2§ Momentlar qoidasi. a) parallel kuchlar Stanok valiga urinma bo’ylab tasir etayotgan kuchning hosil qilayotgan momenti 6,25 N·m. Agar valning diametri 25 sm bo’lsa bu kuchning qiymatini toping.
Gaichniy klyuch(gayka qotiruvchi kalit) dastasining uzunligi 40 sm ga teng va u yordamida gayka qotirilmoqda. Kalit dastasining oxiriga unga perpendikulyar holatda 80 N kuch qo’yilmoqda. Agar bu kuchni kalit dastasining o’rtasiga qo’ysak uning momenti nimaga teng bo’ladi?
Quduq valiga bog’langan ipni odam val o’qiga perpendikulyar holatda, ip bog'langan joyda radiusning davomiga 300 burchak ostida 100 N kuch bilan tortmoqda. Agar val diametri 28 sm ga teng bo’lsa, odamning val o’qiga nisbatdan hosil qilayotgan momenti nimaga teng?
Og’irligi 12 N bo’lgan truba yerda yotibdi. Trubaning bir uchidan ko’tarish uchun qanday kuch qo’yish kerak?
Uzunligi 1 m bo’lgan, massasi 200 kg bir jinsli bo’lmagan balka uchlaridan vertikal troslarga ilingan holatda gorizontal holatda ilingan turibdi. Agar balkaning og’irlik markazi chapdagi trosdan 0,3 m masofada joylashgan bo’lsa, o’ng trosdagi taranglik kuchini toping.
Ikki odam yukni taxta ustiga qo’ygan holatda, yelkalarida ko’tarib bormoqda. Odamlardan biriga butun og’irlikning 2/5 qismi tushmoqda. Agar yuk taxta markazidan 10 sm masofada joylashgan bo’lsa, taxtaning uzunligini toping(sm). Taxtaning masssasini hisobga olmang.
Ikki odam metal trubani o’z yelkalariga qo’ygan holatda ko’tarib borishmoqda. Birinchi odam truba uchidan 1 m masofada, ikkinchi odam esa trubaning ikkinchi uchidan ko’tarib bormoqda. Agar trubaning uzunligi 2,5 m bo’lsa, birinchi odamga tushgan og’irlik, ikkinchi odamga tushgan og’irlikdan necha marta katta?
Uzunligi 10 m va og’irligi 9000 N bo’lgan rels ikkitavertikal tros yordamida gorizontal holatda yuqoriga tekis ko’tarilmoqda. Birinchi tros relsning bir uchiga, ikkinchi tros relsning ikkinchi uchidan 1 m masofada qotirilgan. Ikkichi trosdagi taranglik kuchini toping.
Massasi 12 kg, uzunligi 1 m bo’lgan bir jinsli sterjen bir uchidan 20 sm masofada ilib qo’yilgan. Agar sterjenni gorizontal holatda ushlab turish uchun sterjenni kalta tomoni oxirini qo’l bilan bosib tursak, sterjen qo’limizga qanday kuch bilan tasir qiladi? g =10m/s2
Bir jinsli sterjen bir uchiga 1,2 kg yuk ilingan holatda tayanchga qo’yilgan va muvozanat holatida turibdi. Agar tayanch sterjenning yuk ilingan uchidan sterjen uzunligining 1/5 qismi uzunligida turgan bo’lsa, sterjenning massasini toping.
Stol ustida uning qirasiga perpendikulyar holatda uzunligi 75 sm bo’lgan bir jinsli lineyka yotibdi. Lineykaning bir qismi stoldan chiqib turibdi. Lineykaning chiqib turgan qismining oxiriga lineyka massasidan ikki marta katta bo’lgan yuk ilingan. Agar butun sistema muvozanat holatida tursa va lineyka faqat stol qirrasiga tayanib turgan bo’lsa, lineyka markazi stol qirrasidan qanday masofada joylashgan(sm)?
To’g’ri qirrali gorizontal platformada, platform qirrasiga perpendikulyar holatda 200 kg massali bir jinsli balka yotibdi. Balkaning ¼ qismi platformadan chiqib turibdi. Balkaning chiqib turgan uchiga qanday vertikal pastga yo’nalgan kuch qo’yilsa, balkaning ikkinchi uchi ko’tarilishni boshlaydi? g =10m/s2
Ikkita yuk yelkalari 50 sm va 70 sm bo’lgan richakda muvozanatlangan. Agar richak tayanchga 72 N kuch bilan bosayotgan bo’lsa, katta yukning og’irligini toping? Richkning og’irligini hisobga olmang.
Yelkalari teng bo’lmagan richakli tarozida yukni o’lchashganda bir pallasiga qo’yilganda 36 N ,ikkinchi pallasiga qo’yilganda 49 N og’irlikni ko’rsatdi. Yukning haqiqiy og’irligini aniqlang.
Yelkalari teng bo’lmagan richakli tarozida yukni o’lchashganda bir pallasiga qo’yilganda 16 N ,ikkinchi pallasiga qo’yilganda 25 N og’irlikni ko’rsatdi. Yukning massasini aniqlang. g =10m/s2
Richakli tarozining bir pallasida og’irligi 1,2 N , ikkinchi pallasida 1,1 N og’irlikka ega bo’lgan yuklar qo’yilgan. Koromislo( tarosi sterjini) markazidan qanday masofada og’irligi 0,4 N bo’lgan yuk ilinsa tarozi muvozanat holatida turadi(mm)? Koromislo uzunligi 0,2 m ga teng.
Uzunligi 0,9 m va massasi 2 kg bo’lgan gorizontal sterjenning uchlariga o’ng tomondan massasi-1 kg va chap tomondan massasi- 3 kg bo’lgan yuklar ilingan. Sterjen muvozanat holatida turishi uchun tayanchni kattaroq massali yuk ilingan tomondan qanday masofada qo’yish kerak(sm)?
Uzunligi 4 m bo’lgan bir jinsli massasi 30kg bo'lgan taxtaning uchlarida massalari 30 va 40 kg dan bo’lgan bolalar uchmoqda. Taxta markazi tayanch qo’yilgan nuqtadan qanday masofada joylashgan(sm)?
Massasi 200 g bo’lgan sterjen o’rtasidan to’g’ri burchak ostida bukilgan va bir uchidan ipga osib qo’yilgan. Sterjenning ikkinchi uchiga qanday massali yuk ilinganda(g) pastgi bukilgan tomonining o’rtasi aynan ip qotirilgan nuqta ostida bo’ladi.
Massasi 300 g bo’lgan bir jinsli sterjen uni 2:1 nisbatda bo’luvchi nuqtadan to’g’ri burchak qilib bukildi va shu nuqtasidan ipga osib qo’yildi. Kaltaroq tomon oxiriga qanday massali yuk ilinsa sterjen uchlari bir sathda joylashib qoladi?
Massasi 100 g bo’lgan sterjen o’rtasidan 1200 tashkil qiladigan burchak ostida bukilgan va bukilish nuqtasidan ip bog’lab osib qo’yilgan. Sterjenning uchiga qanday massali yuk ilinsa uning ikkinchi tomoni gorizontal vaziyatga keladi?
Uch kishi shakli teng tomonli uchburchak shakliga ega va tomoni 2√3 m bo’lgan 70 kg li plastinani ko’tarib kelishmoqda. Bitta odam uchburchakning asosi o’rtasidan, qolgan ikki kishi qarshi tomondagi uchidan ko’tarishmoqda. Shu uchdan qanday masofada massasi 100 kg bo’lgan yuk qo’yilsa, hamma odamlarga bir xil og’irlik tushadi?