Tajriba jarayonida 5 va 8 jo‘mraklar yopiq bo‘lishi kerak! 5-jo‘mrak faqat tuzumni bosimini o‘zgartirish uchun ochib-yopiladi!
Tajriba asosida olingan ma’lumotlar quyidagi jadvalga yoziladi:
2-jadval
T/r
|
Modda (suyuqlik)
|
Ra
|
Rm
|
Rs
|
lgPs
|
Tq
|
1/T·10-3
|
|
Benzol
|
725
|
300
|
425
|
2,6284
|
313
|
3,20
|
|
- II -
|
725
|
320
|
405
|
2,6075
|
323
|
3,15
|
|
- II -
|
725
|
40
|
685
|
2,8357
|
333
|
3,00
|
|
- II -
|
725
|
20
|
705
|
2,8482
|
343
|
2,92
|
|
- II -
|
725
|
0
|
725
|
2,8603
|
353
|
2,84
|
Bu erda:
Ra - tajriba o‘tkazilayotgandagi atmosfera bosimi bo‘lib, barometrdan yozib olinadi (mm. simob ustuni),
Rm - simob manometrdagi simob ustuni (mm.simob ustuni),
Rs- tuzumning bosimi,
Rs = Ra – Rm (mm. simob ustuni),
lgPc esa, Rs ning son qiymatining logarifmi,
Tq- qaynash harorati, termometrdan yozib olinadi.
Olingan natijalar R – 1/T koordinatga qo‘yib, tenglama (3) asosida ∆N topiladi.
Ish hisoboti: qaynash harorati bosim bilan o‘zgaradi va Klauzius- Klapeyron tenglamasi orqali ifodalanadi:
∆H=T (Vb – Vc) (1)
△N - yashirin bug‘lanish samarasi,
V6, Vc - bug‘ va suyuqlikning solishtirma hajmi,
- bosim o‘zgarishi bilan qaynash haroratining o‘zgarishi.
Bu tenglamaning taxminiy ifodasi quyidagicha tasvirlanadi:
lgP = C (2)
Bunda:
R –to‘yingan bug‘ bosimi.
Bu tenglamani grafik ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
va ΔH = 2,3 R tgα (3)
Nazorat savollari:
Bir komponentli sistemalar. Suvning holat diagrammasi.
Monotrop va enantiotrop jarayonlari.
Oltingugurtning holat diagrammasi.
To‘yingan bug‘, to‘yingan bug‘ bosimi.
To‘yingan bug‘ bosimining haroratga bog‘liqligi.
Fazalararo o‘tish issiqligi.
19-Laboratoriya ishi: Sirt tarangligini uzilib tushayotgan tomchi metodi bo’yicha aniqlash.
Ishdan kuzatilgan maqsad: 1. Sirt tarangligini ikki xil metod, ya’ni uzilib tushayotgan tomchini tortib ko‘rish va suyuqlik kapillyarda yuqoriga qancha ko‘tarilishiga qarab o‘lchash metodlari bilan tanishish.
2. Sirt tarangligiga temperatura qanday ta’sir etishini kuzatish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Stalagmometr, qisqichi bor shtativ; 100 ml li to‘rtta stakan. Eritmalar: Metil spirt (CH3OH), etil spirt (C2H5OH) va amil spirt (C3H11OH) ning 1,0 molyar eritmalari.
Nazariy qism.
Suyuqlik tomchisi sharga o‘xshaydi, bunda uning yuzasi juda kichik bo‘ladi.
Suyuqlik sirtiga parda qoplagandek bo‘lib, bu parda suyuqlikni siqib turgandek tuyuladi.
Suyuqlik sirtida bunday qavat (parda) paydo bo‘lishi quyidagicha tushuntiriladi. Suyuqlik ichida A molekula bor deb faraz qilaylik (43-rasm). Uning sirtiga shar chizamiz, sharning radiusi shu molekula bilan uni o‘rab turuvchi suyuqlik molekulalari orasidagi o‘zaro tortishuv kuchi sezilarli masofaga teng bo‘lsin. Bu teng kuchlar xamma tomonga simmetrik ravishda ta’sir etgani sababli, ularning teng ta’sir etuvchi kuchi nolga teng bo‘ladi.
B molekula boshqa holatda turibdi. Bunda uyuqlik molekulalari bor tomondan ta’sir etuvchi tortilish kuchlari suyuqlik yo‘q tomondan ta’sir etuvchi kuchlar bilan muvozanat holatida emas; shu sababli bu molekulaning teng ta’sir etuvchi tortilish kuchi suyuqlik tomonga, ya’ni pastga yo‘nalgan bo‘ladi, molekula suyuqlik ichiga tortilib kirishga intiladi.
Suyuqlikning sirt qavatini hosil qilib turuvchi barcha molekulalar xuddi shunday holatda bo‘lganligidan shu suyuqlikning sirt qavatiga normal yo‘nalgan ichki bosim vujudga keladi.
Suyuqlik sirtida molekulalararo tortilish kuchlari muvozanatga kelmagan molekulalar borligi uchun, sirtqi qavatda sirtqi erkin energiya paydo bo‘ladi, bu energiya doim kamayishga intiladi. Suyuqlik sirtida sirt tarangligi xossasiga ega bo‘lgan parda hosil bo‘lgandek tuyuladi.
Suyuqlik sirtini kengaytirish uchun, yani uning sirt tarangligini engish uchun ma’lum ish bajarish zarur. Sirtni 1sm2 kengaytirish uchun zarur bo‘lgan ish sirtqi energiyaning o‘lchovi sifatida qabul qilingan va u sirt taranglik koeffisienti yoki qisqacha sirt tarangligi deb ataladi.
Sirt tarangligini faqat yuza birligiga to‘g‘ri keladigon ish deb emas, balki shu sirtni cheklab turadigon chiziq uzunligi birligi (1 sm) ga ta’sir etuvchi va yuzani qisqartirishga intiluvchi kuch deb xam qarash mumkin.
Sirt tarangligiga ikki xil ta’rif berilganligidan uning o‘lchov birliklari xam ikki xil, ya’ni u yo 1sm2 yuzaga to‘g‘ri keladigon erglar bilan, yoki 1 sm ga to‘g‘ri keladigon dinalar bilan o‘lchanadi. Sirt tarangligi xar ikki o‘lchamda ifoda etilganda xam uning qiymati son jihatdan bir xil bo‘ladi, chunki
Sirt tarangligi mavjud bo‘lgani sababli, kapilyar teshikdan oqib tushayotgan suyuqlik tomchi hosil qiladi. Tomchi og‘irligi sirt tarangligi ta’sirini engsa, u kapilyardan uzilib tushadi.
Kapillyar devorini xo‘llaydigan suyuqlik kapillyar ichida yuqori ko‘tarilishi xam sirt tarangligi natijasida yuz beradi. Buning sababi shuki, suyuqlik ( go‘yo kapillyar devoir bo‘lab oqayotgandek ) uning devorini xo‘llaydi va yuzani kamaytirishga intilayotgan sirt tarangligini oshiradi. Suyuqlik kapillyarda xo‘llovchi qavat ketidan asta – sekin ko‘tariladi, shuning hisobiga yuza kamayadi. Suyuqlik kapillyarda qanday balandlikka ko‘tarila olishi suyuqlik ustuni og‘irligi bilan belgilanadi. Sirt tarangligi kapillyar bo‘ylab ko‘tarilgan suyuqlik ustunining balandligi, diametric va zichligiga qarab hisoblab topilishi mumkin. Eritilgan moddalar suyuqlikning sirt tarangligini o‘zgartiradi. Bir xil moddalar sirt tarangligini ancha kamaytiradi, bunday moddalar sirtqi – aktiv moddalar yoki kapillyar –aktiv moddalar deb ataladi; boshqa xil moddalar esa, aksincha, sirt tarangligini oshiradi, ular sirtqi – aktivmas moddalar deb yuritiladi.
Sirtqi – aktiv moddalar bilan sirtqi – aktivmas moddalarning sirtqi qavat va eritma ichidagi konsentratsiyalari turlicha bo‘ladi. Sirtqi – aktiv moddalar konsentratsiyasi sirtqi qavatda eritma ichidagidan ko‘ra katta, sirtqi - aktivmas moddalar konsentratsiyasi esa buning aksicha, ya’ni sirtqi qavatdan ko‘ra, eritma ichida katta bo‘ladi. Moddaning eritma ichidagi konsentratsiyasiga nisbatan uning sirtqi qavatidagi konsentratsiyasi boshqacha bo‘lishi adsorbsiya deb ataladi. Modda konsentratsiyasini eritmaning sirtqi qavatida, ichki qavatlaridagi konsentratsiyasiga nisbatan kam yoki ko‘p bo‘lishiga qarab adsorbsiya musbat yoki manfiy deb ataladi.
Sirtqi – aktiv moddalar suvning sirt tarangligini ancha kamaytiradi; ko‘pgina organic birikmalar, masalan, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, kislotalar sirtqi – aktiv moddalar qatoriga kiradi.
Yog‘ kislotalarning gomolog qatorida uglerod zanjiri uzayib brogan sari, sartqi – aktivlik tez ko‘payadi, bunda xar gal Ch3 gruppa qo‘shilganda sirtqi aktivlik o‘rtacha hisob bilan 3,2 marta ortadi. Demak, sirtqi aktivlik qancha oshsa, eritmaning sirt tarangligi qiymati xam muvofiq nisbatda shuncha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |