FIZIKA FANI BO'YICHA TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHGA
INNOVATSION YONDOSHUV
Jo'rayev T.D. – TIQXMMI Buxoro filiali “Matematika va tabiiy fanlar”
kafedrasining dotsenti,
tdjuraev@mail.ru
Axborotlar soni va hajmi ortib borayotgan bir davrda talabalarning mustaqil ta'limiga e'tiborning
qaratilayotgani bejiz emas. Avvalo, bu tizim o'quv jarayonini olib borayotgan professor-o'qituvchilar
tomonidan boshqaralayotgan, o'z holiga tashlab qo'yilmagan, aniq maqsadga qaratilgan va
rejalashtirilgan ta'lim tizimidir. Talaba u yoki bu mavzuni mustaqil o'zlashtirar ekan, uning mohiyatini
chuqurroq anglaydi, o'zining intellektual imkoniyatlariga ishonchi ortadi, o'rganayotgan narsa va
hodisalarning nima uchun aynan shunday tarzda mavjudligi yoki kechishi sabablarini izlaydi va shu
asnoda o'z-o'zidan ilmiy manbalarga murojaat etadi. Shunday qilib unda izlanuvchanlik, yangilikka
intilish ya'ni holatga innovatsion nazar bilan qarash, vaziyatga to'g'ri baho beraolish va mustaqil fikr
yuritishga moyillik ortadi. Mustaqil ta'lim orqali o'z bilimini orttirib borayotgan harqanday talabada
o'rtamiyona ta'lim olib biror-bir ixtisoslikka erishib olishgina emas, balki “bo'lsang birinchilardan
bo'l!” qabilidagi his-tuyg'u uning hayotiy shioriga aylanadi. Tabiiyki, talabning bunday qo'yilishi shu
inson shaxsining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Oliy ta’lim muassasasi partasida o’tirgan talaba jismoniy va aqliy jihatdan faol davrni boshidan
kechirayotgan shaxs. Aaynan anashu davr uni mustaqil ta’limga moyilligini kuchaytiradigan davrdir.
Sir emaski, ayrim talabalar bilimlarni faqat yodlab olish va o'qituvchiga aytib berishning o'zi yetarli
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
203
deb noto'g'ri fikr yuritishadi. Ayniqsa anashunday talabalar bilan ishlashda innovatsion yondoshuvlar
asqotadi. Ular bilan ishlashda ularda mustaqil va ijodiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va
imkoniyat berish, o'quv jarayonida ularning yangicha g'oya va fikrlarini qabul qilish, o'quv jarayonida
faol qatnashishlariga imkon berish, mustaqil fikrlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirib borish, har
bir talabani erkin mushohada yuritishga qodir ekanligiga ishontirib borish va ularning tanqidiy
fikrlashlarini qadrlash kerak. Anashunda talaba mustaqil ta'lim orqali egallangan bilimlar boshqalar
bilan muloqotlar va muhokamalarda mustahkamlanishi, kengayishi, puxtalashuvi va inson miyasida
muhrlanib qolishini anglab yetadi. Har bir narsada me’yor bolgani singari talabaga topshirilgan
mustaqil topshiriqlarning ham me’yori bo’lishi bilan birga mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular
yoki mavzularning qismlarini o’rganishda talabada bundan oldingi mavzular bo’yicha yetarlicha
bilimlar zahirasi shakllangan bo’lishi kerak. Talabaga tavsiya etilgan mustaqil ta’lim topshirig’i
shunday mavzular bo’lishi kerakki, talabada uni o’rganishga ishtiyoq va ehtiyoj sezilsin, qo’yilgan
savollarga javob topsish uchun talaba jonu-dili bilan harakat qilsin.
Berilgan mustaqil topshiriqlarni bajarilishi uchun o’quv adabiyotlari va metodik ta’minot mavjud
bo’lishi kerak. Har bir fan bo’yicha o’quv yili boshida darsxonada o’tiladigan va mustaqil ish sifatida
talabaga beriladigan mavzular obdon o’ylangan holda rejalashtiriladi. Ko’pchilik hollarda mustaqil
ta’lim uchun ajratilgan mavzu dars davomida o’rganilishi boshlangan katta mavzuning ayrim
qismlaridan iborat bo’lishligi maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi ma’ruzasi davomida turli
jumboqli va qiziqarli savollarni mohirlik bilan o’rtaga tashlashi va ayni shu savollarga javobni
talabalar mustaqil izlashlariga undashi samarali innovatsion usullardan hisoblanadi. O'qituvchi
tomonidan ijodiy faoliyat jarayonida beriladigan savollar talabalarning mustaqil fikrlashini
rivojlantirishda kuchli vositadir. Fikrlashga, o'ylashga, o'zlashtirishga, xayol surishga, ijod qilishga
undaydigan savollar talabalarning fikrlash darajasini kuchaytiradi. Masalan, fizika kursida molekulyar
kinetik nazariya masalalari o’rganilar ekan, mustaqil ish sifatida rasmiy ravishda tavsiya etiladigan
mavzular bilan birga diqqatni tortadigan quyidagicha savollarni berilishi ham talabani topshiriqqa
ishtiyoq bilan undashga turtki bo’ladi.
- O’zingiz yashayotgan 100 m
3
hajmli uyda 130 kg havo bor degan so’zga ishonasizmi?
- Gaz o’zi solingan har qanday hajmli idishni to’ldiradi deymiz . Shunday ekan , nega yer
atmosferasi olamga tarqalib ketmaydi ?
- Har qanday jismni u katta yoki kichikligidan qat’iy nazar biror balandlikdan tashlasak albatta
yerga tushadi. Nega havo zarralari yerga tushib yopishib qolmaydi?
- Energiyasi ko’proq havo zarralari atmosferaning yuqori qatlamlariga ko’tariladi, kamroq
energiyalilari esa yer sirtiga yaqinroq joylashishiadi. Shunday ekan, nega biz amalda teskari holatni
kuzatamiz, ya’ni yerdan yuqorilashib borgan sayin atmosfera havosining temperaturasi pasayib
boradi?
- Ma’lumki, molekulalarning o’lchamlarini bevosita o’lchashning iloji yo’q. Ammo,
molekulalarning diametrini aniqlash uchun bir tomchi moyni suv sirtiga tomizib oddiygina
hisoblashlar orqali bunga erishish mumkin. Qanday qilib?
- Harqanday moddaning o’ziga xos rangi mavjud. Modda esa molekulalardan tashkil topgan.
Mushohada yuritib ko’ringchi, masalan qizil rangli modda molekulalari qaysi rangda? Qizil deysizmi?
Adashmadingizmi?
Mustaqil ish sifatida talabalar oldiga muammoli masalalarni hal qilishga qaratilgan vazifalar ham
qo’yilihsi mumkin. Bu usul pedagogikada loyihalash usuli deb yuritiladi. Masalan, o’rganilayotgan
mavzu yo’nalishiga mos holda quyidagi zaylda topshiriqlar berilishi mumkin.
Shahar markazidagi maydonlardan birida eski minora bor. Kunlarning birida mutaxassislarda
minora cho’kib bormayaptimikan degan xavotir tug’ildi. Komissiya tuzilib uning oldiga minora
cho’kayaptimi yoki yo’qmi degan savolga javob toppish vazifasi qo’yildi. Komissya a’zolari o’ylanib
qoldilar: qandaydir qo’zg’almas nuqta kerak, shunga nisbatan qarab minorani cho’kishini aniqlash
mumkin. Lekin bu nuqtani qayerdan tanlash kerak? Minoradan 500 metrcha narida bog’ bor. Bog’da
tepalik bor, u cho’kmaydi. Lekin bu tepalikdan minora ko’rinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |