Qilingan ish haqida hisobot.
1. Dissotsiyalanish issiqligini toppish uchun ustanovka chizmasini chizish;
2. Kollorimetr doimiyligini hisoblab chiqarish;
3 - Neytrallanish uchun olingan miqdor moddalaridan foydalanib, kuchsiz kislota kuchli asos yordamida neytrallanganda chiqqan neytrallanish issiqligini hisoblab chiqarish;
4 - Dissotsiyalanish issiqligini hisoblab chiqarish.
B. Neytrallanish issiqligini va neytrallash uchun sarf bo‘lgan kislota miqdorini topish.
Tajriba:
NaOH ning 10% li eritmasidan 50ml tayyorlanib, 500ml li o‘lchov ko‘lbaga quyiladi, o‘lchov ko‘lba ilgariroq tortilgan bo‘ladi (og‘irligi gr).Shundan keyin kolbaga o‘lchov chizig‘iga etguncha distillangan suv quyib, eritma suyultiriladi: eritma solingan kolba tortiladi (og‘irligi g2) va eritma kolorimetrga qo‘yiladi. O‘qituvchidan 15-20 ml xlorid kislota eritmasi olinib, ampulaga quyiladi, ampula oldinroq tortilgan bo‘ladi (og‘irligi m1): shundan keyin kislota eritmasi quyilgan ampula tortiladi (og‘irligi m2). Og‘irliklar farqiga qarab, xlorid kislota eritmasi bilan ishqor eritmasining og‘irligi aniqlanadi.
Ishqor eritmasi bilan kislota eritmasining temperaturasi xona temperaturasiga etgandan keyin ampulaning tagi shisha tayoqcha yordamida teshiladi, bunda kislota ishqor eritmasiga sekin oqib tushishi kerak. Eritma aralashtirilib, ishqor kislota yordamida neytrallanganda temperature qancha oshgani (∆t) aniqlanadi.
Neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:
Q=K∆t
Kislota eritmasi ishqor eritmasiga quyilganda neytrallanish protsessidan tashqari, issiqlik effektining o‘zgarishi bilan boradigan yana ikki protsess yuz beradi: kislota eritmasi ishqor eritmasiga quyilganda kislota eritmasi va ishqorga kislota quyilganda ishqor eritmasi suyuladi. Eritmalar suyultirilganda chiqqan issiqlik suyultirish issiqligi deb ataladi. Kislota ishqorni suyultirganda sezilar sezilmas issiqlik effekti chiqadi, chunki ishqor eritmasining miqdori qo‘shiladigan kislota miqdoriga qaraganda ancha ko‘p. Ishqor kislotani suyultirganda ancha issiqlik chiqadi, bu issiqlik neytrallanish issiqlik effektining 10 protsentiga barobar keladi. Issiqlik effektini aniq o‘lchash kerak bo‘lsa, ishqor kislotani suyultirganda chiqadigan issiqlik effektini aloxida toppish lozim; buning uchun hajmi shuncha keladigan kislota eritmasi ishqor hajmicha keladigan toza suvga quyiladi va suyultirish issiqligi topiladi; bunda neytrallanish issiqlik effekti chiqarilmaydi va faqat suyultirish issiqligi topiladi.
Xlorid kislota suyultirilganda issiqlik chiqadi, neytrallanish issiqlik effektidan shu issiqlikning qiymatini ayirib tashlash kerak. Neytrallash uchun olingan kislota miqdori quyidagi tenglama bilan hisoblab chiqariladi:
Bunda Q − neytrallanish issiqlik effekti, kkal
q − kislotaning suyultirish issiqligi, kkal
n − kislotaning qidirilgan normalligi
V − tajriba uchun olingan kislota hajmi, ml.
Kislotaning hajmi, shu kislota og‘irligining solishtirma og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga teng.
Tajriba uchun olingan xlorid kislota eritmasining solishtirma og‘irligi toza suvning solishtirma og‘irligidan faqat 7-8 % ko‘p bo‘ladi; shuni nazarda tutib, tajriba uchun olingan eritmaning hajmi shu eritmaning grammlar bilan hisoblangan og‘irligiga teng, yani eritmaning solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og‘irligiga teng deyish mumkin. Bunda suyultirish issiqligiga tuzatish kiritilmasa ham bo‘ladi. U xolda formula (1) ning surati xaqiqiy qiymatidan taxminan 10% ortiq, maxraji esa 7-8% ortiq bo‘ladi. Demak, shu formula bilan hisoblab chiqarilganda yo‘l qo‘yiladigan xato 2-3% dan oshmaydi. Buni nazarga olmasa ham bo‘ladi.
Neytrallanish issiqligini aniq o‘lchash talab etilganda bu tariqa soddalashtirish yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |