A. Sirka kislotaning dissotsiyalanish issiqligini topish.
Tajriba.
Kuchsiz kislota kuchli asos yordamida neytrallanganda chiqadigon issiqlikni toppish uchun 5 – ishda tavsif etilgandek kallorimetr yig‘iladi. Kolorimetr probkasiga aralashtirgich bilan Bekman termometridan tashqari, ampula ham o‘rnatiladi, ampulaga ishqor solinadi. Bu ampula hajmi 40 – 50 ml keladigon qilib kengaytirilgan naydan iborat. Ampulaga uchi o‘tkir shisha tayoqcha solib qo‘yiladi, bu tayoqcha ampulaning tagini teshish uchun kerak bo‘ladi.
Neytrallanish reaksiyasi natijasida issiqlik chiqadi: shu sababli Bekman termometrini shu tarzda sozlash kerakki, tajribadan ilgari termometr kapillyaridagi simob shkalaning pastki qismida bo‘lsin. Kolorimetr yig‘ib tayyorlangandan keyin, kolorimetr doimiyligi topiladi (bundan avvalgi ishga qarang), buning uchun kolorimetr probkasiga o‘rnatilgan tuzli probirka o‘rniga bo‘sh ampula qo‘yiladi.
Kolorimetr doimiyligi topilgandan keyin neytrallanish issiqligini topishga kirishiladi. 500 ml li o‘lchov kolba olinib, o‘ndan bir grammigacha aniqlik bilan tortiladi va unga 6 gr muz sirka kislota quyiladi, shundan keyin kolbaning o‘lchov chizig‘igacha distillangan suv quyib, kislota suyultiriladi. Kislota xona temperaturasigacha isigandan keyin eritma solingan kolba tortiladi. Bu og‘irliklar farqidan eritmaning og‘irligi topiladi; kislota kolorimetrga quyiladi.
Texnika tarozisida 4 gr qattiq xoldagi NaOH tortib olinib, 50 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi va kolbaga distillangan suvdan oz – oz quyib, NaOH eritiladi. Bunda eritma isiydi, shuning uchun kolba sovutib turiladi. Kolbaga o‘lchov chizig‘iga etkuncha distillangan suv quyiladi va eritma uy temperaturasigacha sovutiladi.
Eslatma! NaOH suvda eritilganda ko‘p miqdor issiqlik chiqadi, shuning uchun suvni oz – ozdan quyish kerak, bunda kolba ostiga tutilib, doim sovutib turiladi.
Eritma xona temperaturasigacha sovugandan keyin ichida tayoqchasi bor ampulaga quyiladi, ampula esa oldinroq tortib qo‘yilgan bo‘ladi: eritma solingan ampula tortib ko‘rilib, og‘irliklari farqiga qarab, ishqor eritmasining og‘irligi topiladi.
Sirka kislota eritmasi bilan ishqor eritmasi tayyorlangandan keyin, ishqor solingan ampulaning tagi extiyotlik bilan teshiladi, bunda ishqor eritmasi kolorimetrdagi kislota eritmasiga sekin oqib tushishi lozim. eritmani aralashtirib, 5 – ishda ko‘rsatilgan usulda ∆t topiladi. Neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:
Q = K∆t
Bunda: Q- neytrallanishda chiqqan issiqlikning umumiy miqdori;
K- kolorimetr doimiyligi;
∆t – tajriba vaqtida kuzatilgan temperaturaning oshishi.
Neytrallanish uchun - 0,1 mol kislota va – 0,1 mol ishqor olingan edi.
Shu miqdor kislotaning neytrallanish issiqligi topilgandan keyin bir gramm – ekvivalent kislotaning neytrallanish issiqligi Q1 hisoblab chiqariladi.
Kuchli kislotalar kuchli asos yordamida neytrallansa , 13,65 kkal issiqlik chiqishi ma’lum, shunga binoan Gess qonunidan foydalanib, sirka kislotaning dissotsiyalanish issiqligi
Q dissot. = 13,65 – Q3 topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |