O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQOLPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKAVIY VA KOLLOID KIMYO KAFEDRASI
Raxmatullayeva Fatima Muxtar qizining
5140500-kimyo ta’lim yo’nalishi
“Bromatometriya, xloryodometriya, nitritometriya usullarining qo’llanishi”
mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qilgan:
Fizikaviy va kolloid kimyo
dotsenti: Z.Uzakbergenova
Bajargan:
kimyo yo’nalishi talabasi: F.Raxmatullayeva
Kurs ishi kafedrada muhokama qilindi va himoya qilishga yuborildi.
Nukus 2021
1
Mazmuni
Kirish………………………………………………………………………..3
I Bob.Asosiy qism…………………………………………………………..5
I.1.Bromatometriya
I.2. Nitritometriya
I.3.Xloryodometriya
II Bob. Tajriba qismi
II.1
II.2
III Bob.Natijalarni tahlil qilish
III.1
III.2
III.3
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
2
Kirish
Oksidimetriya oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan titremetriya usullariga kiradi.Bu usul bilan oksidlovchilarning titrlangan eritmalari yordamida qaytaruvchilar miqdori, qaytaruvchilarning titrlangan eritmalari yordamida oksidlovchilarning miqdori aniqlanadi.
Oksidimetriya qator usullarga bo’linadi: permanganometriya, yodometriya, xromatometriya, bromatometriya,nitritometriya va h.k.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ion almashinish reaksiyalariga nisbatan murakkabroq kechadi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
-ko’pgina reaksiyalarda faqat oksidlovchilar va qaytaruvchilar emas, balki boshqa moddalar ham (masalan, kislota va ishqorlar) qatnashib, ular ham reaksiya yo’nalishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi;
-reaksiyalar bir necha bosqichda boradi, bunda ularning har biri turli tezlik bilan kechadi;
-oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tezligi ion almashinish reaksiyalari tezligidan kichik bo’ladi;
-ion almashinish reaksiyalari amalda bir lahzada kechadi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tezroq kechishi uchun maxsus sharoit talab qilinadi;
-oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari dastlabki moddalar ishtirokida turli xil yo’nalishda borishi mumkin.Bundan tashqari,reaksiya jarayonida ko’pincha reaksiya yo’nalishini o’zgartiradigan moddalar hosil bo’ladi.
Oksidlanish-qaytarilish asosida amalga oshirilayotgan miqdoriy analiz titremetrik analizga qo’yiladigan barcha talablarga javob berishi lozim.Bundan tashqari, oksidimetriyada reaksiya tanlangan yo’nalish bo’yicha borishi va amalda qaytmas bo’lishini, qo’shimcha jarayonlar bormasligini, reaksiya yetarli tezlik bilan kechishini ta’minlash lozim.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tezligi past bo’lganligi uchun ko’pincha reaksiya tezligi sun’iy ravishda oshiriladi.Buning uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kansentratsiyasi va harorati ko’tariladi, eritmaning pH i o’zgartiriladi va katalizator qo’llaniladi.
3
Oksidimetriya usullari klinik, gigiyenik,biokimyoviy tekshirishlarda, dorivor moddalarning asosiy komponentlari va qo’shimcha moddalarini miqdoriy aniqlashda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |