Fizikadan masalalar to’plami


§33. Tashqi kuchlar tasirida mexanik energiyaning o'zgarishi



Download 1,64 Mb.
bet62/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§33. Tashqi kuchlar tasirida mexanik energiyaning o'zgarishi.

  1. Silliq gorizontal sirtda devor bilan deformatsiyalanmagan prujina bilan bog'langan jism yotibdi. Prujina o'qi gorizontal va bikrligi 50N/m. Jismga prujina o'qi bo'ylab yo'nalgan 4N doimiy kuch tasir qilmoqda. Prujinaning maksimal deformatsiyasini(sm) toping.

  2. Silliq gorizontal sirtda devor bilan deformatsiyalanmagan prujina bilan bog'langan massasi 100g bo'lgan jism yotibdi. Prujina o'qi gorizontal va bikrligi 250N/m. Jismga prujina o'qi bo'ylab yo'nalgan 4N doimiy kuch tasir qilmoqda. Jismning maksimal tezligini(sm/s) toping.

  3. Gorizontal sirtda devor bilan deformatsiyalanmagan prujina bilan bog'langan massasi 250g bo'lgan jism yotibdi. Prujina o'qi gorizontal va bikrligi 100N/m. Jismga prujina o'qi bo'ylab yo'nalgan 3N doimiy kuch tasir qilmoqda. Prujinaning maksimal deformatsiyasini(sm) toping. Ishqalanish koeffitsienti 0,4. g=10m/s2

  4. Gorizontal sirtda devor bilan deformatsiyalanmagan prujina bilan bog'langan massasi 250g bo'lgan jism yotibdi. Prujina o'qi gorizontal va bikrligi 100N/m. Jismga prujina o'qi bo'ylab yo'nalgan 3N doimiy kuch tasir qilmoqda. Jismning erishadigan maksimal tezlikni(sm/s) toping toping. Ishqalanish koeffitsienti 0,4. g=10m/s2

  5. Bikrligi 100N/m bo'lgan prujina shiftga bir uchi qotirilgan, uning ikkinchi uchiga esa yuk ilingan holatda osilib turibdi. Yukni doimiy 6N kuch vertikal pastga tortishni boshladi. Yukning maksimal ko'chishini(sm) toping.

  6. Bikrligi 50N/m bo'lgan prujina shiftga bir uchi qotirilgan, uning ikkinchi uchiga esa massasi 0,5kg bo'lgan yuk ilingan holatda osilib turibdi. Yukni doimiy 10N kuch vertikal pastga tortishni boshladi. Yukning maksimal tezligini toping.

  7. Silliq qiya tekislikda yotgan jism qiya tekislikning yuqori nuqtasi bilan bikrligi 100N/m bo'lgan prujina orqali bog'langan holatda turibdi. Jismga qiya tekislik bo'ylab pastga yo'nalgan 12N kuch tasir qilmoqda. Jismning maksimal ko'chishini toping(sm).

  8. Massasi 1kg bo'lgan bo'lgan jism qiya tekislikda, qiya tekislikning yuqori uchiga ulangan deformatsiyalanmagan bikrligi 64N/m bo'lgan prujina bilan ulangan holatda turibdi. Qiya tekislikning gorizont bilan hosil qilgan burchagi sinα=0,6. Jism bilan qiya tekislik orasidagi ishqlanish koeffitsienti 0,8. Jismga qiya tekislik bo'ylab yuqoriga yo'nalgan 14N doimiy kuch tasir qilishni boshlasa, jism to'xtaguncha qanday masofaga ko'chadi(sm)? g=10m/s2

  9. Massasi 1kg bo'lgan bo'lgan jism qiya tekislikda, qiya tekislikning yuqori uchiga ulangan deformatsiyalanmagan bikrligi 16N/m bo'lgan prujina bilan ulangan holatda turibdi. Qiya tekislikning gorizont bilan hosil qilgan burchagi sinα=0,6. Jism bilan qiya tekislik orasidagi ishqlanish koeffitsienti 0,8. Jismga qiya tekislik bo'ylab pastga yo'nalgan 2N doimiy kuch tasir qilishni boshlasa, jismning keyingi harakatidagi maksimal tezligini toping(sm/s). g=10m/s2

  10. Gorizontal sirtda deformatsiyalanmagan prujina bilan ulab qo'yilgan massalari 1 va 4kg bo'lgan jismlar yotibdi. Birinchi jismga qanday minimal gorizontal doimiy kuch qo'yilsa, ikkinchi jism ham joyidan qo'zg'aladi? Jismlar bilan tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2. g=10m/s2

  11. Gorizontal sirtda deformatsiyalanmagan prujina bilan ulab qo'yilgan massalari 3 va 8kg bo'lgan jismlar yotibdi. Birinchi jismga qanday minimal gorizontal doimiy kuch qo'yilsa, ikkinchi jism ham joyidan qo'zg'aladi? Birinchi jism bilan tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsieni 0,2 ikkinchisi bilan 0,15. g=10m/s2

  12. Massasi 2kg bo'lgan yuk bikrligi 250N/m bo'lgan va shiftga qotirilgan shnurga osib qo'yilgan. Yukga vertikal yuqoriga yo'nalgan 5N doimiy kuch tasir qilishni boshladi. Yukning dastlabki nuqtasidan boshlab hisoblaganda jism qanday maksimal balandlikga ko'tariladi(sm).

  13. Massasi 2kg bo'lgan yuk bikrligi 250N/m bo'lgan va shiftga qotirilgan shurga osib qo'yilgan. Yukga vertikal yuqoriga yo'nalgan 12N doimiy kuch tasir qilishni boshladi. Yukning dastlabki nuqtasidan boshlab hisoblaganda jism qanday maksimal balandlikga ko'tariladi(sm).

  14. Massasi 2kg bo'lgan yuk shiftga qotirilgan shurga osib qo'yilgan. Yukga vertikal yuqoriga yo'nalgan birinchi marta 15N ikkinchi marta 5N doimiy kuchlar tasir qildi. Yukning dastlabki nuqtasidan boshlab hisoblaganda birinchi marta jism ikkinchi martaga qaraganda necha marta yuqoriga yo'naladi? g=10m/s2

  15. Massa 2kg bo'lgan jism shiftga elastik shnur yordamida ilib qo'yilgan. Jismga birinchi marta vertikal yuqoriga yo'nalgan 15N doimiy kuch, ikkinchi marta vertikal pastga yo'nalgan 15N doimiy kuch tasir qildi. Jimning ikkinchi marta to'xtaguncha bosib o'tgan masofasi uning birinchi marta to'xtaguncha bosib o'tgan masofasidan necha foiz kichgina. g=10m/s2

  16. Massasi 50kg bo'lgan yashikni qiya tekislikga, qiya tekislik bo'ylab yo'nalgan arqon yordamida sekin tortib chiqarildi. Bunda 10,5kJ ish bajarilgan. Qiya tekislikning yuqori nuqtasida arqon uzilib ketdi va jism pastga harakatlanishni boshladi. Agar qiya tekislikning asosida jismning tezligi 10m/s bo'lsa, qiya tekislikning balandligini toping. g=10m/s2

  17. Yuzasi 0,4m2 , chuqurligi 3m bo'lgan silindir shaklidagi quduqning 2/3 qismi suv bilan to'ldirilgan. Suv nasosi hamma suvni quduqdan tortib olib uni yuzasi 0,8sm2 bo'lgan truba yordamida 1000s davomida tashqariga chiqargan bo'lsa, nasosning bajargan ishini toping(kJ). g=10m/s2


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish