“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
358
ENERGIYA TEJASH SAMARADORLIGI-XALQ FAROVONLIGINI TA’MINLAYDI
M. Holdorov, B.Omonov. Farg’ona davlat universiteti
Energiyani tejashning asosiy maqsadi-texnik jihatdan bajarish mumkin bo‘lgan, iqtisodiy
asoslangan va sotsiologik hamda ekologik jihatdan qo‘llash mumkin bo‘lgan choralarni tadbiq qilish
yo‘li bilan energiya resurslardan yanada samaraliroq foydalanishdir. Buning uchun tabiiy resurslar
qazib olingandan iste’mol qilgunga qadar oraliqda yuqori energetik foydali ish koeffitsienti bilan
ta’minlanishi kerak.
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishni pasayishi, inqirozni
kuchayishiga, aholining yashash sharoitini yomonlashuviga sabab bo‘ladi. SHuning uchun
mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov o‘zining «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli risolasida inqiroz ta’sirini
kamaytirish yo‘llaridan biri, «Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi
farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va
energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog‘liqdir» deb aytib o‘tgan [1, 2].
Iqtisodiy yuksalish har tomonlama energiya iste’mol qilishining o‘sishi bilan bog‘liqdir.
Energiyaning narxi, energiyadan oxirgi stadiyada qanday foydalanishga bog‘liqdir. Narx belgilash
energiyani tejashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Energiya narxini quyidagi faktorlarga mos
holda qarab chiqish zarur: yoqilg‘ini yonish issiqligi, shu bilan bir qatorda energetic resurslardan
samarali foydalanishga harakat qilish lozim. Energiya narxini ko‘tarilishi, iste’molchilarni energiya
bilan ta’minlash va energiya iste’mol qilishni birgalikda olib borish yo‘llarini axtarishni, yangi
texnologik echimlarni axtarib topishni va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilishni taqazo qiladi.
Mamlakatlarning hukumatlari, bozor iqtisodiyoti mexanizmiga moslashishi va energiyadan
samarali foydalanishni rag‘batlantirish choralarini qabul qilishlari o’z samarasini berishi horij
davlatlarda kuzatilgan. Quyidagi tadbirlar ma’lum bir darajada energiya tejamkorligini ta’minlaydi:
energiya isrofini kamaytirish;
energiyani tejashga yo‘naltirilgan texnik echimlarni rag‘batlantirish;
bir turdagi energiya resurslarini boshqa turdagi energiya turi bilan siqib
chiqarilishi;
energiyani ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni chegaralash (cheklash);
energiya iste’mol qiluvchi qurilmalar uchun milliy standartlarni kuchga kiritish;
noan’anaviy va boshqa energoresurslar to‘g‘risidagi ilmiy izlanishlarni mablag‘ bilan
ta’minlash [3].
Elektr energiyasini tejash bo‘yicha qonunlar qabul qilish, o‘tkaziladigan tadbirlarni mablag‘ va
soliq to‘lashdagi ba’zi imtiyozlar bilan rag‘batlantirish mumkin. Masalan, sanoat uchun ishlab
chiqarishni tadbiq qilish lozim. Energiya iqtisod qiluvchi maishiy uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha
tuzilgan dasturlarni rag‘batlantirishi lozim.
Kombinatsiyalashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi ishlarni olib borish zarur.
Bu ishlar energiyani juda ko‘p tejash imkonini beradi. Sanoat korxonalaridan tashlanayotgan past
temperaturali issiqlikni, ikkinchi marta markaziy isitish tizimlarida qo‘llashni kengaytirish lozim.
Dastlabki hisoblarga qaraganda, metallurgiyada 11 % ga yaqin, sellyulyuza qog‘oz sanoatida 4-
12 %, sopol va shisha mahsulotlari ishlab chiqarishda 8 %, alyuminiy ishlab chiqarishda esa 6 %
energiyani tejash mumkin ekan. Transportning rivojlanishi neft mahsulotlariga juda bog‘liqdir.
SHuning uchun transportdan energiyani iqtisod qilish bo‘yicha ko‘riladigan choralar, juda katta
yoqilg‘ini tejashga olib keladi. Buning uchun mashinalarning yoqilg‘isining iqtisod qilish imkoniyatini
oshirish va yoqilg‘i sarfini kamaytirish lozim. Katta miqdordagi energiya binolarda sarflanadi: isitish,
issiq va sovuq suv uzatish, sun’iy iqlim yaratish va boshqalar. Qurilish sektorlariga, qurilish
texnikasining yaxshilangan turlarini, energiya iqtisod qiluvchi binolar va jihozlarni qurish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |