“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
378
jismlarini o’rganishda va ular to’g’risida ma’lumot olishda dars mashg’ulotlarida o’qitishning
zamonaviy usullaridan samarali faydolanishga va talabalarning mustaqil ishlashlari ga alohida
e’tabor qaratish zarur deb hisoblaymiz.
Adabiyotlar
1. O’.M. Asqarova, M. Xayitboyev. Pedagogika, Toshkent-2008
2. F.S. G’aniyev, N.N. Indiaminov. Aniq fanlarni didaktik prinsiplar asosida
o’qitish. Uzluksiz ta’limda yangi pedagogik va informatsion texnalogiyalar,
Samarqand, 2003.
PAST BALANDLIKLARDA ELEKTRONLARNI TO’KILISHI
B.Mahmudov, O.Saydayev, D.Turdimurodov. СамДУ
Yer radiatsiya mintaqalaridan elektronlarni to’kilishi ko’p eksperimentlarda har xil usullar
yordamida kuzatilgan [1,2]. Elektronlarni to’kilishini shar zondlarida rentgen nurlanish hosil
qilgan tormozli nurlanishlarda ham kuzatilgan [3]. Elektronlarni to’kilishi Yer sunniy
yo’ldoshlarida o’tkazilgan eksperimentlarda ham kuzatilgan. Ayniqsa, elektronlarni to’kilishini
Yer radiatsiya mintaqalarida Braziliya anomaliyasi rayonida kuzatgan [4,5]. Elektronlarni
sochilishi kenglik effekti davrida pitch burchak bo’ylab diffuziya jarayonlarida ham kuzatiladi
(pitch burchak-magnit kuch chiziqlari yo’nalishi bilan zarracha tezligi yo’nalishi orasidagi
burchak).
Maqolada past balandlikka uchirilgan Yer sunniy yo’ldoshida energiyasi 60 keV, 300keV
bo’lgan elektronlarni intensivligi “Kosmos-228” Yer yo’ldoshida kuzatilgan. Yer sunniy
yo’ldoshining parametrlari: 21 iyun 1968 yil uchirilgan, afeliy 265 km perigeliy 205 km,
yo’ldoshning ekvatorga nisbatan qiyalik burchagi 51
0
. Aylanish davri 88minut [6].
Natijalar.
“Kosmik-228” Yer sunniy yo’ldoshidan olingan eksperiment ma’lumotlari Yer radiusida
ifodalangan L ning 1.1-5.5 qiymatlarida tahlil qilingan. Ushbu maqolada faqatgina L ning to’rtda
qiymati uchun elektronlarni holatiga tahlil qilingan tegishli ma’lumotlar ko’rib chiqilgan.
L=1.1 ichki radiatsiya oblastini ichki chegarasida joylashgan bo’lib bunda radiatsiya bo’lmaydi
chunki L=1.1 ekvatorda h
min
juda kam.
L=1.3 ichki radiatsiya oblastini ichki maksimumiga yaqin chegarasida bo’ladi.
L=1.8 ichki radiatsiya oblastining tashqi chegarasida bo’ladi, bu yerda tashqi radiatsiya obla stiga
tegishli effektlar kelishi mumkin.
L=3.5 tashqi radiatsiya oblastini ichki chegarasida bo’ladi. Eksperiment natijalari asosida L=3.5
eksperiment natijalari L ning yuqori qiymatlarida qanday bo’lsa , bunda ham shunday bo’ladi.
L ning L>3.5 da oz eksperiment ma’lumotlariga ega bo’lamiz, chunki Yer yo’ldoshining
orbitasining tekisligi ekvator tekisligiga qiyaligiga orasidagi burchak yetarli emas (kichik).
Kechki paytda kenglik oblastini 280÷350 intervalida L=1.1 da 60 keV, 300 keV energiyali
elektronlar oqimi kuzatilgan. Kunduzgi paytda o’tkazilgan eksperimentlarida L=1.1 da bu
kengliklarda elektronlar oqimi kam. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, birinchidan L=1.1
da doimiy bo’lgan qamrab olingan elektronlar yo’q ikkinchidan, kechki paytda o’zgaruvchan
qobig’ida elektronlarni intensiv diffuziyalanish holati kuzatilgan. L ning katta qiymatlarida L ning
1.1 qiymatlarida ham yuz beradi. Bu holni mexanizmi noma’lum. L=1.8 da, elektronlarni to’kilishi
L=1.1 dagi L=1.3 ga nisbatan effektiv bo’ladi [7].
Do'stlaringiz bilan baham: |