bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarning doimiy
organellasi hisoblanadi (ilova: 2-rasm). Turli hujayralarda mitoxondriyalar bir-
biridan o`z hajmlari, shakllari va soni jihatdan farqlanadi. Mitoxondriyalarni
tashqi yumaloq, tayokchasimon, ipsimon yoki tarmoqlangan tanachalar holatida
bo`lishi mumkin. Mitoxondriyalar katta- kichikligi jihatdan xam farqlanadi, 0,2
mk - 29 mk. gacha yetishi mumkin. Hujayralarda mitoxondriyalarni soni turlicha.
Ba’zi hujayralarda mitoxondriyalar soni 5-7 teng bo`lsa, jigar hujayralarida esa
2.500 mingacha yetadi. Hujayralarda mitoxondriyalar ko‘pincha sitoplazmaning
funksional aktivlikka ega bo‘lgan qismlarda joylashgan. Mitoxondriylarda tipik
strukturaga ega bo‘lgan ikkita membranadan tashkil topgan qobiq bo‘ladi. Har bir
membrananing qalinligi 69 A teng bo‘lib, tashqi va ichki qavatlari ikki qator oqsil
molekulalaridan va orasida joylashgan ikki qator lipid molekulalaridan iborat.
Ichki
membrana
hosil
etgan
burmalarga
kristalar
deyiladi.
Kristalar
mitoxondriyalar ichini bir-biri bilan tutashgan bir qancha bo‘shliqlarga bo‘ladi.
Bo‘shliqlar ichidagi modda mitoxondriya matriksi deyiladi. Burmalar yoki
to`siqlar devorlariga diametri 85A teng bo‘lgan tanachalar yoki elementar
zarrachalar birikkan bo‘ladi. Bu zarrachalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda
ishtirok etishi natijasida elektronlar ajraladi. Erkin elektronlar esa, ATF sintezida
22
ishtirok etadigan birikmalar zanjiri yuzasiga o‘tadi. Demak, mitoxondriya
hujayrada ATF xolida ishlab chiqaradigan energiya manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |