Nurning to’g’ri burchakli uchburchakli prizmadagi yo’li.
103-rasm
103-rasm a, b, v larda teng yonli to’g’ri burchakli prizmada nurning yo’li ko’rsatilgan.
Linzalar. Nurning linzadagi yo’li.
104-rasm
105-rasm
Ikkita sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jism linza deyiladi.
Sferik sirtlarning markazlari orqali o’tuvchi O1O2 to’g’ri chiziq linzaning bosh optikaviy o’qi deyiladi (104-a,rasm).
O’rtasi chetlariga nisbatan qalinroq bo’lgan linzalar yig’uvchi linzalar deyiladi (104-b,rasm).
O’rtasi chetlariga nisbatan yupqaroq bo’lgan linzalar sochuvvchi linzalar deyiladi (104-v,rasm).
Yig’uvchi linzaga uning bosh optik o’qiga parallel bo’lgan nurlar tushirilsa, linzadan o’tgan nurlar fokus deb ataluvchi nuqtada yig’iladi. Linza bilan fokus nuqtasi oralig’idagi masofa fokus masofasi deyiladi (105-a,rasm).
Yig’uvchi linzaga ixtiyoriy burchak ostida tushirilgan parallel nurlar linzadan o’tgach fokal tekislik deb ataluvchi tekislikda bitta nuqtada yig’iladi (105-b,rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |