“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr. 377
bilan katoddan ajralgan elektronlarning anodga tomon harakat tezligining ortishini aytish lozim.
Olingan natijalarning grafiklari Maple dasturi orqali chizildi.
Talabalardaushbu tajribani bajarish orqali ampermetr va voltmetrlarning ishlash prinsiplarini,
ularni ulashni, vakkum orqali qanday yo’llar bilan elektr toki o’tkazish mumkinligini hamda bu
bog’lanish orqali qanday elektr qurilmalari ishlashi va boshqa xarakteristikalar o’rganildi.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA UMUMIY ASTRONOMIYA VA ASTROFIZIKA FANINI O’QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH S.X.Kurbaniyazov, F.N.Nazarov, L.F. Iskandarova
Samarqand davlat universiteti
Ma’lumki keyingi yillarda “Umumiy astronomiya va astrofizika” fanini o’qitishda qator
o’ziga xos muommolar yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu esa o’z navbatida Oliy ta’lim muassasalarida
talabalar bilimini astronomiya fanidan juda sayoz bo’ishiga omil bo’lmoqda.
Osmon jismlarini o’rganishda aksariyat hollarda biz abstrak tasavurga ega bo’lami z. Bu esa
talabalar koinot jismlarini tasavvur qilishlarida va anglashlarida qator qiyinchiliklarni yuzaga
keltiradi. Bugungi kunda koinot jismlarini kuzatish va ular to’g’risida ma’lumot olish imkonini
beruvchi zamonaviy astronomik kuzatish asboblari bor. Lekin bugungi kun talabasining malakasi
ushbu kuzatish asboblarida islash uchun yetarli emas. Xuddi shunday osmon jismlarini o’rganish
yuzasidan to’plangan ilmiy natijalarning aksariyati ingliz va rus tillaridadir. Eng achinarli tomoni
ayrim talabalarning kompyuter savadxonligining yomonligi va enternet saytlaridan foydalana
olmasligidir, shuningdek talabaning astronomiya fani sohasida, fanning tadqiqot yo’nalishi
to’g’risida aniq tasavurga ega emasligidir. Yana bir muhim omillardan biri bu, professor -
o’qituvchilarimizning ananaviy o’qitish usulidan voz kecha olmaganligida ya’ni dars jarayoniga
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o’qitish usullarini qo’llashga e’tibor bermayotganidadir.
Bularning hammasi o’z navbatida talabaning bilm olish imkoniyatini cheklab qo’yadi.
O’z-o’zidan ma’lumki, keltirilgan bir qator sabablarga ko’ra oliy ta’lim muassasalarida
astronomiya va astrofizika sohasiga talabalarning qiziqishlarini talab darajasida deb bo’lmaydi.
Shu sababdan talabalarni astronomiya bilimlariga qiziqishini orttirish va ularda bu bilimlar orqali
ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish juda muhim ahamiyatga ega.
Shunday ekan talabalarni astronomiyaga umuman koinot jismlarini o’rganishga qiziqishini
orttirish maqsadida amaliy va seminar mashg’ulotlarini tashkil etishda talabalarni mustaqil
ishlashga va mustaqil fikirlashga undovchi muommoli o’qitish usullaridan foydalanish zarur
bo’ladi.
Umuman olganda, fanda ya’ni o’quv jarayonida nimani o’rgatish va qanday o’rgatish kerak,
ya’ni nima qilsak fan sohasidagi zaruriy bilimlar talabalar ongiga tez yetib boradi va mustahkam
muhrlanadi degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro bog’liqdir. Bu masalalarni yechimini
toppish, o’qitish jarayonida yuqori samaraga erishish maqsadida turli metodlar va didaktik o’yinlar
ishlab chiqilgan bo’lib, bulardan biz tanlangan dars mavzusiga qo’llaganda effektiv samara
beradigan metodlar va didaktik o’yinlarni saralay bilishimiz zarur.
Bunda albatta mustaqil ta’limning ham ahamiyatini e’tirof etish lozim. Talabada mustaqil
ishlash ko’nikmasi shakillansagina u fanning mohiyatini va unung ilmiy ahamiyatini tushinadi va
talabada shu fanni o’rganishga qiziqish o’yg’onadi. Agar talaba kuzatish jarayonida bevosita o’zi
ishtiroq etsa, jarayonni o’zi mustaqil boshqarsa ushbu fanni o’zlashtirish samaradorligi ham
shuncha yuqori bo’ladi. Hozirgi kunda biz tan olishimiz kerak talabalarning mustaqil ishlariga
etarli darajada etibor bermayapmiz.
Bizga ma’lumki inson o’zi ko’rib, o’zi bevosita ishtirok etgan jarayonlar to’g’risidagi
ma’lumotlarning 70-80 foizini xotirada uzoq vaqt saqlab qoladi. Demak shunday ekan koinot