Vmuz>Vsuv Vsuv - Vmuz< 0 va bo‘ladi.
SHuning uchun 0A egrisi chap tomonga og‘adi., ya’ni bosim ortishi bilan muzning erish haroratini pasayishini bildiradi.
0S chizig‘i uchun
Vbug‘>Vmuz ∆V>0, ∆H>0 va 0S chiziq o‘ngga og‘adi.
Egrilarning har bir nuqtasida sistema monovariantli, ya’ni erkinlik darajasi 1ga teng.
F=3-2=1
Demak, mustaqil ravishda bitta parametrni yoki R, yoki T nio‘zgartirish mumkin. Ikkinchi parametr unga bog‘liq ravishda o‘zi o‘zgaradi. T1 haroratda sistema faqat R1 bosimda muvozanatda bo‘ladi. Agar T1da R ni ham o‘zgartirsak sistema bir fazali bo‘lib qoladi.
0 nuqtada 3ta faza muvozanatda turibdi, erkinlik darajasi
F=3-3=0 ga teng.
Bu holda sistema, ya’ni bug‘-suv-muz faqat 0,00760S va 1,033·105Pa da birga mavjud bo‘la oladi, ya’ni sistema muvozanatda bo‘ladi. 0 nuqtauchlamchi nuqta (yoki evtektik nuqta)deyiladi. Parametrlardan birortasini juda kichik o‘zgarishi ham muvozanatning buzilishi va fazalardan birortasini yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, harorat oshirilsa muz erib ketadi, pasaytirilsa, suv muzlab qoladi. Agar bosim oshirilsa bug‘ kondensatlanadi va h.z.
Agar modda qattiq holatda ma’lum harorat va bosim oralig‘ida bir nechta barqaror kristall shakllar hosil qilib, ular mustaqil fazani tashkiletsa, fazoviy diagramma murakkablashadi. Bu holda holat diagrammasida barqaror qattiq fazaga to‘g‘ri keladigan sohalar ko‘payadi va bir qancha uchlamchi nuqtalar vujudga kelishi mumkin. Buni oltingugurtning holat diagrammasi misolida ko‘rib chiqamiz (2 – rasm).
Tabiatda uchraydigan oltingugurtning barqaror shakli rombik (Sp )
oltingugurtdir. Uni 95,5 0S gacha qizdirilsa monoklinik shakldagi (Sm) oltingugurtga o‘tadi. Bu o‘tish harorati deyiladi. O‘tish jarayonida sistemaning umumiy hajmi ortadi. 95,50Sda quyidagi muvozanat
kuzatiladi. Bu holat diagrammasida A nuqtaga to‘g‘ri keladi.
Harorat ortishi bilan Klauzius-Klapeyron tenglamasiga muvofiq VM>VPbo‘lgani uchun Spning SMga o‘tish harorati ortadi. Holat diagrammasida bu bog‘liqlik o‘ngga og‘uvchi AV chiziq bilan ifodalangan.
2 – rasm. Oltingugurtning holat diagrammasi
Rombik oltingugurtning monoklinik oltingugurtga o‘tishi, ya’ni kristall panjarasining qayta qurilishi juda sekin sodir bo‘ladi. SHuning uchun tez qizdirilganda rombik oltigugurtning kristall panjarasi 95,50Sdan yuqorida ham, ya’ni barqaror monoklinik oltigugurt sohasida ham saqlanib qolishi mumkin. Rombik oltingugurtning bu metastabil (beqaror) holati diagrammada AG chizig‘ida ko‘rsatilgan. Metastabil Spbarqaror monoklinik oltigugurt mavjud bo‘lmagandagina barqaror bo‘ladi.
Holat diagrammasida turli fazoviy muvozanatlarga to‘g‘ri keladigan chiziqlar va sohalarni ko‘rib chiqamiz. Hohlagan chiziqning har bir nuqtasi ikki fazali monovariantli sistemani tavsiflaydi. Qaysi fazalar bir biri bilan muvozanatda turganligini tegishli fazalar sohasining chegara chiziqlari orqali oson aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |